Oʻzbekiston respublikasi




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/225
Sana23.06.2024
Hajmi4,09 Mb.
#265242
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   225
Bog'liq
Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

 

nostandart bazis aktivlar boʻyicha 
(ob-havo, saylov natijalariga 
asoslangan hosilaviy qimmatli qogʻozlar va boshqalar).
 
Hosilaviy qimmatli qogʻozlar aylanuvchi bozorlarga muvofiq 
ularni quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin: 


73 

birja instrumentlari
(barcha koʻrinishdagi fyucherslar, birjada 
muomalada boʻluvchi standartlashtirilgan opsionlar);
 

birjadan tashqari instrumentlar 
(forvardlar, nobirjaviy opsionlar, 
svoplar).
 
Muddatli bozorda quyida terminlardan foydalaniladi. Agar 
muddatli shartnomani imzolayotgan shaxs bazis aktivni sotib olish 
majburiyatini oladigan boʻlsa, u uzun pozitsiyasiga (long position) ega 
boʻldi deyiladi. Aksincha boʻlsa, yaʼni agar u shartnoma boʻyicha 
boshqa tomonga kelajakdagi maʼlum bir sanada aktivlarni sotish 
majburiyatini olsa, u holda qisqa pozitsiyaga (short position) ega 
boʻldi deb hisoblanadi.
10
Oʻz navbatida “uzun kontrakt” va “qisqa 
kontrakt” kabi tushunchalar ham uchraydi. Bunda birinchi holat 
investor shartnomani sotib olganini bildirsa, ikkinchi holatda sotganini 
anglatadi.
11
 
5.2. Hosilaviy qimmatli qog
ʻ
ozlarning rivojlanish tarixi 
Hosilaviy qimmatli qogʻozlar haqidagi dastlabki fikrlar XVI–XVII 
asrlarga borib taqaladi. Hozirgi zamonaviy hosilaviy qimmatli 
qogʻozlarning oʻtmishdagi prototiplari boʻlib qishloq xoʻjaligi 
mahsulotlari boʻyicha tuzilgan shartnomalar hisoblanadi. Lekin ayrim 
maʼlumotlarga koʻra hosilaviy qimmatli qogʻozlarga oʻxshash 
instrumentlar ancha ilgari davrlarda ham mavjud boʻlgan. Shunday 
fikrlar ham borki, ularga koʻra hosilaviy qimmatli qogʻozlarning 
oʻtmishdagi prototiplari yozuv kashf etilishi bilan paydo boʻlgan 
(Mesopotamiya, eramizgacha IV ming yillik).
12
Quyida qisqacha keltirilgan tarixiy maʼlumotlar orqali hosilaviy 
qimmatli qogʻozlarning koʻp asrlik rivolanishi va qoʻllanilishi haqida 
tasavvurga ega boʻlishimiz mumkin.
Jumladan, XVII asr 30-yillarining oxirida Gollandiya va Ang-
liyada lola oʻsimligini oʻstirish va bunda ularning piyozlariga boʻlgan 
10
Frederic S.Mishkin, Stanley G.Eakins. Financial markets and Institutions USA: Prentice Hall, Pearson 
Education, 2012. p. 590 
11
Буренин А.Н. Рынок ценных бумаг и производных финансовых инструментов: Учебное пособие. М.: 1 
Федеративная Книготорговая Компания, 1998. C. 166, 167. 
12
WeberE.J. AShort History of Derivative Markets. University of Western Australia, 2008. р.6. 
URL:http://www.uwa.edu.au/__data/assets/pdf_file/0003/94260/08_10_Weber.pdf. 


74 
talab juda keskin ortib ketadi. Amsterdamda esa XVII asrning 
boshlaridayoq ular boʻyicha 

Download 4,09 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   225




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish