Tovarlarning forvard narxi
. Agar forvard shartnoma bazis aktivi
tovar hisoblansa, u holda uning egasi forvard shartnoma xaridoridan
farqli ravishda tovarlarni saqlash, ularni transportda yetkazish va
sugʻurtalash bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlarni amalga oshiradi.
Oʻz navbatida tovarning forvard narxi koʻrsatilgan xarajatlar summa-
siga mos ravishda oshirilishi lozim. Agar tovarni saqlash xarajatlari,
transport xarajatlari va sugʻurtalash bilan bogʻliq xarajatlardan bir
dona mahsulotga qancha toʻgʻri kelishi aniq belgilangan boʻlsa, u
holda bunday tovarning forvard narxi quyidagi formula bilan
aniqlanishi mumkin:
81
,
bu yerda,
F
– tovarning forvard narxi;
S
–tovarning spot narxi;
Z
–
tovarni saqlash, transport xarajatlari va sugʻurtalash bilan bogʻliq
xarajatlar (bir dona mahsulotga);
t
– forvard shartnoma muddati
(kunlarda).
Agar saqlash xarajatlari, transport xarajatlari va sugʻurtalash bilan
bogʻliq xarajatlar tovarning qiymatiga bogʻliq holda oʻzgaruvchan
boʻlsa (bunday holat kam uchraydi), u holda bunday tovarning forvard
narxi quyidagicha hisoblanadi:
,
bu yerda,
z
– tovarni saqlash, transport xarajatlari va sugʻurtalash bilan
bogʻliq xarajatlar (bir yil hisobida tovar qiymatidan foizda)
Misol. 1 unsiya oltinning spot narxi 1875 dollar. Agar risksiz foiz
stavkasi yillik 7%ni tashkil etsa, tovarni saqlash xarajatlari, transport
xarajatlari va sugʻurtalash bilan bogʻliq xarajatlar boʻyicha quyidagi
ikki holatni inobatga olgan holda, oltinning uch oylik forvard narxi
qanchaga teng boʻladi?
1) Har bir unsiyaga 15 dollardan xarajat toʻgʻri keladi;
2) Tovar qiymatidan yillik 4% miqdorida toʻgʻri keladi.
Birinchi holatda forvard narxga xarajatlarni qoʻshish lozim.
Ikkinchi holatda esa risksiz foiz stavkaga oltinning qiymatidan
kelib chiqib aniqlanadigan xarajatlar miqdorini qoʻshish orqali
tovarning forvard narxini aniqlash lozim.
Umuman olganda bozor ishtirokchilari tomonidan forvard
narxlarni aniqlash orqali bozordagi mavjud forvard shartnomalarining
haqiqiy qiymatini baholash hamda arbitraj operatsiyalarini amalga
oshirish imkoniyatlarini oʻrganish mumkin. Xuddi mana shu tartibda
aktivlarning fyuchers narxlari ham aniqlanadi.
|