|
Reja: Sug’urta bozori tushunchasi va uning ishtirokchilari
|
bet | 1/3 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 252,59 Kb. | | #148683 |
Bog'liq O’ZBEKISTONDA SUG’URTA XIZMATLARI BOZORI RIVOJLANISHINI DAVLAT TOMONIDAN QO’LLAB-QUVVATLANISHI VA UNING HUQUQIY ASOSLARI
MAVZU: O’ZBEKISTONDA SUG’URTA XIZMATLARI BOZORI RIVOJLANISHINI DAVLAT TOMONIDAN QO’LLAB-QUVVATLANISHI VA UNING HUQUQIY ASOSLARI
REJA:
- Sug’urta bozori tushunchasi va uning ishtirokchilari.
- Sug’urta bozorining turlari va ularga umumiy tavsifnoma.
- Sug’urta bozori infratuzilmasining sug’urta bozori rivojlanishidagi ahamiyati.
- Sug’urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning ob’ektiv zarurligi va shakllari.
- Davlat sug’urta nazorati: uning funktsiya va vazifalari.
- Sug’urta faoliyatini litsenziyalash tartibi. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ma’lumki,
har qanday bozorda
sotuvchi va xaridor bo’ladi hamda ular o’rtasida
tegishli tovarlar (xizmatlar) ayirboshlanadi. Xuddi shunday, sug’urta bozorida ham sotuvchi (sug’urtalovchi) va xaridor (potentsial sug’urtalanuvchi) ishtirok etadi. Bu erda potentsial sug’urtalanuvchi tushunchasini qanday izohlash mumkin, degan o’rinli savol tug’ilishi mumkin. Gap shundaki, basharti, potentsial sug’urtalanuvchini to’g’ridan to’g’ri sug’urtananuvchi, deb atasak katta xatoga yo’l qo’ygan bo’lamiz. Negaki, amaldagi qonunlarga muvofiq, sug’urta kompaniyalari bilan bevosita shartnoma tuzgan, fuqarolik salohiyatiga ega bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarga sug’urtalanuvchilar deyiladi. Aksincha, sug’urta “mahsulotini” sotib olishga ehtiyoji bor, ammo hali sug’urtalovchilar
bilan tegishli sug’urta munosabatlariga kirishmagan sug’urtalanuvchilar deb ataladi. Endi, sug’urtalovchilar haqida
shaxslar gapiradigan
potentsial bo’lsak,
sug’urtalovchi - bu mamlakat xududida sug’urta faoliyatini amalga
oshirish huquqi
berilgan hamda sug’urtalash o’zi uchun asosiy faoliyat turi hisoblangan yuridik shaxslardir. Ko’rinib turibdiki, sug’urta kompaniyasi tegishli faoliyat yuritishi uchun vakolatli davlat organining litsenziyasiga ega bo’lishi va sug’urtaga bog’liq bo’lmagan
operatsiyalar bilan shug’ullanmasligi zarur.
Sug’urtalovchilar bozorga o’zlarini ishlab chiqargan o’ziga xos mahsuloti - sug’urta xizmatini taklif etadilar. Ushbu xizmatlar yuzlab, minglab sug’urta kompaniyalari tomonidan sotilishi mumkin. O’z-o’zidan, bu holat sug’urta bozorida potentsial mijozlarni jalb etish uchun sug’urta kompaniyalari o’rtasida raqobatning kuchayishiga olib keladi va “mahsulot”ning sifatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Eng asosiysi, potentsial sug’urtalanuvchi har tomonlama o’zining talabini qondiradigan “mahsulot”ga ega bo’ladi. Bayon etilganlar quruq gap emas, balki bugungi kunda iqtisodi taraqqiy etgan mamlakatlar bozorida ruy berayotgan oddiy haqiqatdir. Yuqorida zikr etilgan fikrlarni quyidagi chizmada yaqqol ko’rish mumkin.
Sug’urta bozorining mohiyatini chuqurroq anglab olish uchun kundalik xayotimizdan oddiy bir misol keltirsak maqsadga muvofiqdir.
O’zimiz yoki bolalarimizga kiyim-kechak sotib olish uchun buyum boramiz. Aytaylik, birorta kiyim, aniqrog’i, kuylak sotib olmoqchimiz.
bozoriga Bozorda
va bahosi arzonini sotib olamiz. Sug’urta bozorida ham aynan shu jarayon yuz beradi.
