70
V BOB. HOSILAVIY QIMMATLI QOG
ʻ
OZLAR BOZORI
5.1. Hosilaviy qimmatli qog
ʻ
ozlarning iqtisodiy mohiyati
va ularning o
ʻ
ziga xos xususiyatlari
Bozor iqtisodiyoti turli bozorlarning jamlanmasi sifatida namoyon
boʻlar ekan, unda moliya bozorining oʻrnini alohida ajratib koʻr-
satishimiz mumkin, modomiki aynan ushbu bozor izchillik bilan bir
tomondan ikkinchi tomonga, iqtisodiyotning kam rentabelli tarmoq-
laridan daromadli sohalariga kapitallarning oqimiga imkon yaratib
beradi. Buning natijasida esa moliya bozori iqtisodiyotning tarmoqlari
oʻrtasida kapitalni qayta taqsimlanishini taʼminlab, tarmoqlarning
daromadlilik darajalarini oʻzaro tenglashtirishga yordam beradi.
Boʻsh turgan mablagʻlarni investitsiyalarga aylanishi moliya
bozorida amalga oshirilar ekan, soʻnggi paytda uning tarkibida
hosilaviy qimmatli qogʻozlar segmenti tobora asosiy oʻrinni egallab
borayotganligini koʻrishimiz mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi
“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisi”dagi Qonunida hosilaviy qim-
matli qogʻozlarga quyidagicha taʼrif berilgan: “