|
"Экономика и социум" №6(97)-1 2022 www.iupr.ruBog'liq yarimo-tkazgichli-lazerlar"Экономика и социум" №6(97)-1 2022 www.iupr.ru
1182
p-n o‘tish chegarasida uchrashadi. Elektronlar kovaklar bilan uchrashib,
rekombinatsiyalashadi va kvant nurlanishini hosil qiladi. Kvant nurlanishining
energiyasi E
g=
hv ga teng [2].
Elektr maydoni ta’sirida energetik sohalaming siljishi kuzatiladi. o‘sha
siljish 1-rasmda (b) sxematik keltirilgan. Siljish qiymati elektr maydon
potensiali bilan bog‘langan: AE = eV, bu yerda e - elektron zaryadi, V- elektr
maydon potensiali. Yarimo‘tkazgichning ikki tipi tomonga beriladigan tokning
elektr maydoni ta’sirida p-n o‘tish chegarasida “yopiladigan qatlam” hosil
bo‘ladi. Bu yopiladigan qatlamda inversion ko‘chganlik hosil bo’ladi.
Yarimo‘tkazgichga elektr manbai ulaganda tashqi elektr maydoni ta’sirida
yopiladigan qatlamda elektronlarni n-tipli yarimo‘tkazgichning o‘tkazish
sohasidan va teshiklami esa p-tipning valent sohasidan tortib chiqarib to‘playdi.
Shu paytda yopiladigan qatlamda elektron bilan teshik uchrashib
rekombinatsiyalashish natijasida yorug‘lik nurini chiqaradi (3-rasmga (d)
qarang). Shuni aytish lozimki, p-n o‘tishli yarimo‘tkazgich yaxlit
monokristalldan tayyorlanadi va p-n o'tish shu monokristallning ichida hosil
qilinadi. Yarimo‘tkazgichli lazerlarning faol moddalari: GaAs, InAs, InSb,
PbSe.
1-rasm. Kuchli legirlangan p-n o’tishli yarimo’tkazgichlarning energetik
sohalari va kvant nurlanish sxemasi:
a) Elektr maydon ta ’siri bo‘lmaganda sohalarning siljishi kuzatilmaydi.
b) Elektr maydon ta’sirida sohalarning p-tip tomonga siljishi. d) Rekombinatsiya
vaqtida yopiladigan qatlamdan kvant nurlanishi.
Bu faol moddalar rezonatorga joylansa, lazer nurlarini chiqaradi.
Yarimo‘tkazgich lazerida optik rezonator vazifasini yarimo‘tkazgichli
kristallning yon tomonlari bajaradi.
|
| |