108
ishtirokida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan rasmiylashtiriladi
va bankka (ipotekaga oluvchiga) beriladi.
Ipoteka krediti uchun berilgan xalqaro va xorijiy moliya institutlari
mablagʻlari hisobiga tijorat banki tomonidan
beriladigan ipoteka
krediti miqdori ushbu mablagʻlarni berish toʻgʻrisida tijorat banki va
koʻrsatib oʻtilgan moliya institutlari oʻrtasida tuzilgan tegishli
shartnomalar shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ariza beruvchi tijorat banklarining oʻz mablagʻlari va jalb etilgan
mablagʻlari hisobiga ipoteka krediti olish uchun:
- quriladigan, sotib olinadigan uy-joy yoki koʻp
kvartirali uydagi
kvartira qiymatining;
- uy-joyni rekonstruksiya qilish qiymatining kamida 25 foizi
miqdoridagi oʻz mablagʻiga ega boʻlishi kerak.
Ushbu mablagʻlar ariza beruvchining nomiga bankda ochilgan
jamgʻarma omonat hisob raqamida milliy
yoki chet el valyutasida
mavjud boʻlishi, shuningdek qurilayotgan uy-joy smeta qiymatining
yoki rekonstruksiya qilish qiymatining 25 foizidan kam boʻlmagan
miqdorda ariza beruvchi tomonidan oʻz mablagʻlari hisobiga sotib
olingan qurilish materiallari tarzida boʻlishi mumkin.
2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlan-
tirish boʻyicha Harakatlar
strategiyasida aholi, eng avvalo, yosh
oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqarolar va uy-joy
sharoitini yaxshilashga muhtoj boshqa fuqarolarning yashash sharoitini
imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shahar va qishloq
joylarda arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash masalasi mam-
lakatimizda ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlaridan
biri sifatida belgilangan. Shundan kelib chiqqan holda respublikamizda
aholini
munosib uy-joy bilan taʼminlashga
alohida eʼtibor
qaratilayotgan bir vaqtda xorijiy mamlakatlarda keng qoʻllanilayotgan
amaliyotlarni mamlakatimizda ham qoʻllash
moliya bozori va
koʻchmas mulk bozori rivojlanishida ahamiyat kasb etadi. Bunda
yuqorida taʼkidlanganidek aholi boʻsh mablagʻlarini jalb qilish hisobi-
ga qimmatli qogʻozlar bozori yangi segmenti yuzaga kelishiga
erishiladi.