• Forvard shartnoma davrida daromad toʻlanmaydigan aktiv- larning forvard narxi.
  •  Forvard shartnomalarining mohiyati va ularda




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/225
    Sana23.06.2024
    Hajmi4,09 Mb.
    #265242
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   225
    Bog'liq
    Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

    5.3. Forvard shartnomalarining mohiyati va ularda 
    aktivlarning forvard narxini aniqlash usullari
    Forvard shartnomalari bu birjadan tashqarida tuziluvchi, kelajakda 
    bazis aktivni yetkazib berish haqidagi tomonlarning kelishuvidir. 
    Shartnoma shartlari bitimni tuzish paytida kelishib olinadi. Shartnoma 
    ana shu kelishib olingan shartlar boʻyicha belgilangan muddatlarda 
    amalga oshiriladi. 
    Qoidaga koʻra forvard shartnomasi kerakli aktivlarni haqiqatda 
    sotish yoki sotib olishni amalga oshirish va xaridor hamda sotuvchi-
    larni narxlarni salbiy oʻzgarishlaridan sugʻurtalash maqsadida tuziladi. 
    Forvard shartnomalarini ijro etish majburiy hisoblanishiga qara-
    may kontragentlar uni amalga oshmay qolishidan sugʻurtalanmagan, 
    bunday holatlarga tomonlardan birining bankrotligi yoki insofsizligi 
    ham sabab boʻlishi mumkin. Shuning uchun shartnoma imzolangunga 
    qadar hamkorlar bir birlarining toʻlovga layoqatliklari va obroʻ 
    eʼtiborlari haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻlishlari lozim.
    Shartnomani tuzishda tomonlar bitim amalga oshiriladigan narxni 
    kelishib olishlari lozim boʻladi. Ushbu narx 
    yetkazib berish narxi
    deyiladi va forvard shartnomani amalga oshirish davrida oʻzgarishsiz 
    qoladi. Forvard shartnoma bilan aloqador 
    forvard narx
    tushunchasi 
    ham bordir. 
    Maʼlum bir davr uchun bazis aktivning forvard narxi deb 
    – forvard shartnomani tuzish davrida unda belgilab qoʻyilgan narx 
    tushiniladi. 
    Forvard narxni aniqlashning bir necha xil usullari mavjud. 
    Ularning ayrimlarini quyida koʻrib chiqamiz. 
    Forvard shartnoma davrida daromad toʻlanmaydigan aktiv-
    larning forvard narxi.
    Keling, dastavval forvard shartnoma davrida 
    dividend toʻlanmaydigan aksiya misolida ushbu masalani koʻrib 
    chiqamiz. Faraz qilaylik, investor yarim yildan soʻng “A” aksiyadorlik 
    jamiyatining aksiyalariga ega boʻlmoqchi. U aksiyalarni ikki yoʻl bilan 
    olishi mumkin: bugun ularni spot bozordan sotib olish orqali va 


    78 
    forvard shartnoma orqali yarim yildan so‘ng unga ega boʻlish orqali. 
    Agar forvard shartnomani imzolashda aksiyaning spot narxi 10000 
    soʻmni, risksiz stavka 20%ni, shartnoma davri yarim yilni tashkil etgan 
    boʻlsa, forvard narxni aniqlang.
    Agar investor forvard shartnoma boʻyicha aksiyalarni sotib olmoq-
    chi boʻlsa, u holda u aksiyaning spot narxiga teng boʻlgan summani 
    foizsiz stavka bilan ayni paytda joylashtirishi mumkin. Yarim yildan 
    soʻng u quyidagi summani oladi: 

    Shunday qilib agar har bir aksiya uchun forvard narx 11000 
    soʻmga teng boʻlsa, u holda birinchi va ikkinchi holatlarda ham 
    investor xarajatlari teng boʻladi. Bizning misolimiz uchun forvard narx 
    aynan 11000 soʻmga teng boʻlishi lozim.
    Forvard shartnoma boʻyicha bazis aktivning optimal narxini 
    quyidagi forvard narxini aniqlash formulasidan foydalanib topishimiz 
    mumkin: 

    bu yerda, 
    F
    –forvard narx; 

    – spot narx; 

    – risksiz foiz stavka; 


    forvard shartnomasini yakunlangunigacha boʻlgan davr (kunlarda).
    Ushbu formulani nafaqat aksiyalar uchun, balki kuponsiz 
    obligatsiyalar uchun ham qoʻllash mumkin. 
    Misol. Faraz qilaylik, joriy davrda aksiyaning spot narxi 20000 
    soʻm, risksiz foiz stavka 12%ga teng. Agar shartnoma muddati 3 oyni 
    tashkil etsa, forvard narxni anqlang. Demak 3 oylik shartnoma 
    boʻyicha forvard narx quyidagiga teng: 
    so‘m. 
    Agar forvard shartnoma muddati bir yildan koʻp boʻlsa, u holda 
    forvard narxni aniqlashda quyidagi formuladan foydalaniladi: 

    bu yerda, 
    T
    – forvard shartnoma davri (yillarda).

    Download 4,09 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   225




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Forvard shartnomalarining mohiyati va ularda

    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish