Kuponsiz obligatsiya joriy qiymati qaysi formula yorda-




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/225
Sana23.06.2024
Hajmi4,09 Mb.
#265242
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   225
Bog'liq
Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

 
10. Kuponsiz obligatsiya joriy qiymati qaysi formula yorda-
mida aniqlanadi?
a) 
;
(1
)
n
F
V
r


b) 
100
;
(1
)
n
V
r


d) 
;
(1
)
n
F
V
k


e) 
.
(1
)
xn
n
F
V
r




46 
 
IV BOB. AKSIYALAR BOZORI 
 
4.1. Aksiyalarning qo
ʻ
llanishi va aksiyalar
bozori o
ʻ
ziga xos xususiyatlari 
Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori” toʻgʻrisi-
dagi qonunda belgilanishicha, aksiya – oʻz egasining aksiyadorlik ja-
miyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik 
jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin 
qoladigan mol-mulkning bir qismiga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi
amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan 
emissiyaviy qimmatli qogʻoz. Aksiyalar oddiy va imtiyozli aksiyalarga 
boʻlinadi. 
Oddiy aksiya oʻz egasiga aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida 
oʻz ovozi bilan ishtirok etish huquqi, dividendlar olish va aksiyadorlik 
jamiyati tugutilganda mulkning bir qismiga ega boʻlish huquqini 
beruvchi qimmatli qogʻoz. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida 
aksiyador yoki uning vakolatchisi ishtirok etishi mumkin.
Oddiy aksiya egalari quyidagi huquqlarga ega: 

ovoz berish huquqi yoki korporativ tuzilmani boshqarishda 
ishtirok etish. Oddiy aksiyalar egalariga aksiyadorlarning yillik 
umumiy yigʻilishlarida va korporativ tuzilma faoliyatiga doir muhim 
qarorlar qabul qilishda ishtirok etish huquqini beradi; 

korporativ tuzilma daromadlarida qatnashish yoki dividendlar 
olish huquqi. Dividend bu korporativ tuzilma daromadlarining qismi 
boʻlib, aksiyalar soniga qarab aksiyadolarga taqsimlanadi. Oddiy 
aksiyalar boʻyicha dividendlar barcha soliqlar, kreditorlik 
majburiyatlar, obligatsiya boʻyicha foizlar va imtiyozli aksiyalar 
boʻyicha dividendlar toʻlangandan keyin toʻlanadi; 

yangi emissiya qilingan aksiyalarni boshqa shaxslarga taklif 
etishdan oldin sotib olish huquqi afzalliklari. Bu huquqning afzalligi 
yangi emissiya qilingan aksiyalarni sotib olgan yangi aksiyadorlar 
oldida ularning ulushini himoya qilishdadir. Bunday huquq ayniqsa 
nazorat hamda yirik paket aksiyalar egalari uchun muhimdir. Ushbu 
huquqdan foydalangan holda aksiyadorlar oʻzlarining kompaniyadagi 


47 
ulushi miqdorida aksiyalarni sotib olishlari mumkin. Huquq afzalligi 
yana yangi aksiyalar ochiq bozorga chiqmasidan oldin nominal yoki 
bozor bahosidan arzon narxda aksiyador tomonidan xarid qilinishi 
mumkin. Buning natijasida bunday afzaliy huquq oldi sotdi obyekti 
boʻlishi mumkin; 

korporativ tuzilma tugatilishida mulk qismidan ulush olish 
huquqi. Kompaniyaning tugatilishi – bu kompaniya oʻz faoliyatini 
toʻxtatishi, barcha kreditorlar bilan qarzdorliklarni hisob kitob qilishi, 
qolgan mulkni aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlashi va boshqalar.
Ovoz huquqi – oddiy aksiya egalari uchun muhim xususiyat. 
Ammo xorijiy kompaniya oddiy aksiyalarini sotib olayotganda shunga 
eʼtibor 
berish 
lozimki, 
oddiy 
aksiyalarni 
chiqarayotganda 
kompaniyalar investorlarning ovoz huquqini cheklovchi yoki umuman 
rad etuvchi aksiyalarni ham emissiya qilishi mumkin. Aksincha, bunga 
qarshi koʻp ovozli, yaʼni bitta aksiya egasiga bir nechta ovoz huquqini 
beruvchi aksiyalar ham chiqarilishi mumkin (ayniqsa, chet el kapitali 
ishtirokidagi kompaniyalarda). 
Umumiy holda aksiyadorlar huquqlariga quyidagilarni kiritish 
mumkin (4.1-rasm). 
4.1-rasm.

Download 4,09 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   225




Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kuponsiz obligatsiya joriy qiymati qaysi formula yorda-

Download 4,09 Mb.
Pdf ko'rish