Opsionlar mohiyati va qo




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/225
Sana23.06.2024
Hajmi4,09 Mb.
#265242
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   225
Bog'liq
Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

 
5.5. Opsionlar mohiyati va qo
ʻ
llanilishi 
 
Opsion
kelishilgan muddat davomida maʻlum bir mukofot sum-
masi hisobiga belgilangan miqdordagi tovarlar yoki moliyaviy 
instrumentlarni belgilangan (kelishilgan) narx boʻyicha sotib olish yoki 
sotish huquqini beruvchi bitimni oʻzida aks ettiradi. Bundan koʻrinib 
turibdiki, opsionlarning ikkita asosiy turi amal qiladi. Yaʻni xarid 
qilish boʻyicha opsion (
option call
) kelajakda bitimda belgilangan 
shartlarda bazis aktivini sotib olish huquqini bersa, sotish boʻyicha 
opsion (
option put
) oʻz egasiga kelajakda bazis aktivini bitim 
shartlariga muvofiq sotish huquqini beradi. Bitimda qayd etilgan 
bazaviy aktivlar bahosi opsionning ijro etilish (bajarilish) bahosi 
(
strike price
) deb ataladi. Bitimda kelishilgan sana bitim muddatining 
tugash sanasi (
expiration date
) yoki toʻlov muddati (
maturity
) deb 
ataladi. Opsion bitimini amalga oshirish stiliga koʻra Amerika opsioni 
va Yevropa opsioniga boʻlinadi. Amerika opsion (American 
option)lari ular amal qilish muddatining tugaguniga qadar istalgan 
paytda bajarilishi mumkin. Yevropa opsion (European option)lari esa 
ularning tugash muddatiga kelibgina amalga oshirilishi mumkin. 
Opsionlar birjada va birjadan tashqarida kotirovkalanadi. Fond 
birjalarida aksariyat holatlarda kotirovkalanadigan opsionlar boʻyicha 
bitta opsion bitimining predmeti sifatida 100 ta aksiyani sotib olish 
yoki sotish olinadi. 


86 
Alohida qayd etib oʻtish kerakki, opsionlar uning egasiga maʻlum 
bir faoliyatni amalga oshirish huquqini beradi va hech qanday 
majburiyatni yuklamaydi. Yaʻni opsionlar bazaviy aktivlarni sotish 
yoki sotib olish majburiyatini yuklovchi forvard va fyuchers shartno-
malaridan oʻzaro farqlanadi. Shuningdek, eʻtibor qaratiladigan yana bir 
jihat borki, forvard va fyuchers shartnomalarini tuzish hech qanday 
xarajat talab qilmaydi, opsionlar boʻyicha esa toʻlov amalga oshirilishi 
shart. Bu toʻlov opsion boʻyicha mukofot deb ataladi. 
Dunyodagi eng katta opsion birjasi sifatida Chikago opsion birjasi 
(CBOE – Chicago Board of Options Exchange, www.cboe.com) 
faoliyat yuritadi. 1973-yilda mazkur opsion birjasida birinchi marta 
opsion bitimi tuzilganligini ham taʻkidlash lozim. 
Quyidagi jadvalda 2013-yil 29-mayda savdolarning yopilish 
vaqtida qayd etilgan Intel kompaniyasi aksiyalariga amerika opsionlari 
bahosi keltirilgan (5.1-jadval). Opsionlarning amal qilish muddatlari 
iyunda, iyulda va oktyabrda tugaydi. Iyundagi opsionlar 2013-yil 21-
iyungacha, iyuldagi 2013-yil 19-iyulgacha, oktyabrdagi esa 2013-yil 
18-oktyabrgacha amal qiladi. 2013-yil 29-mayda savdolarning yopilish 
vaqtida Intel kompaniyasi aksiyalari bahosi 20,83 dollarga teng. 
5.1-jadval 

Download 4,09 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   225




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish