Oʻzbekiston respublikasi




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/225
Sana23.06.2024
Hajmi4,09 Mb.
#265242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   225
Bog'liq
Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

 
KIRISH 
 
Bugungi kun iqtisodiyotida real sektor singari moliyaviy sektor 
ham alohida dolzarblik kasb etadi. Rivojlangan mamlakatlarning 
moliyaviy-iqtisodiy taraqqiyotida va bugungi darajaga erishishlarida 
moliya bozori shak-shubhasiz muhim ahamiyat kasb etgan. Bunda real 
sektorni moliyaviy taʼminlash, boʻsh pul mablagʻlarini ishlab 
chiqarishga yoʻnaltirish, yangi sohalarni oʻzlashtirish, davlat byudjeti 
defitsitini noinflyatsion yoʻllar bilan mablagʻ jalb qilish orqali qoplash, 
aholi daromadlarini moliyaviy aktivlar orqali oshirish kabilar alohida 
ahamiyat kasb etadi.
2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlan-
tirish boʻyicha Harakatlar strategiyasida ham moliya bozorini rivoj-
lantirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilganligi ham yuqoridagilar 
bilan bevosita bogʻliq. Shuningdek, ehtiyojlarning keskin oʻsib borishi 
sharoitida real sektor va xizmat koʻrsatish subyektlarining oʻz fao-
liyatlarini kengaytirib borish maqsadida nafaqat mahalliy, balki xal-
qaro bozorlardan ham kapital jalb qilish masalasiga alohida eʼtibor 
qaratilayotgan bir vaqtda mamlakatimizda ham moliya bozorini rivoj-
lantirish maqsadida sohani chuqur oʻrganish, bu borada xorijiy ilgʻor 
tajribalarni amaliyotga joriy etishda “Moliya bozori va moliyaviy 
texnologiyalar” fani muhim hisoblanadi.
“Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar” fanini oʻrganish 
orqali talabalar moliya bozorining iqtisodiy mohiyati, vujudga kelishi, 
rivojlanish bosqichlari va modellari, pul bozori xususiyatlari va moliya 
bozori shakllanishidagi ahamiyati, aksiyalar bozorining oʻziga xos 
xususiyatlari va amal qilish mexanizmi, obligatsiyalar bozorining 
oʻziga xos xususiyatlari va savdo mexanizmi, davlat qimmatli 
qogʻozlar bozori amal qilish shart-sharoitlari, hosilaviy qimmatli 
qogʻozlar bozorining moliya bozori boshqa sektorlari bilan bogʻliqligi, 
ipoteka qimmatli qogʻozlar bozori muomalasi tartibi, xorijiy valyutalar 
bozorining moliya bozoridagi tashkiliy jihatlari, kriptovayutalarlar 
bozorining ishlash mexanizmi, qimmatbaho metallar va toshlar bozori 
xususiyatlari, moliya bozorining indikatorlari va indekslari, moliya 
bozori risklari va ularni baholash, fond birjalari va fond bozori 



ishtirokchilari faoliyat mexanizmi, markaziy bank va uning moliya 
bozoridagi faoliyati, moliya bozorida tijorat banklari va nobank kredit 
institutlarining ishtiroki, investitsiya va pay fondlarining moliyaviy 
operatsiyalardagi ahamiyati, moliya bozorida sugʻurta tashkilotlari va 
nodavlat pensiya fondlarining faoliyat mexanizmi, moliya bozorini 
tartibga solishning iqtisodiy va huquqiy jihatlari bilan yaqindan 
tanishadilar. Darslikda bu jihatlarga eʼtibor qaratilganligiga guvoh 
boʻlish mumkin. 
Darslikda mavzularning nazariy jihatlari atroflicha yoritilishi bilan 
birga, amaliy mashgʻulotlar boʻyicha nazorat savollari, talabalarni 
fikrlashga undovchi alohida topshiriqlar, test savollari, masalalar ham 
dasturda keltirilgan. Bunda asosiy eʼtibor talabaning mustaqil 
ishlashiga qaratilgan.
Mavzular yoritilishida moliya bozorining milliy amaliyoti bilan 
birga, rivojlangan davlatlar tajribalariga ham alohida eʼtibor 
qaratilganligini qayd etib oʻtish lozim. Shuningdek mustaqil ta’limni 
samarali tashkil etishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Darslik moliya, bank ishi, soliqlar va soliqqa tortish, buxalteriya 
ishi va audit, sug‘urta ishi, baxolash ishi, davlat byudjetining g‘azna 
ijrosi, investitsion loyihalarni moliyalashtirish, elektron tijorat, bank 
hisobi va audit, byudjet hisobi va nazorati, xalqaro valyuta kredit 
munosabatlari, pensiya ishi yo‘nalishi bakalavriat talabalari uchun 
moʻljallangan boʻlib, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan 
tasdiqlangan “Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalatr” fani oʻquv 
dasturi asosida yozilgan.

Download 4,09 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   225




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish