• Foizlar svopi.
  •   5.6. Svoplar va ularning qiymatini baholash




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/225
    Sana23.06.2024
    Hajmi4,09 Mb.
    #265242
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   225
    Bog'liq
    Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

     


    94 
    5.6. Svoplar va ularning qiymatini baholash 
    Moliyaviy institutlar, forvard, fyuchers va opsionlar bilan birga-
    likda yana bir muhim moliyaviy instrument hisoblanuvchi, svoplardan 
    keng foydalanadilar. 
    Svop bu shunday moliyaviy shartnoma boʻlib, u 
    bir tomonga tegishli boʻlgan kelgusidagi toʻlovlarni ikkinchi tomon-
    ning kelgusidagi toʻlovlariga almashtirish vazifasini yuklaydi.
    19
     
    Oʻz 
    tuzilishiga koʻra svoplar yagona tamoyilga tayanadi: ikki tomon bir 
    yoki bir necha toʻlovlarni almashishga kelishib olishadi. Bunda 
    koʻpchilik holatlarda almashinuv qatʼiy belgilangan va oʻzgaruvchan 
    foiz stavkalari oʻrtasida amalga oshiriladi.
    Svoplarni fyuchers shartnomalaridan farqli jihatlari quyidagilardan 
    iborat: birjadan tashqari bozorda amalga oshiriladi, shartlar kontra-
    gentlar tomonidan belgilanadi, yirik kompaniyalar va banklar bilan 
    tuziladi va boshqalar.
    Svoplarni qoʻllashdan maqsad foiz stavkalarini, valyuta kurslarini, 
    tovarlarning narxlarini, aksiyalarga investitsiyalarni va boshqa instru-
    mentlar bilan bogʻliq risklarni xedjirlash va foyda olishdan iborat.
    Svoplarning bir necha xil koʻrinishlari mavjud boʻlib, ularning 
    ayrimlarini quyida keltirib oʻtamiz. 
    Foizlar svopi. 
    Svoplarning bu koʻrinishi qatʼiy belgilangan foiz 
    stavkasiga ega qarz majburiyatini, oʻzgaruvchan foiz stavkaga ega 
    majburiyatlar bilan almashtirishdan iborat. Bu svop shartnomasida 
    ishtirok etuvchilar faqat foiz stavkalarni almashishadi (nominalni 
    emas). Shartnoma shartlariga koʻra tomonlar oʻrtasida toʻlovlarni 
    almashtirish bir necha yillar davomida amalga oshiriladi, odatda 
    svoplarning amal qilish muddati ikki yildan oʻn besh yilgacha 
    choʻziladi. Svoplarda koʻpincha oʻzgaruvchan foiz stavkasi sifatida 
    LIBOR (London Interbank Offer Rate)
    20
    stavkasidan foydalaniladi.
     
    Svoplar boʻyicha qatʼiy belgilangan toʻlovlarni amalga oshiruvchi 
    shaxsni svop xaridori deyiladi. Oʻzgaruvchan toʻlovlarni amalga 
    oshiruvchi shaxsni esa svop sotuvchisi deb yuritiladi. 
    19
    Frederic S.Mishkin, Stanley G.Eakins. Financial markets and Institutions – USA: Prentice Hall, Pearson 
    Education, 2012. P. 613 
    20
    LIBOR – bu resurslarni jalb qilish bo‘yicha London banklararo stavkasi. U turli valyutalarga nisbatan 
    hisoblanadi. Halqaro moliya bozorlaridagi qarz munosabatlarida inobatga olinuvchi o‘zgaruvchi foiz stavkasi.


    95 

    Download 4,09 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   225




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



      5.6. Svoplar va ularning qiymatini baholash

    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish