• Retrektiv prefaksiyalar.
  • Qayta chaqirib olinadigan prefaksiyalarni muomalaga chiqarish 4.2. Aksiyalar qiymati va daromadliligini baholash
  • Oʻzbekiston respublikasi




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/225
    Sana23.06.2024
    Hajmi4,09 Mb.
    #265242
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   225
    Bog'liq
    Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

    jamgʻarilgan 
    fond
    bajaradi: har yili kompaniya sof tushumdan belgilangan foiz 
    tariqasida aksiyalarni qayta sotib olish uchun bir qancha yillar 
    mobaynida mablagʻ jamgʻarib boradi. Qayta sotib olish fondi singari 
    jamgʻarilgan fond ham amortizator rolini bajaradi. Ammo, qayta sotib 
    olish fondidan farqli oʻlaroq, jamgʻarilgan fond faqatgina narxlar 
    pasayishi natijasida zararni qoplashdan tashqari, aksiyadorlarga 
    aksiyalarni oʻz nominal yoki haqiqiy bahosidan yuqori, dividend toʻ-
    lovlarni ham mujassamlashtirgan narxda sotish uchun ragʻbatlantiradi. 
    Retrektiv prefaksiyalar. 
    Retrektiv tamoyili yoki qimmatli qo-
    gʻozlarni qaytarib olish – qimmatli qogʻozlarni qayta sotib olish yoʻli 
    orqali chiqarilgan aksiyalarni sotib olish kafolatini imkoniyati mavjud 
    boʻlmagan holatda qoʻllaniladi. Retrektiv aksiyalar egalari oʻz 
    imtiyozlaridan foydalanib, emitent–kompaniyaga aksiyalarni qayta 
    sotish muddatini oʻzi belgilashi mumkin va shu muddat tugallan-
    guncha aksiyalarni qoplash uchun qayta taqdim etadi. Bunday qaytarib 


    54 
    olish holati avtomat tarzda amalga oshadi. Aksiyani ushlab turuvchi 
    shaxs aksiyalarni qaytarish muddatini oʻz xohishiga koʻra belgilagan 
    boʻlsada, bu haqda kompaniyani oldindan ogohlantirishi lozim. 4.2-
    rasmda qayta chaqirib olinadigan prefaksiyalarni muomalaga chiqarish 
    tartibi koʻrsatilgan. 
    4.2-rasm. 
    Qayta chaqirib olinadigan prefaksiyalarni
    muomalaga chiqarish 
     
    4.2. Aksiyalar qiymati va daromadliligini baholash 
    Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyador-
    larning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 
    aksiyalar
    egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar 
    boʻlib, ular turiga koʻra oddiy va imtiyozli boʻlishi mumkin. 
    Imtiyozli aksiyalar oʻz egalariga jamiyat foyda koʻrish-koʻrmas-
    ligidan qatʻiy nazar muayyan dividendlar olish huquqini beradi. Mam-
    lakatimiz qonunchiligiga koʻra aksiyadorlik jamiyatining imtiyozli 
    aksiyalari boʻyicha dividendlarni qimmatli qogʻozlar bilan toʻlashga 
    yoʻl qoʻyilmaydi. 
    Oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar oldindan belgilab qoʻyil-
    maydi. Ularning miqdori jamiyat tomonidan olinadigan foydaga 
    bogʻliq va aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarori bilan belgilanadi. 
    Qayta chaqirib olinadigan prefaksiyalarni 
    muomalaga chiqarish 
    Qayta sotib olish 
    uchun fondni tashkil 
    etish. Aksiya uchun 
    premiyani belgilash 
    Prefaksiyalarni 
    yillik chiqarish 
    foizini belgilash 
    Retrektiv prefaksiyalarni 
    muomalaga chiqarish
    Qayta sotib olish bahosi 
    chegarasini belgilash 
    Muddatidan oldin chiqarish 
    kafolati taʼminoti
    Muomalaga chiqarish sanasini 
    tasdiqlash va ogohlantirish 


    55 
    Aksiyalar obligatsiyalarga qaraganda yuqori riskli qimmatli 
    qogʻozlar hisoblanadi. Dividendlardan va aksiyalar bahosi oʻsishi 
    hisobiga shakllanadigan yuqori foyda olish imkoniyati investorlarni 
    jalb qilishga xizmat qiladi. Aksiyalarning yuqori daromadliligi odatda 
    qarz majburiyatlari bilan taqqoslaganda inflyatsiyadan yaxshigina 
    himoyani taʻminlaydi.
    Aksiya va obligatsiyalarni baholash texnikasi pul oqimlarini 
    diskontlashning yagona modeliga asoslanishiga qaramasdan, aksiyalar 
    qiymati va daromadliligini aniqlash quyidagi ikkita holat sabab ancha 
    murakkab hisoblanadi: 
    - oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar kafolatlanmagan, yaʻni 
    oldindan maʻlum emas; 
    - aksiyalar qoplash muddatiga ega emas. 
    Yuqorida taʻkidlanganidek, aksiya egasining daromadi olinadigan 
    dividendlar va aksiya bozor bahosining oʻzgarishidan tashkil topadi. 
    Investitsiyalar bitta davrli boʻlgan holatda aksiya qiymati quyidagi 
    formula yordamida aniqlanishi mumkin: 

    bu yerda 

    Download 4,09 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   225




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish