Tilning leksik qatlamlariga oid




Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/129
Sana21.06.2022
Hajmi3.34 Mb.
#24126
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   129
Bog'liq
O‘zbеkistоn rеspublikаsi
4-амалий машғулот мавзуга оид назорат саволлари ва топшириқлар 91bb701bdf9595b8901e9cb1e701bf65, Taqdimot (1), @Matematik Shofirkon test 5
Tilning leksik qatlamlariga oid: Bizni qurshab turgan olamdagi hamma, narsa 
va hodisalar uzluksiz o‘sishda-rivojlanishdadir. Masalan, hovlingizga ko‘chat ekdingiz. 
U ko‘karib, asta-sekin rivojlana boshlaydi, lekin uning rivojlanish jarayonini oddiy ko‘z 
bilan kuzata olmaysiz. Ko‘chat ekilgan holat bilan uning bir necha oy yoki yil o‘tgandan 
keyingi holatini solishtirsangiz, undagi ro‘y bergan o‘zgarishlarni payqaysiz. Xuddi 
shuningdek, siz bilan biz gaplashib turgan til ham muttasil rivojlanishda, o‘zgarishdadir.


Bu o‘zgarishlarni shu tilning ikki davr oralig‘idagi holatiga qarab bilib olamiz. 
Masalan, Navoiy tili bilan hozirgi davrdagi o‘zbek tili yoki Fitrat, Cho‘lponlar davri 
bilan bugungi o‘zbek tilini solishtirsak, bu ikki davr oralig‘ida ro‘y bergan o‘zgarishlar 
leksikada ko‘proq aks etganini sezishimiz mumkin. Ko‘rinadiki, bunday o‘zgarishlar 
tilning lug‘at jamg‘armasida ko‘proq namoyon bo‘ladi, chunki xalqimiz tarixida ro‘y 
bergan iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy o‘zgarishlar tufayli yangi so‘zlar kirib keladi, ayrim 
so‘zlar iste’moldan chiqib ketadi. Masalan, eski o‘zbek tiliga xos cherik (askar), o‘kush 
(ko‘p), talim (bir qancha) singari so‘zlar bugungi kunda qo‘llanilmaydi. Ular o‘zbek tili 
leksikasining eskirgan qatlamini tashkil qiladi. Ularga nisbatan eskirgan so‘zlar yoki 
arxaizmlar va istorizmlar atamasi ishlatiladi. Bunga zid o‘laroq konsalting, audit, 
sammit singari so‘zlar esa tilimizga endigina kirib kelyapti. Ular yangi paydo bo‘lgan 
so‘zlar, ya’ni neologizmlar sanaladi. Sobiq sho‘rolar davrida siyosiy byuro, pioner, 
komsomol, oktabryat singari so‘z va birikmalar faol qo‘llanilgan bo‘lsa, mustaqillik 
sharoitida bunday so‘zlarni ifodalaydigan tushunchalarga hayotda o‘rin qolmadi. 
Shuning uchun ular iste’moldan chiqib ketdi. Hozirgi kunda yangicha davlat va xo‘jalik 
boshqaruviga, bozor iqtisodiyotiga doir bir qator yangi so‘zlar paydo bo‘ldi. Ayrim eski 
o‘zbek tilida qo‘llanilgan so‘zlar yangitdan olib kirildi. Masalan, hokimiyat, hokimlik, 
vazir, vazirlik, devonxona va boshqalar. Shunday qilib, o‘zbek tili leksikasi turmushimiz 
uchun keraksiz bo‘lib qolgan tushunchalarni bildiruvchi so‘zlarning iste’moldan chiqib 
ketishi, yangi paydo bo‘lgan tushunchalarni ifodalovchi so‘zlarning esa kirib kelishi 
hisobiga doimo o‘zgarib, rivojlanib, boyib boradi.

Download 3.34 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   129




Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish