Bog'liq Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022
2.3. Pul bozori instrumentlari Xalqaro tajribaga koʻra, pul bozori instrumentlariga quyidagilar
kiradi:
- davlat qisqa muddatli qimmatli qogʻozlari;
- qayta sotib olinuvchi shartnomalar;
- depozit sertifikatlari;
- tijorat qogʻozi;
- bankir kafolati;
- yevrodollar.
Davlat qisqa muddatli qimmatli qogʻozlari (T-Bills) asosan davlat
qarzini qoplash uchun emissiya qilinadi. Yaʼni davlat oʻzining soliqlar
orqali byudjetiga tushuvchi mablagʻlari kelguniga qadar qisqa
muddatli qarz majburiyatini ifodalovchi qimmatli qogʻozlarni emissiya
qiladi. Ayrim davlatda bu qimmatli qogʻoz Moliya vazirligi tomonidan
emissiya qilinsa, boshqalarida Gʻaznachilik tomonidan emissiya
qilinadi. AQSH misolida koʻradigan boʻlsak, ushbu qimmatli qogʻoz
Gʻaznachilik boshqarmasi (Treasury Department) tomonidan emissiya
qiladi hamda T-Bills deb ataladi. Ularning muddati asosan 28; 91 va
182 kunni tashkil etadi. 1998-yildan beri AQSH hukumati investorlar
uchun ushbu turdagi qimmatli qogʻozlarni internet orqali sotib olish
imkonini yaratdi va bu oʻz navbatida ularni individual investorlar
orasida yanada kengroq tarqalishiga olib keldi. Gʻaznachilik ushbu
qimmatli qogʻozlar uchun hech qanday foiz toʻlovini amalga
oshirmaydi. Ular oʻzining nominal narxidan past bahoda bozorga
joylashtiriladi hamda soʻndirilish muddatida nominal narx boʻyicha
soʻndiriladi. Ularning bozorga joylashtirilish hamda soʻndirilish
baholari orasidagi farq asosan muddatga bogʻliq hisoblanadi. Ushbu
turdagi qimmatli qogʻozlarning risklilik darajasi nolga teng deb
hisoblanadi, sababi hattoki davlatda ularni soʻndirish uchun yetarli
22
mablagʻ boʻlmay qolgan taqdirda ham, davlat shunchaki qoʻshimcha
valyuta emissiya qilish orqali ularni soʻndirishi mumkin. Ularning
muddati qisqa boʻlganligi sababli inflyatsiya darajasining taʼsiri ham
unchalik yuqori hisoblanmaydi.
2.2-jadval