40
Kuponsiz
obligatsiyalar
uchun
yagona
daromad
manbai
obligatsiyaning xarid bahosi va nominal bahosi (qoplash bahosi)
oʻrtasidagi farq hisoblanadi. Obligatsiyaning nominali maʻlum ekan
(100 foiz qabul qilingan) operatsiya daromadliligini
aniqlash uchun
ikkita koʻrsatkich xarid bahosi P (yoki kurs K) va qoplash muddati n ni
bilish yetarli. Shunda kuponsiz obligatsiya boʻyicha qoplashgacha
daromadlilik quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi mumkin:
Misol koʻrib chiqamiz.
Qoplash
muddati uch yil, 1000 birlik nominalga ega kuponsiz
obligatsiya 878,80 birlik baho boʻyicha sotib olingan. Obligatsiyaning
qoplashgacha daromadliligini aniqlang.
Kuponsiz obligatsiya boʻyicha
qoplashgacha daromadlilik
obligatsiyaning xarid bahosi va qoplash muddatiga nisbatan teskari
bogʻliqlikka ega.
Qoplash vaqtida foiz toʻlanadigan obligatsiyalar boʻyicha
qoplashgacha daromadlilik quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
bu yerda FV – hisoblangan foizlarni oʻz
ichiga olgan qoplash sum-
masi.
Amaliyotda bunday moliyaviy instrumentlar ikkilamchi bozorda
nominaldan farqli bahoda sotilishi mumkin.
Shuning uchun ham
umumiy holatda qoplashgacha daromadlilik YTM kurs bahosi
K
orqali
aniqlanishi qulayroq hisoblanadi:
Misol koʻrib chiqamiz.
Qoplash muddati uch yil, nominali 100 ming birlikka teng boʻlgan
qoplash vaqtida foiz toʻlanadigan obligatsiya 90 ming birlikka, yaʻni