O‘zbеkistоn rеspublikаsi




Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/129
Sana21.06.2022
Hajmi3.34 Mb.
#24126
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   129
Bog'liq
O‘zbеkistоn rеspublikаsi
4-амалий машғулот мавзуга оид назорат саволлари ва топшириқлар 91bb701bdf9595b8901e9cb1e701bf65, Taqdimot (1), @Matematik Shofirkon test 5
Leksikologiya tilshunoslikning leksikani o'rganuvchi sohasidir. Tildagi 
so'zlarning jami leksikani tashkil etadi. Bu so'zlar bii qator umumiy xususiyatlari bilan 
xarakterlanadi. Leksikologiyada so'zlar quyidagi xususiyatlari bo’yicha o'rganiladi. 
1. So'zning semantik strukturasi. 
2. So’laring shakl va ma'no munosavati. 
3. Leksikologiyadagi so'zlarning o'z yoki o'zlashgan so'z ekani. 
4. Qo'llanilishiga ko'ra sozlaming umumiy yoki chegaralanganligi. 
5. Tarixiy jihatdan o'zbek tili leksikasi. 
6. So'zlarning emotsional - ekspressiv bo'yoq va stilga munosavati. 
So'zlarning semantik strukturasi shu so'zga xos ma'nodan iborat bo'ladi. So'zning 
semanlik strukturasi va u bilan bog'liq xodisalarni o'zgaiiuvchi soxa semasiologiya 
deyiladi. Har qanday so'z paydo bo'lishidayoq o’z shakli va ma'nosiga ega bo'ladi. 
Boshqacha aytganda, har qanday so’z shakl va ma'no butunligiga egadir; uy, daraxt, 
qovun, achchiq, xursand, yaxshi, alvatta va hokazo. 
Tildagi varcha so'zlar ma'noli bo'lsada, lekin ular ma'noning eng umumiy 
xususiyatlariga ko'ra ham o'zaro farqlanadi. Tildagi so'zlarning asosiy qismi obektiv 
borliqdagi narsa, belgi, harakat haqidagi tushunchani bildiradi: paxta, suv, oq, tekis kabi. 
Shuningdek, undov va taqlid so'zlar ham tushuncha ifodalaydi. 


So’zning obyektiv borliqdagi narsa, belgi harakat kabilar haqidagi ma'lumoti 
leksik ma'no deyiladi. Masalan: tosh, tuz, kartoshka, chopmoq, kulmoq fe’llari ma'lum 
harakat va holat haqidagi ma'lumot beradi. 
Leksik ma'noli so'zlar narsa, belgi yoki harakatning o'zini emas, balki ularning 
tushunchasini ifodalaydi. 
Tushuncha esa narsa, belgi, harakat kabilarning kishi ongidagi umumiy 
in‘ikosidir. Masalan: Borliqda daraxtnitig turi juda ko'p, uning miqdori behisob. Daraxt 
so'zi shulardan ko‘proq bittasini atamaydi, balki shu predmet haqidagi umumiy 
tushunchani ifodalaydi. Bir ma'nolik va ko'p ma'nolik. 
So'zlar bir yoki birdan ortiq ma'noga ega bo'lishi mumkin. Bir manolik 
monosemiya, kop ma'nolilik polisemiya deb ataladi. Har ikkala hodisa ham so‘zning 
semantik strukturasiga xos hodisalardir umumistemoldagi so'zlarning asosiy qismi ko'p 
ma'nolidir. 
Til jiddiy so’zlarning quyidagi misollaridagi ma'nolarga e'tibor bering: Olga 
Po’rovna kasalning tilini chiqartirib ko'rdi. Bu yerda tikuv sexi bo'zchilar tili bilan 
aytganda, do'konxona. 
Birinchi xil muhabvat tilda, ikkinchi xil muhabvat dilda bo'ladi. Rustam 
dehqonchilikning tilini yaxshi o'rgangan. 
Bu o'rinda tildagi so'zlarning ikki - uchta ma'nosigagina misol keltiriladi. Ko'p 
ma’nolilik ikki asosiy yo'1 bilan paydo bo'ladi:
1. So'zning yangi ma'no kasb etishi natijasida. 
2.Ko'p ma’noli so'zdan yoki ko'p ma'noli affiks vositasida so'z yasashi natijasida. 
Birinchisi asosiy yo’l hisoblanadi. Misol tariqasida yer so'zining quyidagi 
misollardagi ma’nolarini ko'rsatish mumkin: Bir vaqt yer osti dukillagandek bo'ldi. 
Ko'rdingiz - ku qancha yerga ekin ekkanman. Hokim cho'zilib yotgan yeridan turib, 
tashqariga chiqdi. 
Yer so'zi dastlab, xuddi boshqa so'zlar singari bir ma'noli bo'lgan. Uning hozirgi 
tildagi manolariga esa shu so’z semantik stilistikasining taraqqiyoti natijasidir. 
Misollarga e'tibor berilsa, ularda o'zaro bog'lanish borligi ko’riladi. 
Yasovchi so’zning ko'p manoli bolishida yasovchi affiksning yoki so'z yasalishiga 
asos bo'lgan so'zning ko'p ma'noligi ham rol o’ynaydi. Hamma vaqt shohsupada taltayib 
o'tiradigan yo'g'on gavdasi mana endi kichrayib, nortuyadek novcha bo'yi pasaydi. 
Ziyofatga borib ko'p yedik, ko'p ichdik. Qornimiz to'yib, ovozimiz pasaydi. Choyning 
suyuq, oshing tuzsiz deb xotinning ko'zini ochirmay qo‘ydim. 
Polisemantik so’z qancha ma'noga ega bo'lmasin, bu ma'nolar o'zaro bog'langan 
bo'ladi. Xuddi shu xususiyat ko'p ma'noli so'zni omonimlardan farqlanadi, ko'p ma'noli 
so'zlar orasidagi aloqa uzilsa, omonim vujudga keladi. Masalan: Bugun juma bo'lgani 
uchun Hakim boyvachcha va Mirzakarimboy o'z ulfatlarinikiga gapga kelishgan. 


Izohli lug'atda lug'aviy birliklarning ma'nosi izohlanadi. Agar lug'aviy birlik ko'p 
ma'noli bo'lsa, uning barcha ma’nolari belgilanadi va har bir ma'nosi izohlanadi. 
Umumiy izohli lug'atlarda so'zlarning ma'nosi izohlanadi, shuningdek, ularning 
grammatik stilistik, frazeologik iborada qatnashishi kabi belgi xususiyatlari ko’rinadi. 
Lug'aviy birlikning ma'nosi izohlangach shunga misol keltiriladi. Bu tipdagi izohli lug'at 
o'zbek lug'atchiligi tarixida birinchi marta 1979 yilda yaratitdi va Moskvada nashr etildi. 

Download 3.34 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   129




Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish