• Aktivlar svopi . Aktivlar svopi doirasida bir aktiv boʻyicha qatʼiy foizlar, boshqa aktiv boʻyicha oʻzgaruvchan foizlarga almashtiriladi. Tovar svopi.
  • Oʻzbekiston respublikasi




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet49/225
    Sana23.06.2024
    Hajmi4,09 Mb.
    #265242
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   225
    Bog'liq
    Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

    Valyuta svopi. 
    Bu shartnoma turiga koʻra shartnoma muddati 
    tugagunga qadar kelishilgan muddatlarda bir tomon toʻlovlarni bir 
    valyutada, ikkinchi tomon toʻlovlarni boshqa valyutada amalga 
    oshiradi. Tomonlar qatʼiy belgilangan va oʻzgaruvchan stavkalarda 
    toʻlovlarni har ikkala valyutada ham amalga oshirishlari mumkin.
    Valyuta svopini amalga oshirishning bir necha sabablari boʻlishi 
    mumkin, masalan, valyuta konvertatsiyasidagi cheklovlar, valyuta 
    risklarini bartaraf etish istagi yoki boshqa davlat valyutasida 
    obligatsiyalar chiqarishga intiluvchi emitent oʻzga davlatda u qadar 
    nomi chiqmagan va buning natijasida bozorga toʻgʻridan toʻgʻri kira 
    olmasa va boshqalar. 
    Aktivlar svopi
    . Aktivlar svopi doirasida bir aktiv boʻyicha qatʼiy 
    foizlar, boshqa aktiv boʻyicha oʻzgaruvchan foizlarga almashtiriladi.
    Tovar svopi. 
    Bu shartnomalarga koʻra aniq bir tovarga nisbatan 
    qoʻllaniluvchi qatʼiy toʻlovlar oʻzgaruvchan toʻlovlarga almashtiriladi. 
    Ularning tuzilishi foizlar svopiga oʻxshaydi. Hozirgi sharoitlarda tovar 
    svoplarini sezilarli oʻsishiga tovar bozorlaridagi nobarqaror narxlar 
    sabab boʻlmoqda. Albatta bu holat birjadagi tovarlar boʻyicha muddatli 
    savdolarni ham rivojlanishiga sabab boʻladi. Lekin birja savdolaridan 
    farqli ravishda aynan tovar svopi orqali shartnomalar uzoq 
    muddatlarga tuzilishi, shu bilan birgalikda kelajakdagi bir qator 
    muddatlar uchun maʼlum bir narxlarni belgilashi bilan ajratib turadi.
    Yuqoridagilardan tashqari svoplarning bir necha xil koʻrinishlari 
    mavjud: kep (cap), flo (floor), kollar (collar), jamgʻarma svopi (accrual 
    swaps), svopsion (swap options, swaptions), amortizatsion svop 
    (amortizing swaps), oʻsuvchi svop (accreting swaps), diskontlangan 
    svop (discount swap) va boshqalar.
    Svop shartnomasi doirasida bir tomon oʻzining majburiyatlaridan 
    voz kechmoqchi boʻlsa, u oʻzining majburiyatlarini oʻz zimmasiga 
    olishi mumkin boʻlgan kompaniyani izlab topishi lozim boʻladi. Svop 
    tuzilgandan soʻng boshlangʻich bosqichda bunday holatni yuz berishi 
    kontragentlarga hech qanday taʼsir etmasligi mumkin, lekin 
    majburiyatlar amalda boʻlgan shartnoma doirasida boshqa shaxsga 
    oʻtkazilayotgan boʻlsa, u holda bunday svop maʼlum bir qiymatga ega 
    boʻlgan boʻlib, uni baholash juda zarur hisoblanadi. Bundan tashqari 


