104
egaligi unga vekselning
ayrim hossalarini
beradigan
emissiyalanmaydigan
qimmatli
qogʻozdir
2.
Uy-joysertifikati
Uy-joy sertifikati uning birinchi egasi tomonidan
muayyan uy-joy maydoni va joyda qurilayotgan
yoki qayta qurilayotgan
uyda qurish uchun
mablagʻ
ajratilganligini
tasdiqlovchi
emissiyalanmaydigan qimmatli qogʻozdir
3.
Ipoteka obligatsiyalari
Majburiyatlarning bajarilishi ipoteka garov
taʼminoti bilan taʼminlanadigan emissiyaviy
qimmatli qogʻozdir
4.
Ishtirok etish ipoteka
sertifikati
Ipoteka taʼminoti umumiy mulkida oʻz egasining
ulush huquqini
tasdiqlovchi egasi yozilgan
emissiyalanmaydigan qimmatli qogʻozdir
Ipoteka qimmatli qogʻozlari ichida eng keng qoʻllaniladigan
qimmatli qogʻoz turi bu ipoteka obligatsiyalaridir. Ipoteka obligatsiya-
lari muomalasi ipoteka kreditlari sekyuritizatsiyasi yuzaga kelishiga
xizmat qiladi. Bunday amaliyot bozor
iqtisodiyoti sharoitida
quyidagilarga imkon beradi:
-
aholi va tashkilotlarning boʻsh pul mablagʻlarini moliya
bozoriga jalb qilish va daromadlilikni taʼminlash;
-
uy-joy bozorini rivojlantirish
asosida aholining uy-joyga
talabini samarali qanoatlantirish;
-
fond bozorida savdo qilinadigan
moliyaviy instrumentlar
turlarini koʻpaytirish va hokazolar.
Ipoteka obligatsiyalari muomalasi boʻyicha shartlar ipoteka
kreditlari shartlari bilan oʻzaro muvofiqlikda
belgilanishini ham shu
oʻrinda qayd etib oʻtish lozim.