1-chizma
Sug’urta bozori va uning sub’ektlari
Sug’urta kompaniyalari
Sug’urtalanuvchilar
Суғурта бозори
Sug’urta kompaniyasi o’z mahsulotini bozorda sotar ekan, zimmasiga katta mas’uliyat olganligini unutmasligi kerak. Chunki, sug’urtalovchi ozgina sug’urta mukofoti evaziga yirik mikdordagi riskni qabul qilib oladi va sug’urta hodisasi ruy berganda zimmasidagi sug’urta qoplamasini to’lashi shart. Shu o’rinda, biz sug’urta kompaniyasiga murojaat qilishni istagan yoki muayyan sug’urta xizmatiga ehtiyoj sezgan shaxslarga sug’urta shartnomasini tuzishdan oldin sug’urta kompaniyasining moliyaviy axvoli, balansi bilan albatta tanishib chiqishlarini maslahat qilamiz.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, boshqa tovarlar va xizmatlar kabi, sug’urta xizmatining ham bahosi talab va taklif asosida paydo bo’ladi hamda bu baho o’zining
pastki va yuqori chegaralariga ega. Sug’urta tushumlarining miqdori sug’urta to’lovlari va sug’urta tashkilotlari xarajatlari miqdoriga teng bo’lishi sugurta baxosining pastki
chegarasini bildiradi. Bunday sharoitda sug’urta kompaniyasi asosiy faoliyatdan foyda
ololmaydi. Ko’p hollarda sug’urta bozoridagi keskin raqobat, sug’urta tashkilotlarining potentsial mijozlarni jalb etish maqsadida tarif stavkalarini kamaytirishga majbur etadi.
Chet mamlakatlarda, sug’urtalovchilar sug’urta faoliyatidan zarar ko’rganda, bu zarar investitsiyadan keladigan daromad hisobidan qoplanadi.
Sug’urta xizmati bahosining yuqori chegarasi talab hajmi va bank foizining miqdori bilan aniqlanadi. Sug’urta xizmatining ma’lum bir turiga etarli darajada talab mavjud bo’lganda, sug’urta tashkiloti mazkur xizmat bahosini yuqori darajada saqlab turishi mumkin. Lekin, vaqt o’tishi bilan bozorda sug’urta xizmati ko’rsatish turlarining ko’payishi bilan, o’z-o’zidan tarif stavkalari kamayadi.
2. Sug’urta bozori hududiy joylashuviga qarab xalqaro, mintaqaviy va milliy sug’urta bozorlariga bo’linadi. Milliy sug’urta bozori biron-bir mamlakat hududidagi
sug’urta muassasalarini va ularni faoliyatini o’z tarkibiga oladi. Jahondagi eng yirik milliy sug’urta bozori Amerika Qo’shma shtatlaridir. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan
mamlakatlarda yig’iladigan sug’urta tushumlarining 43 foizdan ortig’i AQSh hissasiga
to’g’ri keladi. Bu erda hayotni sug’urta qiluvchi 2600 dan ortiq va boshqa umumiy turdagi sug’urta xizmatlarini ko’rsatuvchi 3800 ta kompaniya faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan ba’zi birlari dunyo sug’urta bozorida ham oldingi o’rinlardadir. Masalan, “Prudenshial of
Amerika” kompaniyasi mamlakat ichki bozorida birinchi va 1992 yil boshida mavjud aktivlari, to’plagan sug’urta mukofotlari bo’yicha uchinchi o’rinni egalladi.
Mintaqaviy sug’urta bozori deganda savdo, iqtisodiy va boshqa jihatlardan o’zaro yaqin munosabatda bo’lgan bir nechta mamlakatlarning ichki bozori tushuniladi. Evropa Ittifoqining sug’urta bozori yirik mintaqaviy bozordir.
Xalqaro sug’urta bozori sifatida dunyo miqyosida sug’urta faoliyatini olib boruvchi alohida mamlakatlarning ichki bozori tushuniladi. Jumladan, hozirgi vaqtda Yaponiya sug’urta bozorining xalqaro darajada muxim o’rni bor va keyingi o’n yillikda Yaponiya sug’urtachilari dunyo bozorida etakchilik qilib kelishmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, 1992 yili jahondagi eng yirik 20 ta hayotni sug’urta qiluvchi kompaniyalar ichida 9 tasi yoki 45 foizi Yaponiyaga tegishlidir. Bu kompaniyalarning moliyaviy salohiyati 869 mlrd. doll. miqdorida baholangan.
Sug’urta bozorlari hududiy bo’linish bilan bir qatorda sug’urta turlariga qarab ham xilma-xil bo’lishi mumkin. Iqtisodi rivojlangan mamlakatlar amaliyotida sug’urta bozori
o’ziga xos jihatlari mavjud va bu jarayon:
ikkiga bo’linadi: 1) Hayotni sug’urta qilish bilan bog’liq sug’urta xizmatlari bozori; 2) Umumiy sug’urta xizmatlari bozori.
3. O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarilmoqda. Bu jarayonda sug’urta faoliyati ham rivojlanib, ravnaq topmoqda. Sug’urta instituti bozor infratuzilmasining tarkibiy qismi sifatida uning rivojlanishida muhim o’rin tutadi. Shu nuqtai nazardan, sug’urta faoliyatida risklar transferi ham o’z navbatida, bozor infratuzilmasining rivojlanganlik darajasiga bog’liqdir.
Shu o’rinda, «infratuzilma» tushunchasi iqtisodiy ilmiy lug’atlarda turlicha: masalan,
«asosiy ishlab chiqarish sohalari va aholiga xizmat ko’rsatuvchi iqtisodiy tarmoqlar yig’indisi» yoki «ma’lum tarmoqqa xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqaruvchi va noishlab
chiqaruvchi tarmoqlar majmuasi» kabi ma’nolarda qo’llanilishini qayd etish mumkin. Xususan, sug’urta bozori infratuzilmasining mazmun-mohiyatini ochib berishda,
iqtisodiyot sub’ektining samarali faoliyat yuritishi uchun kafolatli shart-sharoit yaratuvchi faoliyat turlari majmuasi nazarda tutiladi. Ma’lumki, sug’urta mahsuloti sotilishining
hamda
baholovchi
firmalar
kabi
sub’ektlar
kiradi
(1-chizma).
Shu
o’rinda,
London
-sug’urta riski haqida axborot to’plash va uni aniqlashtirish;
- sug’urta shartnomasini imzolash va uning amal qilishini ta’minlash kabi bosqichlarni o’z ichiga oladi.
Sug’urta faoliyatida risklar transferining mazkur bosqichlari o’ziga xos bilimni talab etadi. Ayni vaqtda ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko’ra, ma’lum qisqa davr oralig’ida
talab etilayotgan mutaxassis kompaniyaning shtatlar birligiga kiritilishi iqtisodiy jihatdan
samarasiz hisoblanishi ham mumkin. Shuning uchun kompaniya o’z faoliyatida, odatda boshqa soha mutaxassislari xizmatidan foydalanadi. Demak, ta’kidlash mumkinki, sug’urta bozori infratuzilmasi uning professional ishtirokchilari va boshqa soha mutaxassislari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar sifatida sug’urta faoliyatida risklar transferining samaradorligini ta’minlovchi omil sanaladi.
Sug’urta bozori infratuzilmasining o’ziga xosligidan kelib chiqib, shuni qayd etish mumkinki, uning tarkibiga sug’urta vositachilari, sug’urtachilar uyushmasi, avariya
komissari, syurveyer, aktuariy, sug’urta auditori, maxsus ixtisoslashgan maslahatchilar
sug’urta bozori infratuzilmasi tarkibiga sug’urta anderrayterlari ham kiritilganligini qayd etish mumkin. 2-chizma
С ю р в е й е р
Шартномани тузиш мақсадида суғурта объектни кўрикдан ўтказувчи шунингдек, суғурта ҳодисаси юзасидан унинг сабаби, зарар ҳажми ва уни қоплаш шаклини аниқловчи эксперт
Sug’urta bozori infratuzilmasining sub’ektlari
А к т у а р и й Ав а ри я к ом и ссар и
Суғурта рискининг юз бериши
эҳтимолига кўра, суғурта хизматининг нархини аниқлаб берувчи
Суғурт а ҳодисаси оқибатида к ўрилган зарарни баҳоловчи ва у билан бо ғлиқ хужжат ларни тайёрловчи
юридик ёки жисмоний ш ахс
Д и с п а ш е р
Суғурталанган мол-мулкни денгиз транспорти орқали манзилга етказиш жараёнида кўрилган зарарларни ҳисобловчи, тақсимловчи
|
| |