    96 
    hisob kitob qilish maqsadida har bir aniq vaqtdagi svopning qiymatini 
    bilish zaruriyati paydo boʻlishi ham mumkin.
    Svopni baholash uchun uni ikki obligatsiyalarning kombinatsiyasi 
    sifatida tasavvur qilishimiz mumkin. Investor ularning biriga nisbatan 
    uzun pozitsiyasini, ikkinchisiga nisbatan esa qisqa pozitsiyani tanlagan 
    boʻlsa, bu holatda svop qiymati mana shu ikki obligatsiya narxlarining 
    farqiga teng boʻladi. Aytaylik, svop shartnomasi doirasida kompaniya 
    oʻzgaruvchan foizlarda toʻlab, qatʼiy foizlarda olsa, bunday holatda 
    svop narxi quyidagiga teng boʻladi: 

    bu yerda, R
    s
    – svopning narxi; R
    1
    – qatʼiy kuponli obligatsiya narxi; R
    2
    – 
    oʻzgaruvchan kuponli obligatsiya narxi. 
    Svop boʻyicha majburiyatlarni toʻxtatish uchun kompaniya qatʼiy 
    foizli obligatsiyani sotib, oʻzgaruvchan foizli obligatsiyani sotib olishi 
    kerak. Agar kompaniya svop doirasida qatʼiy foizlarda toʻlab, 
    oʻzgaruvchan foizlarda olsa u holda svopning narxi quyidagiga teng:

    bu yerda: 

    – valyutaning spot kursi, toʻgʻridan – toʻgʻri kotirovka 
    asosida taqdim etilgan; P

    – obligatsiyaning xorijiy valyutadagi narxi; 
    P

    – obligatsiyaning milliy valyutadagi narxi. 
    Obligatsiya boʻyicha toʻlovlarni diskontlash uchun tegishli 
    davrlardagi stavkalar va valyutalar olinadi.
    Moliya institutlari turli xildagi moliyaviy yoʻqotishlarni oldini 
    olish maqsadida, svoplar boʻyicha defolt holatlari haqida yetarlicha 
    xabardor boʻlishlari lozim. Bunda xuddi forvard shartnomasi kabi svop 
    shartnomasida qatnashuvchi har ikki tomonlar shartnomani amalga 
    oshirilishini taʼminlashlari uchun bir birlari haqida koʻproq 
    maʼlumotlarga ega boʻlishlari lozim boʻladi.
    21
    Shuningdek svop ishtirokchisi shartnomani baholashi va narx 
    boʻyicha taʼsirchanligini aniqlab olishi zarur. Undan soʻng maksimal 
    darajada mos keladigan xedjirlash instrumentini aniqlash lozim. Bundagi 
    asosiy vazifa mos keluvchi xedjni tanlab olib, u orqali svop pozitsiyalari 
    boʻyicha har qanday yoʻqotishlar, xedjirlash uchun qoʻllanilgan 
    shartnomadan olingan daromadlar bilan qoplanishidan iborat.
    22
    21
    Frederic S.Mishkin, Stanley G.Eakins. Financial markets and Institutions USA: Prentice Hall, Pearson 
    Education, 2012. P. 616
    22
    Де Ковни Ш., Такки К. Стратегии хеджирования. Пер. с англ. М.: ИНФРА–М, 1996. 101,102c. 


    97 
    Xulosa qilib aytganda, hosilaviy qimmatli qogʻozlar kelajakdagi 
    narxlar oʻzgarishidan hosil boʻluvchi riskni cheklashda sugʻurta 
    sifatida qoʻllanilib, kompaniyalar ulardan oʻz prognozlarini 
    barqarorlashtirish va pul mablagʻlarinining oqimini tartiblashtirish 
    maqsadida foydalanishadi. Shunday ekan, forvard, fyuchers, opsion va 
    svop bitimlarini amalga oshirilishi ularning egalariga qoʻshimcha 
    daromad topish imkoniyatini yaratadi. Lekin bunda ularning qiymatini 
    hisoblash masalasiga alohida etibor qartilishi lozim boʻladi.


    98 

    Download 4,09 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   225




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish