71
Muddatli bozor
esa shunday bozorki, unda muddatli shartnomalar
amalga oshiriladi. Odatda hosilaviy qimmatli qogʻozlarni
muddatli
shartnomalar deb ham yuritiladi, negaki ular oʻz mazmuniga koʻra
kontragentlar tomonidan kelishilgan shartlarda shartnoma predmetini
kelajakda yetkazib berishni nazarda tutadi. Shartnomaning asosini turli
xildagi aktivlar, yaʼni qimmatli qogʻozlar, fond indekslari, bank
depozitlari, valyuta, tovarlar tashkil etadi.
Muddatli shartnomaning
asosini tashkil etuvchi aktiv
bazis aktiv
deyiladi.
Boshqacha qilib aytganda, hosilaviy qimmatli qogʻozlar – bu ikki
yoki koʻp tomonlama shartnomalar boʻlib, ularning qiymati ushbu
bitimlarning asosini tashkil etuvchi maʼlum bir aktiv miqdorining
xosilasi asosida hisoblanadi. Bunday miqdor boʻlib, xomashyoning
yoki qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining narxi, aksiya va obligatsiyalar
kursi,
valyuta kursi, fond indekslari, foiz stavkalari va boshqalar
hisoblanishi mumkin.
Muddatli bozor ikkita muhim funksiyalarni, tadbirkorlarning kel-
gusidagi rejalarini boshqalarniki bilan muvofiqlashtirish
va iqtisodiy
holat noaniqligida narx boʻyicha risklarni sugʻurtalash funksiyalarini
bajaradi. Modomiki, hosilaviy qimmatli qogʻozlar moliyaviy risklarni
kamaytirishda samarali usul hisoblanadi, ular
moliyaviy institutlarga
shartnomalar orqali risklarni xedjirlash imkonini beradi, buning
natijasida esa risklar kamayadi yoki yoʻqoladi.
9
Muddatli bozorda savdo qilinadigan instrumentlarning shakliga
koʻra ularni quyidagi koʻrinishlarini ajratib koʻrsatishimiz mumkin:
-
forvard
shartnomalari;
-
fyuchers shartnomalari;
-
opsion shartnomalari;
-
svoplar.