8
kiritganda ikkinchi tomonda moliyaviy majburiyat yuzaga keladi.
Shunday qilib, moliyaviy aktiv moliyaviy majburiyatlar boʻyicha
toʻlovlarni talab qilish huquqini beradi,
tashkilot yoki fuqarolarga
tegishli mulkiy huquqlarni oʻzida jamlaydi.
1.2-rasm.
Moliya bozorida vositachilar tiplari
Har qanday bozor oʻz segmentlariga ega boʻlgani kabi moliya bo-
zori maʼlum bir xususiyatlariga koʻra tarkibiy qismlarga ega. Moliya
bozori tarkibi odatda unda muomalada boʻladigan aktivlarga koʻra
ajratiladi (1.3-rasm).
1.3-rasm.
Moliya bozori tarkibi
Moliya bozori tarkibida keltirilgan har bir bozor boʻyicha keyingi
mavzularda alohida-alohida toʻxtalib oʻtamiz.
9
Instrumentlari muomalada boʻlish muddatiga koʻra moliya bozori
pul bozori va kapital bozoriga boʻlinadi. Pul bozorida naqd pul, qisqa
muddatli toʻlov vositalari, bir yilgacha boʻlgan qisqa muddatli
jamgʻarmalar muomalasi tashkil etiladi. Kapital bozorida esa “uzun
pullar”
muomalasi tashkil etilib, unda asosan aksiyalar va
obligatsiyalar amal qiladi. Muomala muddati esa bir yildan ortiq
boʻladi. Kapital bozorining pul bozoridan
asosiy farqli jihati uzoq
muddatli investitsiyalardan foydalanishi bilan izohlanadi.
Moliya bozorining muhim tarkibiy qismi hisoblangan qimmatli
qogʻozlar bozori moliyaviy aktiv xususiyatiga koʻra ulush
munosabatini anglatuvchi va qarz munosabatini
anglatuvchi qimmatli
qogʻozlar bozorlariga boʻlinadi. Bunda birinchi navbatda aksiyalar
bozori hamda obligatsiyalar bozori yaqqol koʻzga tashlanadi.