• Motor va yurituv tizimi
  • Mazot va yurituv yogi
  • Suvning togri darajada bolishi
  • Keskin tabiiy-iqlim sharoyitlarda avtomobillarn ekspluatatsiya qilish xususiyatlari




    Download 63.92 Kb.
    Sana14.03.2024
    Hajmi63.92 Kb.
    #171670
    Bog'liq
    Kamooliddin LOGISTIKA
    Hybrid-renewable energy systems in microgrids integration, developments and control ( PDFDrive ), 1427572, gipermatnlar yaratish va ishlash, 2 5454015403950874988-3[1], Биринчи бет, Astanov Axliddin, Asosiy makroiqtisodiy ko, 11-маъруза, Additiv va multiplikativ ekonometrik modellarni tuzish, ,,,, Mavzu Erkin savdo va proteksionizm siyosati Reja, Tursunov Murodjon ingliz tilidan mustaqil ishi, Haqidagi fan, 0.В.И. Вешкурцев, Д.Г. Мирошин Практикум по дисциплине Оборудование отрасли, yakka tartibli ishchi reja

    Andijon Mashinasozlik Instituti
    Transport Va Logistika Fakulteti
    Avtomobil Sevisi Yo’nalishi
    K-35-20 – Guruh 4-kurs Talabasi
    Ergashev Kamoliddin
    KESKIN TABIIY-IQLIM SHAROYITLARDA AVTOMOBILLARN EKSPLUATATSIYA QILISH XUSUSIYATLARI
    Avtomobillarni iqlimi issiq sharoitlarda ekspluatatsiya qilishning o'ziga hos xususiyatlari bo'lib, shulardan asosiylari quyidagilardan iborat: - havoning yuqori harorati va nisbiy namlikning pastligi, - havoning tarkibidagi changning ko'pligi, - sovutish tizimiga solinadigan suvning qattiqligi va iflosligi.
    Issiq iqlim sharoitiga moslab ishlab chiqilgan avtomobillar uz-luksiz yopiq sovutish tizimiga ega bo’lishi kerak. Bu tizim o’z navbatida sovutish suyuqligini parlanib ketishidan saqlaydi, hamda moy sovitish sovitgichi bo’lishi kerak. qumlik va saxroda ishlaydigan avtomobillarning havo tozalagichi maxsus tayyorlangan bo’lishi kerak. Bu avtomobillarda qo’llaniladigan shinalar, rezinatexnik materiallar, polimerlardan tayorlangan detallar issiq iqlim sharoitida buzilmasdan ishlashini ta’minnlash kerak.
    Avtomobillarni ekspluatatsiyasini og'irlashtiruvchi omillarning asosiylaridan biri shuki, yoz kunlari tuproqni va yo'l qoplamlarining haroratini 70°S dan oshib ketishidir. Ba'zi joylarda, yerdagi beton va asfalt yo'llar qoplamasining harorati 85°S va xatto undan ham oshib ketadi. Toshkent shaxri atrofidagi yo'l qoplamining harorati esa 75°S dan 80°S gacha yetadi. Havoning namligi, mamlakatimizning ba'zi bir joylarida 28-30% ni tashkil qilib, shunday kunlarning soni bir oyda 18-28 kunni tashkil etadi. Havoning harorati yuqori bo'lgan sharoitlarda eng katta e'tibor korbyuratorli dvigetellarda, ta'minlash tizimining ishiga qaratilishi zarur. Chunki, hozirgi paytda avtomobillarni ta'minlash tizimi o'rtacha iqlim sharoitlariga moslab loyihalanadi.
    Natijasida, avtomobillar issiq sharoitlarda ishlaganda, dvigatellarni o'z-o'zidan to'xtab yoki ishdan chiqish hollari tez-tez uchrab turadi. Buning asosiy sababi ta'minlash tizimida bug' tusini hosil bo'lib, korbyuratorga yonilg'ini kerakli miqdordagi yetib kelmasligidir. Bu hol asosan yozning eng issiq kunlarida, shaxarlardagi yo'l harakati tig'iz paytlarida yuzaga keladi. Bug' tusi suyuqlik bug'langandagi, uning katta hajmiy kengayishi natijasida paydo bo'ladi. U, avtomobilda yonilg'i bakdan karburatorgacha bo'lgan oraliqda, yonilg'ining qizishi natijasida, benzin tarkibidagi tez qaynaydigan fraksiyalari bug'lanishidan sodir bo'ladi. Bizga ma'lumki benzin bug'langanda, uning hajmi 150-200 marta oshib ketadi, natijada yonilg'i nasosining quvvati katta hajmdagi bug'ni haydashga yetmay qoladi. Natijada silindrga yetarli darajada yonilg'i yetkazib berilmaydi, bu o'z navbatida yonuvchi aralashma tarkibidagi yonilg'ini kamayib ketishiga va dvigatelni to'xtab qolishiga sabab bo'ladi.
    Avtomobillarni yozning issiq kunlarida ekspluatatsiya qilishda, havoning tarkibida changni ko'pligi yana bir muammoni tug'diradi. Yurtimizda yildan-yilga yo'llar ko'payib bormoqda, lekin shu bilan birga ko'p viloyatlarda yo'llarning yarmidan ko'pi qattiq qoplamsizdir. Bu esa havo tarkibidagi chang zarrachalarining ko'payishiga sabab bo'ladi. Yozning issiq kunlarida havoning tarkibidagi changning miqdori,III kategoriyali yo'llarda 1.5, tuproqli yo'llarda 3.6 g/mm3 ga yetadi. Havo tarkibida chang zarrachalarining qiymati, qattiq shamol paytlarida yanada oshadi. Buning natijasida chang va qum, ishqalanib ishlaydigan qismlar orasiga tushib, u yerlarda yoyilishni oshishiga olib keladi. Chang zarrachalari yonilg'i baki, moy quyish naychasi va salniklar orqali, brikmalar orasiga tushib yoyilishni kuchaytiradi.
    Quyidagi muhim nuqtalarni hisobga olamiz:
    Motor va yurituv tizimi: Issiq iqlim avtomobillar uchun yurituv tizimining to'g'ri va normativ holatdagi ishlashini ta'minlash juda muhimdir. Issiq havoda motorning isitish tizimini hozirgi holatda yaxshilash uchun termostatni tekshirib ko'ring. Uning ishlab chiqarish temperaturasi to'g'ri bo'lishi kerak.
    Mazot va yurituv yog'i: Issiq havoda motorning ishlab chiqarish temperaturasi o'zgarishi mumkin. Bu esa mazot sarflanishini va yurituv yog'ini ta'sir qilishi mumkin. Issiq iqlim sharoitida, mazot sarflanishi oshishi mumkin. Bu sababli, mazotni tekshirib, motorni isitish va sovuq ishlatishni qo'lda tutish juda muhimdir.
    Suvning to'g'ri darajada bo'lishi: Issiq iqlimda avtomobillarni ekspluatatsiya qilishda suvning to'g'ri darajada bo'lishi juda muhimdir. Suvning tekisligini va salqinligini tekshirib chiqish va suv darajasini to'g'ri vaqtida tekshirib borishni unutmaslik kerak.
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
    1. Шодмонов С.А Исроилов Ш.Ш. ПОИСК ОПТИМАЛЬНОГО ИНТЕРВАЛА ДВИЖЕНИЯ АВТОБУСОВ ПО МАРШРУТУ В УСЛОВИЯХ СЛУЧАЙНОГО ПОТОКА ПАССАЖИРОВ Ўзбекистон, НамМҚИ 211-214 bet Машинасозликда инновациялар, энергиятежамкор технологиялар ва ресурслардан фойдаланиш самарадорлигини ошириш мавзусида Халқаро миқёсдаги конференция 28-29 май 2021 йил Магистр 5A310601 -"Eр усти транспорт востилари ва тизимлпри" [2].
    2. Ugli Xomidov, A. A., Shodmonov, S. A., & Qizi, T. U. GA (2022). Shahar hududidagi yo‘lovchilar oqimini aniqlang. Periodica zamonaviy falsafa, ijtimoiy va gumanitar fanlar jurnali, 12, 79-87[3].
    3. Sobirova, T. A. (2022). YARIMO ‘TKAZGICHLI LAZERLAR. Экономика и социум, (6-1 (97)), 1181-1187[4].
    Download 63.92 Kb.




    Download 63.92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Keskin tabiiy-iqlim sharoyitlarda avtomobillarn ekspluatatsiya qilish xususiyatlari

    Download 63.92 Kb.