Davlat qisqa muddatli qimmatli qogʻozlarining




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/225
Sana23.06.2024
Hajmi4,09 Mb.
#265242
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   225
Bog'liq
Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

Davlat qisqa muddatli qimmatli qogʻozlarining
diskont stavkalari
6
 
Qimmatli qogʻozlar turlari 
11.04.2018 
holatiga 
03.2018 
holatiga 
03.2017 
holatiga 
Bir yillik qimmatli qogʻozlar boʻyicha
 
2.09 
2.03 
1.04 
91 kunlik qimmatli qogʻozlar boʻyicha
 
1.72 
1.67 
0.83 
182 kunlik qimmatli boʻyicha
 
1.88 
1.85 
0.95 
Qayta sotib olinuvchi shartnomalar (Repurchase agreemens). 
Korxonalar davlat qimmatli qogʻozlarini qayta sotib olish sharti bilan 
boshqa shaxsga sotishi mumkin. Bunda qancha miqdorda va qachon 
qaytarib sotib olish oldindan kelishib olinadi. Aksariyat qayta sotib oli-
nuvchi shartnomalar 3 kundan 14 kungacha boʻlgan muddatga ega 
boʻlsada ayrim hollarda bu muddat 1 oydan 3 oygacha ham boʻlishi 
mumkin.
Depozit sertifikatlari bank tomonidan emissiya qilinuvchi qim-
matli qogʻoz boʻlib, oʻzida muddatni hamda foiz stavkasini aks etti-
radi. Ushbu turdagi qimmatli qogʻoz oraliq instrument boʻlib, belgi-
langan muddat tugagandan soʻng ushbu sertifikatni bankga taqdim 
etgan shaxs asosiy summani hamda foiz toʻlovini qoʻlga kiritadi. 
AQSH misolida koʻradigan boʻlsak, depozit miqdori $100 000 dan $10 
milliongacha boʻladi.
Real sektor korxonalari tomonidan emissiya qilinadigan pul bozori 
instrumenti bu tijorat qogʻozi (Sommercial paper) hisoblanadi. Tijorat 
qogʻozi taʼminlanmagan qarz majburiyatini ifodalovchi, korxonalari 
tomonidan emissiya qilingan qimmatli qogʻoz boʻlib, odatda muddati 
270 kungacha boʻladi. Sababi ushbu qimmatli qogʻoz taʼminlanmagan 
boʻlib, buning muddatini uzaytirish bankrotlik riskini oshirib yuboradi. 
Faqatgina kreditga layoqatli korxonalar ushbu turdagi qimmatli 
6
https://www.bankrate.com/rates/interest-rates/treasury.aspx 


23 
qogʻozni emissiya qilish imkoniga ega. Ularni emissiya qilish talablari 
mavjud boʻlib, unga koʻra ularning muddati AQSH amaliyotida 270 
kundan oshmasligi lozim. Bundan koʻzlangan maqsad ushbu qimmatli 
qogʻozni registratsiyadan oʻtkazishdan qochish, yaʼni qonunchilikda 
270 kundan ortiq muddatga ega boʻlgan qimmatli qogʻozlar Qimmatli 
qogʻozlar va ularni ayriboshlash komissiyasidan roʻyxatdan oʻtkazi-
lishi lozim. Asosiy qimmatli qogʻozlar asosan 20 kundan 45 kungacha 
boʻlgan muddatga ega boʻlib, asosan diskontlash asosida emissiya qili-
nadi. Taxminan 60% tijorat qogʻozlari bevosita emitentdan investorga 
sotiladi. Bu turdagi qimmatli qogʻozlar uchun ikkilamchi bozor 
mavjud emas.
Shu oʻrinda savol tugʻilishi tabiiy. Pul bozori instrumentlarining 
daromadlilik darajasi qanday aniqlanadi? Ular emissiya qilingandan 
soʻng oʻzining nominal bahosidan past narxda sotiladi va muddati 
kelganda esa uni sotib olgan investor qimmatli qogʻozni emitentga 
taqdim etib, qimmatli qogʻozning nominaliga teng boʻlgan summani 
qaytarib oladi. Shundan kelib chiqib, ularning daromadlilik darajasi 
quyidagicha aniqlanadi.
7
(2.1) 
Bunda: 
– yillik diskont stavka; 
 – 
qimmatli qogʻozning nominal bahosi; 
 – 
sotish bahosi; 
n– 
muddati (kunda); 
Bankir kafolati (Bankerʻs acceptance) XII asrdan boshlab 
qoʻllanila boshlagan. Aniqrogʻi shu turdagi operatsiyalar amalga 
oshirilishining ilk bosqichlari oʻsha davrga toʻgʻri keladi. Ushbu 
qimmatli qogʻoz sotuvchidan xaridorga hali yetkazilmagan mahsulotni 
moliyalashtirish uchun ishlatiladi. Tasavvur qilamiz, ABC kompa-
niyasi Yaponiyaning XYZ kompaniyasidan buldozer sotib olmoqchi, 
ammo XYZ kompaniyasi pulni qoʻlga kiritishdan oldin buldozerni 
yuborish niyatida emas, sababi u kompaniya haqida unda yetarli 
maʼlumot yoʻq. Oʻz navbatida ABC kompaniyasi ham buldozerni qa-
7
Frederic S. Mishkin, Stanley G. Eakins. Financial Markets and Institutions, US Prentice Hall 2013, P. 261. 


24 
bul qilishdan avval pulni oʻtkazib berish niyatida emas. Ushbu 
vaziyatda bank Bankerʻs acceptanceni emissiya qilish orqali eksport 
qiluvchi tomon nomidan import qiluvchi tomonga kafolat beradi. 
Ushbu qimmatli qogʻoz qisqa muddatli yaʼni 30 kundan 180 kungacha 
boʻlib, ikkilamchi bozorda ushbu muddat tugaguniga qadar sotilishi 
ham mumkin. Bank bu vaziyatda oʻz xizmati uchun 2-3% atrofida haq 
oladi. 
Yevrodollar (Eurodollars). Dollarning barqaror valyuta ekanligini 
inobatga olgan holda aksariyat shartnomalar dunyo boʻyicha AQSH 
dollarida amalga oshiriladi. Shu sababdan koʻplab kompaniyalar va 
davlatlar dollarda zaxira saqlashni afzal koʻradi. Shu oʻrinda savol 
tugʻiladi. Yevrodollar nima? Yevrodollar xorijiy banklar yoki Amerika 
banklarining xorijiy filiallarida dollarda shakllantirilgan depozitlar 
hisoblanadi. 
Pul bozori instrumentlarini taqqoslaydigan boʻlsak, ularning foiz 
stavkalari orasida deyarli tavofut yoʻq. Ularning barchasi diskontlash 
amaliyotini qoʻllash orqali soʻndirilishini inobatga oladigan boʻlsak, 
diskont stavkalarining yuqori yoki past boʻlishi faqatgina ushbu 
qimmatli qogʻozlarning muddatiga bogʻliq hisoblanadi. 
Ularning likvidlilik darajasini taqqoslaydigan boʻlsak, davlat qisqa 
muddatli qimmatli qogʻozlarining likvidlilik darajasi tijorat 
qogʻozlarinikiga nisbatan yuqoriroq hisoblanadi, sababi, tijorat 
qogʻozlarini sotishning aksariyat hollarda imkoni yoʻq, shu sababli 
investorlar ushbu qimmatli qogʻozni soʻndirilish muddatini kutadilar. 
Tijorat banklari tomonidan taqdim etiladigan overdraft, overnayt 
kreditlari ham pul bozorida keng qoʻllaniladigan amaliyotlardan 
hisoblanadi.
Mamlakatimizdagi tijorat banklari tomonidan overdraft kreditlari 
keng doirada qoʻllanila boshlanganligini ham shu oʻrinda qayd etib 
oʻtish zarur. 


25 

Download 4,09 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   225




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davlat qisqa muddatli qimmatli qogʻozlarining

Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish