30
mulkni taqsimlashda aksiyadorlar kompaniyaning barcha majburi-
yatlari shu jumladan, obligatsiyalar boʻyicha qarz majburiyatlarini
soʻndirgandan keyin qolgan mulkdan ulush olishlari mumkin. Obli-
gatsiya qarz instrumenti boʻlganligi sababli kompaniya emitent
boshqaruvida qatnashish huquqini bermaydi.
Obligatsiyalar davlat hukumati,
turli davlat organlari va
munitsipalitetlar mablagʻlarni jamgʻarish instrumenti sifatida namoyon
boʻladi. Korxonalar ham qoʻshimcha moliyaviy mablagʻlarga zarurati
yuzaga kelganda korporativ obligatsiyalar muomalaga chiqarishlari va
joylashtirishlari mumkin.
Obligatsiyalarni chiqarish kompaniya-emitent uchun bir qator
jozibador ahamiyatga ega: obligatsiya emissiyasi orqali kompaniya
zarur mablagʻlarni kreditorlarning kompaniya moliyaviy hoʻjalik
faoliyatiga aralashuvisiz jalb qilishi mumkin. Ammo, obligatsiya
zayomlari orqali jalb qilingan mablagʻlarni kompaniya xuddi bank
kreditlariga qoʻshimcha mablagʻlar sifatida koʻrib chiqishi zarur. Hatto
fond bozori yuqori rivojlangan mamlakatlarda ham emissiya qilingan
obligatsiyalar korxonalarning mablagʻlarga boʻlgan
yalpi ehtiyojlarini
qoplamaydi. Obligatsiyalar oʻz mohiyatiga koʻra qarz munosabatini
bildirganligi sababli bank krediti tamoyillari ularga ham xosdir.
Shuning uchun obligatsiyalar emissiyasini amalga oshirish huquqi
faqat kredit layoqatiga javob beruvchi korxonalarga beriladi.
Respublikamizda aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan obligatsiya-
larni emissiya qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik
jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi
hamda “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” Qonunlariga asosan
belgilanadi. Ushbu qonunlarga asosan aksiyadorlik jamiyatlari obligat-
siyalarni emissiya qilishda quyidagi shartlarga amal qilishi zarur:
- jamiyat qonun hujjatlariga va oʻz ustaviga muvofiq korporativ
obligatsiyalarni va boshqa qimmatli qogʻozlarni
chiqarishga hamda
joylashtirishga haqli;
- qimmatli qogʻozlarni, shuningdek, korporativ va infratuzilma
obligatsiyalarni chiqarish hujjatsiz shaklda chiqariladi;
- emitentning korporativ obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi
qarori qabul qilingan sanadagi, auditorlik tashkiloti xulosasi bilan
tasdiqlangan oʻz
kapitali miqdori doirasida;
31
- keyingi uch yilda rentabellik, toʻlovga qobiliyatlilik, moliyaviy
barqarorlik va likvidlilikning auditorlik tashkiloti xulosalari bilan
tasdiqlangan ijobiy koʻrsatkichlariga ega boʻlgan, shuningdek qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil
reyting bahosini olgan
emitentlar tomonidan chiqarilishi mumkin.
Yuqoridagilarni kelib chiqqan holda, obligatsiya - bu:
- emitentning qarz majburiyati;
- byudjet daromadlaridan oshgan xarajatlar qismini moliyalash-
tirish manbai;
- aksiyadorlik jamiyatlari investitsiya loyihalarini moliyalashtirish
manbai;
- aholi va korxonalar uchun qoʻshimcha daromad olish manbai.
Obligatsiyalarning qoʻllanish doirasi kengligi sababli, ularni turlari
va sifati boʻyicha tasniflash maqsadga muvofiqdir. Obligatsiyalarning
keng tasnifini keltirish uchun respublikamiz obligatsiya bozoridagi
obligatsiyalardan tashqari jahon moliya bozori va transmilliy korporat-
siyalar amaliyotida keng qoʻllaniluvchi obligatsiyalar turlaridan ham
foydalanamiz (3.1-jadval).
3.1-jadval