Oʻzbekiston respublikasi




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/225
Sana23.06.2024
Hajmi4,09 Mb.
#265242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   225
Bog'liq
Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

 



 
I BOB. MOLIYA BOZORINING NAZARIY ASOSLARI 
 
1.1. Moliya bozorining iqtisodiy mohiyati, ahamiyatli 
jihatlari, tarkibiy qismlari 
Biznes samaradorligi (rentabelligi)ni oshirish masalasi bugungi 
iqtisodiy sharoitda eng asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Biznes 
samaradorligining oshib borishi oʻz navbatida davlat moliyaviy 
barqarorligi taʼminlanishi bilan birga keskin raqobat sharoitida jahon 
bozorida mustahkam oʻrin egallashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bunda arzon kapital jalb qilish va boshqa tomondan kapitalni samarali 
joylashtirish muhim omillardan biridir. Qoʻyilgan har ikkala vazifani 
ijobiy hal qilishda moliya bozorining amal qilish mexanizmi yordamga 
keladi. Aynan moliya bozori iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy 
kuch sifatida amal qilishi zarar koʻrib ishlayotgan korxonalarning 
bozordan chiqib ketishiga sabab boʻladi, kapital isteʼmolchisining oʻz 
faoliyatini toʻgʻri tashkil etishga majbur qiladi, iqtisodiy taraqqiyotni 
jadallashtirish imkonini beruvchi texnologik innovatsiyalarni doimiy 
qoʻllab-quvvatlaydi, investitsiya loyihalaridan eng samaralisini 
tanlashni shart qilib qoʻyadi. 
Moliya bozorida pul, kredit, qimmatli qogʻozlar, valyutalar, su-
gʻurta polislari, pensiya jamgʻarmalari, qimmatbaho metallar, hosila-
viy moliyaviy instrumentlar va boshqalar maxsus tovar sifatida 
muomalada boʻladi. Bunda tijorat banklari, birjalar, jamgʻarma 
institutlari, jamoaviy investitsiyalash kompaniyalari va boshqalar 
asosiy vositachilar sifatida koʻzga tashlanadi. Moliya bozorida capital-
ga boʻlgan talab va taklif asosida vositachilar yordamida kapitalni 
kreditor va qarz oluvchi oʻrtasida qayta taqsimlash mexanizmi amal 
qiladi. Shundan kelib chiqqan holda amaliyotda pul mablagʻlari 
oqimini haqiqiy egasidan qarz oluvchiga va aksincha yoʻnaltiruvchi 
moliya-kredit institutlari faoliyati tashkil etiladi. Moliya bozorining 
asosiy funksiyasi boʻsh pul mablagʻlarini ssuda kapitaliga aylan-
tirishda ham namoyon boʻladi. Tashkiliy nuqtai nazardan moliya 
bozoriga moliyaviy instrumentlar emissiyasi, xaridi va savdosini amal-
ga oshiruvchi iqtisodiy subyektlar, moliya institutlari jamlanmasi sifa-



tida ham qaralishi mumkin. Har bir moliya instituti moliyaviy instru-
mentlarning aniq bir toʻplami bilan u yoki bu operatsiyani amalga 
oshirish boʻyicha aniq vakolatga egaligini alohida taʼkidlash lozim. 
Moliya bozorining asosiy vazifasi sifatida moliyaviy resurslarning 
yakuniy isteʼmolchilari oʻrtasida jamgʻarmani samarali taqsimlashni 
taʼminlash masalasi qoʻyiladi. Bu masalani hal qilish ham obyektiv, 
ham subyektiv sabablarga koʻra murakkablik kasb etadi. Chunki 
moliya bozori ishtirokchilari manfaatlari bir-biriga qarama-qarshiligi, 
moliyaviy majburiyatlarni bajarish boʻyicha risklarning yuqoriligi va 
boshqa holatlar vazifaning toʻliq bajarilishiga imkon bermaydi. Moliya 
bozori aholi jamgʻarmalarini investitsiyalarga aylantirishning asosiy 
mexanizmi hisoblanadi, u investor va jamgʻaruvchi manfaatlarining 
oʻzaro muvofiqligini taʼminlaydi. Yuqoridagilar asosida moliya bozori 
mohiyatiga toʻxtalib oʻtamiz. 
Gʻarb iqtisodiy adabiyotlarida moliya bozorlari pul mablagʻlari 
oqimini jamgʻaruvchidan qarz oluvchiga yoʻnaltiruvchi bozor insti-
tutlari jamlanmasi sifatida keltiriladi.
1
Frederik Mishkin ortiqcha 
mablagʻlarga ega odamlardagi pul mablagʻlarini pul mablagʻlari 
yetishmayotganlariga oʻtkazib berishga xizmat qiluvchi bozorlarni 
moliya bozorlari deb ataydi.
2
Keltirilayotgan taʼriflar asosida taʼkid-
lash mumkinki
moliya bozori – 
moliyaviy instrumentlardan foydana-
nish asosida moliyaviy vositachilar orqali vaqtincha boʻsh pul 
mablagʻlarini qayta taqsimlash yuz beradigan bozordir. 
Moliya bozorisiz yirik kapitalni jalb qilish va yirik loyihalarga 
investitsiyalash murakkab masaladir. Sotuvchi va xaridorlar sonining 
koʻpligi natijasida shakllangan raqobat mexanizmi orqali bozorda 
moliyaviy aktivga nisbatan yagona bozor bahosi shakllanadi va 
axborot 
shaffofligiga 
erishiladi. 
Bugungi 
yuqori 
texnologik 
imkoniyatlar sharoitida maxsus vositachilik tuzilmalaridagi koʻp sonli 
operatsiyalar hisobiga pul va boshqa aktivlar muomalasi xarajatlari 
pasaytirilishi, risklar sugʻurtalanishi, sotiladigan aktivlar turlari 
kengayishi yuz bermoqda.
1
Долан Э.Дж., Кэмпбелл К.Д. Деньги, банковское дело и денежно-кредитная политика. М.; СП., 1993.c.15.
2
Frederick S. Mishkin, Kent Matthews and Massimo Giuliodori. The economics of money, banking and financial 
markets. UK. Pearson, 2013. P.3.; Frederic S. Mishkin, Stanley G.Eakins. Financial markets and institutions. 
USA. Prentice Hall, 2012. P.2. 



Moliya bozorining rolini chuqurroq anglash uchun uning 
funksiyalarini bilish talab etiladi. 1997 yil iqtisodiyot boʻyicha Nobel 
mukofoti laureati Robert Merton moliya bozorining quyidagi 
funksiyalarini ajratib koʻrsatadi: 
- kapitalni vaqt, tarmoqlararo va mamlakatlararo qayta taqsimlash; 
- kapital jamlash va korxonalarga ulush kiritish; 
- toʻlov-hisob-kitob; 
- risklarni boshqarish; 
- axborot; 
- axborotlar assimmetriyasi bilan bogʻliq muammolarning oldini 
olish. 
Moliya bozorining ishtirokchilari sifatida kapital jalb qiluvchilar
investorlar, vositachilarni ajratib koʻrsatish mumkin. Bunda oʻz-oʻzi-
dan ayonki kapital jalb qiluvchilar mohiyatan qarz oluvchilar sifatida 
namoyon boʻladi. Investorlar esa oʻz kapitallarini vositachilar orqali 
joylashtiradilar (1.1-rasm). 
1.1-rasm.

Download 4,09 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   225




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish