Oʻzgaruvchan oʻsish modeli




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/225
Sana23.06.2024
Hajmi4,09 Mb.
#265242
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   225
Bog'liq
Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

Oʻzgaruvchan oʻsish modeli 
 
Yuqoridagi rasmda koʻrib turganimizdek, oʻzgaruvchan oʻsish 
modelini qoʻllash investorga korxona rivojlanishining mos davri uchun 
mumkin boʻlgan oʻsish surʻatlarini yoki uning qonuniy asoslangan 
oʻzgarishlarini aniqlash imkonini beradi. Korporativ moliyani 
boshqarish nazariyasi va amaliyotida oʻzgaruvchan oʻsish modelining 
xususiy holatlari sifatida ikki yoki uch davrli model keng qoʻllaniladi. 
Ikki davrli oʻsish modelida qandaydir 
T
davrgacha dividendlarning 
oʻzgarishi aniq bir obyektiv qonuniyatlar bilan bogʻlanmagan. Lekin 
T
davr boshlangandan soʻng ular 

doimiy koeffitsient bilan oʻsadi.
Shunda investor 
DIV
1
, DIV
2
, ..., DIV

dividendlar belgilanishi, 
shuningdek, 
T
davrning ham prognozini amalga oshirishi lozim. Bu 
holatda aksiyalar boʻyicha toʻlovlar oqimi ikki qismga: 
T
davrgacha va 
T
davrdan keyingi dividendlarga ajratiladi. Mos ravishda aksiya 
qiymati 
V
ikkala toʻlovlar oqimlari qiymati yigʻindisiga teng boʻladi: 
V=V
t
+V
t+1

Mazkur holatda 
V

miqdori 
T
davrdan oldin dividend toʻlovlarining 
berilgan 
r
stavkasi boʻyicha diskontlangan summasini oʻzida aks 
ettiradi. 
T
davrdan keyingi toʻlovlar oqimi doimiy koeffitsient bilan 
oʻzgartirilishi nazarda tutiladi. Uning qiymati 
V
t+1
doimiy oʻsish modeli 
boʻyicha aniqlanishi mumkin.


60 
Shunda aksiya qiymati 

quyidagi formula yordamida aniqlanishi 
mumkin: 

Oʻzgaruvchan oʻsish modeli boʻyicha investitsiya ichki 
daromadliligini hisoblash maʻlum bir murakkablikni oʻzida aks ettiradi 
va quyidagi tenglik asosida aniqlanadi: 

Zamonaviy kompyuterlar va tegishli amaliy dasturlar paketlari 
mazkur koʻrsatkichni tezda va samarali aniqlashga imkon beradi. 
Misol koʻrib chiqamiz. 
Faraz qilaylik, A kompaniya aksiyalari boʻyicha keyingi ikki davr 
mobaynida dividend toʻlovlarining 25 foizlik oʻsishi kutilmoqda. 
Undan soʻng dividend toʻlovlari yillik oʻsish 5 foiz darajasida 
barqarorlashadi. Talab qilinadigan daromadlilik stavkasi 12 foiz. A 
kompaniya aksiyasi qiymatini aniqlang. 
=42,08 birlik 
Gordon modeli kabi ikki bosqichli model ham qator kamchilik-
larga ega. Ulardan eng asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish lozim: 
- alohida oʻsish davri davomiyligini aniqlashning zarurligi; 
- yuqori oʻsish bosqichida reinvestitsiya qilinadigan yoki 
jamgʻariladigan pul tushumlarini va toʻlanadigan past darajadagi 
dividendlarni korxonalarning yetarlicha baholay olmasligi; 
- juda past va barqaror dividendlarga oʻtish jarayonining juda tez 
sodir boʻlishi. 
Umuman bunday modellar tez rivojlanuvchi korxonalar, yaʻni 
mazkur bosqichda bozorning boshqa ishtirokchilari bilan taqqos-
laganda qandaydir raqobat ustunligiga (masalan, nou-xau, alohida 
huquq, litsenziyalar, patentlar) ega korxonalarni baholash uchun 
koʻproq mos keladi.


61 
Uch bosqichli model 
deb ataladigan aksiyalar qiymatini va 
daromadliligini baholash moduli eng umumiy model hisoblanadi. 
Barcha korxonalar hayotiy sikli tushunchasiga hamohang tarzda 
mazkur model ham taraqqiyotning uchta bosqichi: oʻsish bosqichi, 
oʻtish bosqichi va rivojlanishning eng yuqori bosqichi tarzida amal 
qiladi. Har bir bosqich daromadlar va dividendlarning mos oʻsish 
surʻatlari bilan tavsiflanadi. Umumiy holda birinchi bosqichda 
korxonaning 
muvaffaqiyatli 
rivojlanishi 
jarayonida 
dividend 
toʻlovlarining oʻsishi 

Download 4,09 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   225




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish