• Qayta chaqirib olinadigan prefaksiyalar
  • Qatnashish huquqi mavjud imtiyozli aksiyalar




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/225
    Sana23.06.2024
    Hajmi4,09 Mb.
    #265242
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   225
    Bog'liq
    Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

    Qatnashish huquqi mavjud imtiyozli aksiyalar 
    – egasiga 
    daromad olish huquqi (qoʻyilgan kapitalga qatʼiy foiz tariqasida 
    belgilangandan yuqori qoʻshimcha dividendlar olish) va jamiyatni 
    boshqarishda qatnashish huquqini (aksiyadorlar umumiy yigʻilishida 
    ovoz berish) beradi. Aniqrogʻi, bunday imtiyozli aksiyalar oddiy aksi-
    yalar kabi boʻlib qoladi. Odatda, bunday aksiyalar aksiyadorlik kapi-
    talda tegishli ulushga ega boʻlgan aniq aksiyadorlar uchun chiqariladi. 
    Qayta chaqirib olinadigan prefaksiyalar 
    – korporatsiyalar qayta 
    chaqirib olinadigan imtiyozli aksiyalarni emissiya qilganda, ularni 
    nominalga nisbatan ustama bilan qayta chaqirib olish huquqini oʻzida 
    qoldiradi.
    Qayta chaqirib olinmaydigan prefaksiyalar ularni muomalaga chi-
    qargan korporatsiya faoliyat yuritayotgan muddatgacha soʻndiril-
    maydi. Shu bilan, qayta chaqirib olinmaydigan prefaksiyalar oʻz 
    navbatida shakllangan kapital tarkibini belgilangan bir muddatga 
    muzlatib qoʻyadi. 
    Qayta chaqirib olinadigan imtiyozli aksiyalarga xos xarakterli 
    belgilari quyidagilar: 

    aksiya egasi prefaksiyani qayta sotib olish holatida yuzaga 
    keladigan noqulayliklar uchun oʻzgacha qoplama sifatida boʻlgan aniq 
    premiyaning mavjudligi (odatda, katta boʻlmaydi). Odatda, qayta 
    chaqirib olish toʻgʻrisida emitent 30 kun oldin ogohlantiradi (misol 
    uchun, kumulyativ qayta chaqirib olinadigan preferensial aksiyalar 
    ularni chiqargan kompaniya xohishiga koʻra ogohlantirgandan keyin 
    30 kundan oshmagan muddat ichida istagan vaqtda qisman toʻlab 
    boriladi). Toʻlanish tartibi toʻlov, yaʼni qoplash sanasida aksiya 
    qiymatiga aniq belgilangan premiya va qoplanmagan barcha 
    preferensial dividendlar summasi qoʻshiladi va toʻlanadi; 

    koʻpgina qayta chaqirib olinadigan aksiyalarni qayta chaqirib 
    olish sharti – qayta sotib olish uchun yoki maxsus jamgʻarilgan fond 
    mavjudligidir. Bunday jamgʻarilgan fond mavjudligi kompaniya 
    aksiyalarni qayta sotib olish uchun bozorda bunday aksiyalarning aniq 
    belgilangan sonini kelishilgan narxda sotib olish yoʻli orqali yillik 
    toʻlovlarni amalga oshirish uchun taʼminot manbai boʻladi; 


    53 

    qayta chaqirib olinadigan preferensial aksiyalar boʻyicha 
    toʻlovlarni amalga oshirish kafolat taʼminoti. Bunday taʼminot retrek-
    tiv prefaksiyalarni muomalaga chiqarish yoʻli orqali erishiladi. 
    Shunday qilib, aksiyani xarid qilish yoʻli orqali qimmatli qogʻozni 
    qayta chaqirib olish turli shakllarda amalga oshirilishi mumkin. 
    Birinchi – nominalga nisbatan yuqori bahoda sotib olish (yoki premiya 
    bilan); ikkinchi – qayta sotib olish uchun shakllantirilgan maxsus jam-
    gʻarilgan fond orqali; uchinchi – retrektiv prefaksiyalarni muomalaga 
    chiqarish. 
    Aksiyalarni qaytarib sotib olish maqsadida maxsus jamgʻarila-
    digan fond tashkil etilishi mumkin. Qayta sotib olish fondini 
    shakllantirishdan maqsad – bu fond narxlar pasayishi holatida amor-
    tizator rolini bajaradi, misol uchun, aksiyalar muomalaga chiqaril-
    ganda tasdiqlangan narxning pasayib ketgan holat. Bunday oldindan 
    shakllangan fond yordamida kompaniya ushbu aksiyalarni toʻliq yoki 
    qisman sotib olish mumkin. Qayta sotib olish fondi mavjud boʻlgan 
    aksiyalarni sotib olishning ijobiy tomoni shundaki, u aksiyalarni har 
    yili qisman qoplash (qayta sotib olish) yoʻli orqali qimmatli qogʻozlar 
    bozori muntazam koʻmaklashadi. Imtiyozli aksiyalar ikkilamchi 
    bozorda oldindan kelishilgan bahoda sotib olinadi. 
    Qayta sotib olish fondi funksiyasiga xos vazifani 

    Download 4,09 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   225




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qatnashish huquqi mavjud imtiyozli aksiyalar

    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish