• Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti
  • O’zbеkistоn rеspublikаsi




    Download 1.82 Mb.
    bet14/19
    Sana22.09.2023
    Hajmi1.82 Mb.
    #83650
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
    Bog'liq
    tashqi savdo 211 iqt
    bOSHQARUV TIZIZMLARI, (material xususiyati va fakturasi), yoriqnoma, kop portli kompyuterlar yordamida texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini loyihalash, 252.5320900 TIKUVCHILIK SANOATIDA AXBOROT TENOLOGIYALARINI QO\'LLASH, 2-Maruza, Klaviaturaga qaramay matn terishni organamiz 2 @kompyuter akademiyasi, BSKM, Rus tili fani, 2 MA\'RUZA KUZATILADIGAN TABIIY OFATLAR VA ULARNING OQIBATLARI, 2021 12.2, АМАЛЁТ баённома (2) (7) (4) (3), Elektr mashinalari va transformatorlarni tamirlash oraliq savollari, 1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy tushunchal, орфологический


    3-rasm
    O`zbekiston Respublikasi bo`yicha eksport tarkibi (2022- yil yanvar-dekabr, ulushi, % da)4

    Xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi eksportning barqaror o’sishiga ko’maklashadi va bu o’z navbatida ma’lum natijalarga erishish uchun zamin yaratadi. Mamlakatning eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar natijasida joriy yilning yanvar-dekabr oylarida mamlakatning eksportyorlari soni 7 199 tani tashkil etib, ular tomonidan 15 198,8 mln. AQSH dollari (nomonetar oltindan tashqari) qiymatidagi (2021- yilning mos davriga nisbatan 121,1 % ga koʻpaydi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʼminlandi.


    Eksport tarkibida tovarlar ulushi 79,5 % ni tashkil etib, ular sanoat tovarlari (23,0 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (8,4 %) va kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (6,7 %) hissasiga toʻgʻri kelmoqda.



    4-rasm
    Eksport hududlar kesimida5
    Respublika eksporti tarkibida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 23,9 % bilan 4 616,9 mln. AQSH dollarini, eng quyi ulushni esa Jizzax viloyati 1,0 % bilan 199,5 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.Eksport hajmining eng yuqori o’sish sur’atlari 2021-yilga nisbatan Sirdaryo(140,1 %), Andijon (127,3 %), Samarqand viloyatlarida(123,4 %) va Toshkent shaxrida (120 %) qayd etildi. Eng past o’sish sur’ati Qoraqalpog’iston Respublikasiga (87,8 %) to’g’ri keldi.


    Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti

    5-rasm Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti6
    Hukumat tomonidan qishloq xo’jaligi va bog’dorchilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgani bois eksport qilinayotgan mahsulotlar sifati va hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Jumladan, 2022-yilning yanvar-dekabr oylari davomida xorijiy mamlakatlarga oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi boʻlgan 1 145,8 mln. AQSH dollari qiymatidagi 1 743,7 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan. 2021-yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'ati 28,9 foizni tashkil etdi. 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida eksportning umumiy hajmida meva-sabzavot mahsulotlarining ulushi 5,9 foizni tashkil etgan.
    Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy qismi Rossiya (42,5%), Qozog‘iston (18,9%), Xitoy (9,1%), Pokiston (8,8%), Qirg’iziston (3,7%), Afg‘oniston (2,7%), Turkiya (2,2%), Belarus (1,7%) kabi mamlakatlarga eksport qilingan.
    So’nggi yillarda yengil sanoatda yuqori qo’shilgan qiymatdagi mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlanib bormoqda. Yengil sanoat iqtisodiy jihatdan O’zbekiston uchun muhim soha bo’lgani holda, aholi bandligining yuqori darajasini, shuningdek, sanoat salohiyatiga hamda davlatimizning xalqaro nufuziga xissa qo’shilishini ta’minlaydi. To’qimachilik mahsulotlarining eksporti hajmi oshishini bevosita paxta xom -ashyosini o’rniga tayyor mahsulot ishlab chiqarish va qo’shimcha qiymat yaratish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar natijasi sifatida qarash mumkin. 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistondan qiymati 3,1 mlrd AQSh dollariga teng to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan. Bu umumiy eksport hajmining 16,5 foizini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,6 foizga o‘sgan. Yil boshidan 552 turdagi toʻqimachilik mahsulotlari dunyoning 73 tа davlatiga eksport qilindi. Eksport qilingan toʻqimachilik mahsulotlari tarkibida paxtadan yigirilgan ip (44,4 %), tayyor trikotaj va tikuvchilik kiyimlari (29,2 %) asosiy ulushni egallagan. To‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi quyidagicha:

    • paxtadan yigirilgan ip – 3 178,0 mln;

    • tayyor trikotaj mahsulotlari – 928,2 mln;

    • naqshli mato – 307,7 mln;

    • paxtadan gazlamalar – 151,4 mln;

    • ipak va ipak mahsulotlari – 92,5 mln;

    • paxta mahsulotlari – 54,4 mln;

    • gilamlar – 43,9 mln;

    • boshqa to‘qimachilik mahsulotlari – 161,7 mln AQSh dollari.

    To’qimachilik mahsulotlarining eng katta ulushi Rossiya Federatsiyasi (1 264,9 mln. AQSH dollari – 39,8 %) va Turkiya (519,1 mln. AQSH dollari – 16,3 %) davlatlari hissasiga to’g’ri keladi.
    Xizmatlar eksporti hajmi 3 959,5 mln. AQSH dollarini yoki jami eksport hajmining 20,5 % ini tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 53,4 % ga koʻpaydi. Xizmatlar eksporti tarkibining asosiy ulushi transport (44,3 %), safarlar (turizm) (40,7 %), telekommunikatsiya, kompyuter va axborot (6,8 %) va boshqa tadbirkorlik bilan bog‘liq xizmatlar (3,9 %) hissasiga toʻgʻri kelgan. Shu bilan birga, boshqa xizmatlar (4,3 %)ni tashkil etib, tarkibida eng yuqori ulushlar moliyaviy xizmatlar (1,8 %), sugʻurta va pensiya taʼminoti xizmatlari (1,4 %) hamda texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xizmatlari (0,4 %) hissasiga toʻgʻri keldi.
    O’zbekiston Respublikasi importi. 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida import hajmi 30 699,3 mln. AQSH dollarini va 2021- yilning mos davriga nisbatan 120,4 % ni tashkil etdi.



    6-rasm
    Import tarkibi tahlili7
    Tovarlar importi dinamikasi tahliliga koʻra, 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida import qilingan tovarlar hajmi, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4 432,6 mln. AQSH dollariga koʻpaydi va 28 172,9 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 2 526,3 mln. AQSH dollariga yetdi.
    Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (31,4 %), sanoat tovarlari (18,8 %) hamda kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar (13,8 %) hisobiga toʻgʻri keldi.



    7-rasm

    Download 1.82 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




    Download 1.82 Mb.