|
Nokumulyativ imtiyozli aksiyalarBog'liq Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022Nokumulyativ imtiyozli aksiyalar
boʻyicha toʻlanmagan divi-
dendlarni jamgʻarib borish mumkin emas. Agar aksiyadorlik jamiyati
nokumulyativ imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlashni eʼlon
qilmagan boʻlsa, aksiyadorlar hech qanday kompensatsiya (aksiya
uchun qoplamalar)siz dividendlarni yoʻqotadi.
Konvertatsiyalanuvchi imtiyozli aksiyalar
imtiyozli aksiyalar
aniq bir turini oddiy aksiyalarga almashtirish yoki jamiyat ustavida
belgilangan muddatda imtiyozli aksiyalar bir turini ularning egalari
talabi bilan boshqa turiga almashtirishni nazarda tutadi. Bunday
holatda, jamiyat ustavida konvertlanadigan imtiyozli aksiyalarni
chiqarish davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasigacha ushbu aksiyalarni
almashtirish tartibi, shu jumladan, soni, qaysi aksiya turiga
(kategoriyasi) almashtirilishi, almashtirish boshqa shartlari va
boshqalar aniq belgilanishi lozim. Chiqarilgan birinchi konvertlana-
digan imtiyozli aksiyalar joylashtirib boʻlgandan soʻng jamiyat
ustavida tasdiqlangan nizom oʻzgartirilishi mumkin emas.
Agar konvertatsiyalanuvchi imtiyozli aksiyalar oddiy aksiyalarga
almashtirilsa, jamiyat ustavida ushbu aksiyalar boʻyicha ovoz berish
huquqi nazarda koʻrilishi mumkin. Bunday imtiyozli aksiya egasining
ovoz berish huquqi, unga tegishli aksiyalarning oddiy aksiyalarga
almashtirganda soni miqdorida oddiy aksiyalar ovoz berish huquqi
soniga teng boʻladi.
Konvertatsiyalanuvchi imtiyozli aksiyalarni obligatsiyalar va
boshqa qimmatli qogʻozlarga almashtirish mumkin emas, aksiyalar
bundan mustasno.
Qaytarib olish huquqi mavjud imtiyozli aksiyalar – bunday ak-
siyalar emitentga aksiyani egasini oldindan ogohlantirmasdan qayta
sotib olish huquqini beradi. Aksiyalarni qayta sotib olish aksiyadorlik
jamiyatlari uchun qulay, investorlar uchun esa noqulay. Bunday
aksiyalarni sotish maqsadida emitent investorlarni odatda, ushbu
aksiyalarga asosiy kapitaldagi premiya miqdoridan yuqori premiya
taklif qilish orqali jalb qiladi. Premiya – oʻz navbatida, aksiyalarni
qayta sotib olish imkoniyati uchun mukofot sifatida qaraladi. Odatda,
qayta sotib olish uchun emitent 30 kun oldin ogohlantiradi.
|
| |