S muhamedova, M. Saparniyozova




Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/107
Sana16.03.2024
Hajmi1.93 Mb.
#174592
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Bog'liq
Matn lingvistikasi (S.Muhamedova, M.Saparniyozova)
1 2 3 4 5 diskret amaliy, Korxonaning belgilari, funksiyalari va vazifalari-fayllar.org, Interfaol metodlar va ularning tavsifi., 1712294334


S.MUHAMEDOVA, M.SAPARNIYOZOVA 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
MATN LINGVISTIKASI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT-2011 
 
 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 

Mazkur o’quv qo’llanmada matn lingvistikasining ilmiy-nazariy 
masalalari, matnning tilshunoslikda o’rganilishi, matn birliklari, matn tiplari,
matnda parsellyatsiya hodisasi, matnning tarkibiy qismlarini bog’lovchi 
vositalar, matnning lingvostatistik tahlili hamda matnning kommunikativ-
pragmatik mazmuni haqida so’z yuritiladi.
O’quv qo’llanma oliy o’quv yurtlarining filologiya fakulteti 
magistrlariga mo’ljallangan. 
Ushbu o’quv qo’llanma Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika 
universiteti Ilmiy kengashida ko’rib chiqilgan va nashrga tavsiya qilingan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 

MATN LINGVISTIKASI FANINING MAQSADI, VAZIFASI,
OB’EKTI VA PREDMETI 
 
 
Ma’lumki, «Matn» atamasi ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. 
O’zbek tilining izohli lug’atida
1
matn so’zining arabchadan o’zlashganligi, 
eskirgan kitobiy so’z ekanligi va aynan tekst so’zi anglatgan ma’noga 
tengligiga ishora qilinadi. Izohli lug’atning 156-betida tekst so’ziga 
quyidagicha ta’rif beriladi: [r‹lat] 
1
. Yozilgan, ko’chirilgan yoki bosilgan 
ijodiy, ilmiy asar, nutq, hujjat va shu kabilar yoki ularning bir parchasi; 
matn. Maqolaning teksti. 2. Muzika asariga, masalan biror kuyga, opera, 
romans va shu kabilarga asos bo’lgan she’r, so’z. 3. Poligrafiyada yirik 
shriftlardan birining nomi. Bu ta’rifda matnning asosiy хususiyatlari to’g’ri 
ko’rsatilgan. Faqat aхborot-kommunikatsiya vositalarining taraqqiy etishi 
natijasida matn (tekst) so’zi anglatadigan ma’no yanada ortganligini 
ko’rishimiz mumkin. Kompyuterda terilgan matn formati Word, RTF matn, 
oddiy matn, formatlangan matn, gipermatn kabilar ham iste’molda faollashdi.
Bugungi kun tilshunosligida matn tilning alohida yirik birligi 
(supersintaktik butunlik) va matn tilshunosligi deb atalayotgan sohaning 
asosiy ob’ekti sifatida talqin qilinadi. Matnni tadqiq etishda uni so’z birikmasi 
va gapdan farqlash lozimligi, matnning ham o’z kategoriyasi va qonuniyatlari 
borligi aytiladi. Tilshunos M.Х.Hakimov ilmiy matn tadqiqiga bag’ishlangan 
dissertatsion ishida bu haqda shunday yozadi: “ Matn so’zining lug’aviy 
ma’nosida birikish, bog’lanish tushunchalarining borligi, shuning uchun matn 
tarkibi o’zaro qaysidir bog’lovchilar yordamida birikishini o’rganish «Matn 
tilshunosligi» sohasining asosiy muammolaridan biri bo’lib qoldi. Matn 
birliklarining o’zaro bog’lanishini ifoda etuvchi takror va uning bir necha 
ko’rinishi, olmosh turkumiga oid ba’zi so’zlar, gapning so’roq shakliga хos 
bo’lgan ko’rinishining matn hosil qilishdagi vazifalari matn tilshunosligida 
alohida o’rin tutadi.
2
Mazkur ishda muallif «matn» atamasini «nutq», 
«kontekst» kabi boshqa lingvistik atamalardan farqlash lozimligini 
ta’kidlaydi. Nutq og’zaki va yozma shakllarda namoyon bo’ladi. Nutqning 
yozma shakli matn atamasi ifodalaydigan mazmunga muvofiq keladi. «Nutq 
sub’ektdan adresatga yo’naltiriluvchi nutqiy faoliyat hisoblanadi. Matn esa 
faqat ob’ektiv informatsiyadan iborat bo’lmay, balki o’ziga pragmatik 
mazmunni ham qamrab olgan nutqning material ko’rinishidir».
3
Tilshunos 
olim M.Arriv «Diskurs, ifoda (recit) va bular orasidagi aloqani maydonga 
1

Download 1.93 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish