• Fyuchers shartnomalari
  • Opsion shartnomalari
  • Oʻzbekiston respublikasi




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet36/225
    Sana23.06.2024
    Hajmi4,09 Mb.
    #265242
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   225
    Bog'liq
    Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

    Forvard shartnomalari 
    bu ikki tomonning kelishuvi boʻlib, unga 
    koʻra bir tomon sotish majburiyatini olsa, ikkinchi tomon esa kela-
    jakda amalga oshirishga kelishilgan maʼlum bir muddatda va 
    oʻrnatilgan narxda bazis aktivlarni olish imkoniyatiga ega boʻladi. 
    Forvard shartnomalari birjadan tashqari amalga oshiriladi va uni tuzish 
    vaqtida kontragentlar biron bir xarajat qilishga majbur emas. 
    9
    Frederic S.Mishkin, Stanley G.Eakins. Financial markets and Institutions USA: Prentice Hall, Pearson 
    Education, 2012. P. 590 


    72 
    Fyuchers shartnomalari
    forvard shartnomalariga oʻxshash keli-
    shuvdir. Fyucherslarning oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, bu 
    instrument standartlashtirilgan boʻlib, u faqatgina birja savdolarining 
    obyekti sifatida nomoyon boʻladi. Amaliyotda fyuchers shartnoma-
    larini sotib olish va sotish orqali risklarni xedjirlash mumkin. 
    Opsion shartnomalari
    ikki tomon oʻrtasidagi shartnoma boʻlib, u 
    uning egasiga qimmatli qogʻozlarni yoki tovarlarni bitimda qayd 
    etilgan narxda belgilangan muddatda xarid qilish huquqini beradi.
    Opsionning oʻziga xos xususiyati shundaki, uning egasi qimmatli 
    qogʻozning oʻzini emas balki uni sotib olish yoki sotish huquqini 
    opsion mukofoti evaziga sotib oladi. Shuni taʼkidlash lozimki, opsion 
    egasi vaziyatga qarab opsion yuzasidan sotib olish yoki sotish 
    huquqidan foydalanish yoki undan voz kechishi mumkin. 
    Svoplar 
    bu ikki tomonning oldindan kelishilgan shartlariga 
    muvofiq kelajakda maʼlum bir toʻlovlarni va yoki bazis aktivlarni 
    (kelishilgan miqdorda) almashtirish boʻyicha bitimidir.
    Hosilaviy qimmatli qogʻozlarning asosini tashkil etuvchi bazis 
    aktivlarga koʻra ularni quyidagilarga ajratishimiz mumkin: 

    tovarlar boʻyicha 
    (neft, neft mahsulotlari, elektr energiya, 
    metallar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari – don, shakar va boshqalarga 
    asoslangan hosilaviy qimmatli qogʻozlar); 

    valyutalar boʻyicha 
    (valyutaviy qimmatliklarga asoslangan 
    hosilaviy qimmatli qogʻozlar); 

    fond birjalar boʻyicha 
    (aksiya, obligatsiya, fond indekslari, 
    volatillik indekslariga asoslangan hosilaviy qimmatli qogʻozlar); 

    foizlar boʻyicha
    (qarz majburiyatlari boʻyicha foiz stavkalariga 
    asoslangan hosilaviy qimmatli qogʻozlar); 

    kreditlar boʻyicha 
    (hosilaviy qimmatli qogʻozlar boʻyicha 
    toʻlovlar, kreditlar boʻyicha muayyan bir holatlarning sodir boʻlishiga 
    bogʻliq);

    Download 4,09 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   225




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish