"Экономика и социум" №6(97)-1 2022 www.iupr.ru
1181
DOI 10.46566/2225-1545_2022_1_97_1181
Sobirova T.A.
Andijon davlat universiteti magistranti
Andijon, Uzbekistan
YARIMO‘TKAZGICHLI LAZERLAR
Annotatsiya: Ushbu maqolada yarimo’tkazgichli lazerlarning ishlash
prinsipi va turlari o’rganilgan. Ilmiy sohada hamda sanoatda qo’llanilishi
haqida ma’lumotlar keltirilgan va uni yahshilash uchun muhim tavsiyalar
berilgan.
Tayanch so‘zlar: p-n o’tish, yarimo’tkazgichli lazerlar, GaAs,
rekombinatsiya, generatsiya, lazer nurlari, temperature.
Sobirova T.A.
master student
Andijan state university
Uzbekistan, Andijan
SEMICONDUCTOR LASERS
Abstract: This article explores the principles and types of semiconductor
lasers. It provides information on its application in science and industry, as well
as important recommendations for its improvement.
Keywords: p-n junction, semiconductor lasers, GaAs, recombination,
generation, laser beams, temperature.
Yarimo‘tkazgichli lazerlar uchun p-n o'tish sohasida elektron va kovaklar
bir vaqtda ishtirok etishi katta ahamiyatga ega.
Bu shart kuchli legirlangan
yarimo'tkazgich donor va akseptorni hosil qiladigan elementlami
yarimo‘tkazgichning kristall panjarasiga kiritib
konsentratsiyasini bir sm
3
hajmda 10
17
-10
18
ta atomga yetkazishda bajariladi,
Kuchli legirlangan
yarimo‘tkazgichlarda Fermi sathi E
f
o‘tkazuvchanlik
zonasining ichida
joylashadi. n-tipdagi yarimo‘tkazgichda donor sathi elektronga to'ladi va qisman
o'tkazuvchanlik zonasiga ham o‘tadi. p-tipli yarimo‘tazgichda esa akseptor sathi
to'lmaydi va tirqish valent zonasida paydo bo'ladi [1]. Fermi sathi esa valent
zonasida joylashadi. Shu ikki xil kuchli legirlangan yarimo‘tkazgichlar
tutashtirib qo‘shilsa, energetik sathlar siljiydi va Fermi sathi ikkala tip uchun bir
xil qiymatga ega bo‘ladi. 1-rasmda (a)
kuchli legirlanganp-n tipli
yarimo’tkazgichning energetik sxemasi keltirilgan. Agar elektr manbaning
musbat qutbini p-tipiga
va manfiysini n-tipiga ulasak, elektronlar musbat
elektrodga, kovaklar esa manfiy elektrodga qarab yo‘naladi.
Ana shu ikki xil
zaryadli zarrachalar ikki tipli yarimo‘tkazgiching qo‘shilgan chegarasida, ya’ni