• Iyul Oktyabr
  • -yil 29-maydagi Intel kompaniyasi aksiyalariga opsionlar




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet44/225
    Sana23.06.2024
    Hajmi4,09 Mb.
    #265242
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   225
    Bog'liq
    Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

    2013-yil 29-maydagi Intel kompaniyasi aksiyalariga opsionlar 
    bahosi, aksiya bahosi 20,83 dollar 
    Ijro etilish bahosi, 
    dollarda
     
    Opsion koll, 
    dollarda
     
    Opsion put, 
    dollarda
     
    Iyun 
    Iyul 
    Oktyabr 
    Iyun 
    Iyul 
    Oktyabr 
    20 
    1,25 
    1,6 
    2,4 
    0,45 
    0,85 
    1,5 
    22,5 
    0,2 
    0,45 
    1,15 
    1,85 
    2,20 
    2,85 
    Faraz qilaylik, investor brokerga Intel kompaniyasi aksiyalariga 
    bir dona oktyabrgacha opsion kollni 22,5 dollar ijro etilish bahosi bilan 
    sotib olish toʻgʻrisida topshiriq berdi. Broker bu topshiriqni Chikago 
    opsion birjasida bitim tuzuvchi treyderga yubordi. Soʻngra bu treyder 
    Intel kompaniyasi aksiyalariga oktyabrgacha opsion kollni 22,5 dollar 
    ijro etilish bahosi bilan sotishni xohlovchi boshqa treyderni topadi. 
    Taxmin qilaylik, opsion mukofoti (bahosi) yuqoridagi jadvalda 
    koʻrsatilgani kabi 1,15 dollar. Bu summa bir dona aksiyani sotib olish 


    87 
    uchun opsion bahosini oʻzida aks ettiradi. AQSHda bir dona opsion 
    shartnomasi 100 ta aksiyani sotish yoki sotib olish boʻyicha tuziladi. 
    Shunday ekan, investor broker orqali 115 dollarni birja hisobraqamiga 
    oʻtkazish kerak. Shundan soʻng birja bu summani kontragent 
    hisobraqamiga oʻtkazadi. 
    Yuqoridagi misolga koʻra, investor 115 dollar hisobiga Intel 
    kompaniyasining 100 dona aksiyasini 22,5 dollardan sotib olish 
    huquqiga ega boʻladi. Kontragent operatsiya boʻyicha 115 dollarni 
    oladi va investor opsion ijro etilishiga qaror qilsa Intel kompaniyasi 
    100 dona aksiyasini 2013-yil 18-oktyabrgacha 22,5 dollardan sotishga 
    rozilik beradi. Agar Intel kompaniyasi aksiyalari bahosi 2013-yil 18-
    oktyabrgacha 22,5 dollardan oshmasa opsion bajarilmaydi, investor 
    esa 115 dollarni yoʻqotadi. Lekin Intel kompaniyasi aksiyalar bahosi 
    30 dollargacha koʻtarilsa investor 100 ta aksiyani 22,5 dollardan sotib 
    olishi mumkin boʻladi. Bunday holatda investor foydasi 750 dollar 
    ((30 – 22,5)x100)ni, opsion bahosini hisobga olgan holda 635 dollar 
    (750 – 115)ni tashkil etadi. 
    Ikkinchi muqobil bitimni koʻrib chiqamiz. Masalan, investor bitta 
    iyuldagi opsion putni 20 dollar ijro etilish bahosi bilan sotib olmoqchi. 
    Yuqoridagi jadvaldan koʻrinib turibdiki, bu opsion har bir aksiya 
    boʻyicha 0,85 dollar va bitta opsion bitimi boʻyicha 85 dollar 
    (100x0,85)ni tashkil etadi. Bunda investor 85 dollar evaziga 2013-yil 19-
    iyulgacha Intel kompaniyasi har bir aksiyasini 20 dollardan sotish huqu-
    qini oladi. Agar Intel kompaniyasi aksiyalari 20 dollardan oshib ketsa 
    opsion bajarilmaydi va investor 85 dollarni yoʻqotadi. Lekin aksiyalar 
    bahosi 15 dollarga teng boʻlsa, investor tomonidan opsion ijro etiladi va 
    100 ta aksiyani 20 dollardan sotish natijasida 500 dollar miqdorida foyda 
    oladi. Bunda opsion bahosini chegirgan holda operatsiya boʻyicha sof 
    foyda 415 dollarni tashkil etishini taʻkidlash mumkin.
    Yana bir holatni koʻrib chiqamiz. Investor eBay kompaniyasi 100 
    ta aksiyasiga 100 dollar ijro etilish bahosi bilan yevropa opsion koll 
    sotib oldi. Faraz qilaylik, aksiyalarning joriy bahosi 98 dollarga teng
    opsion boʻyicha toʻlov muddati toʻrt oyga teng, opsionlar bahosi 
    (mukofoti) esa har bir aksiyani xarid qilish uchun 5 dollar. Dastlabki 
    investitsiya summasi 500 dollar. Opsionning yevropa opsioni ekanligi 
    sababli investor uni faqat toʻlov muddatining tugash vaqtida bajarishi 
    mumkin. Agar ijro etilish vaqtida aksiya bahosi 100 dollardan past 


    88 
    boʻlsa, investor opsion shartnomasini bajarish uchun qabul qilmaydi. 
    Yaʻni bozorda aksiya bahosi 100 dollardan past boʻlgan holatda ularni 
    100 dollardan sotib olishdan hech qanday maʻno yoʻq. Bunday holatda 
    investor oʻz-oʻzidan dastlabki investitsiya summasini, yaʻni 500 
    dollarni yoʻqotadi. Lekin opsion muddatining tugash sanasida 
    aksiyalar bahosi 100 dollardan yuqori boʻlsa opsion bajarishga qabul 
    qilinadi. Faraz qilaylik aksiya bahosi muddat oxirida 115 dollarga teng 
    boʻlsa, opsion bajariladi va investor 100 ta aksiyani 100 dollardan 
    sotib oladi. Bu aksiyalarni darhol sotish natijasida investor har bir 
    aksiya boʻyicha 15 dollardan foyda oladi. Umumiy operatsiya boʻyicha 
    investor foydasi opsion boʻyicha dastlabki qoʻyilmani hisobga olgan 
    holda 1000 dollarni tashkil etadi. 
    Quyidagi rasmda opsion bajarilish vaqtida bir dona aksiya bahosiga 
    investor foyda yoki zararining bogʻliqligi koʻrsatilgan (5.1-rasm).
    5.1-rasm.

    Download 4,09 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   225




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -yil 29-maydagi Intel kompaniyasi aksiyalariga opsionlar

    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish