O’zbеkistоn rеspublikаsi




Download 1.82 Mb.
bet2/19
Sana22.09.2023
Hajmi1.82 Mb.
#83650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
tashqi savdo 211 iqt
bOSHQARUV TIZIZMLARI, (material xususiyati va fakturasi), yoriqnoma, kop portli kompyuterlar yordamida texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini loyihalash, 252.5320900 TIKUVCHILIK SANOATIDA AXBOROT TENOLOGIYALARINI QO\'LLASH, 2-Maruza, Klaviaturaga qaramay matn terishni organamiz 2 @kompyuter akademiyasi, BSKM, Rus tili fani, 2 MA\'RUZA KUZATILADIGAN TABIIY OFATLAR VA ULARNING OQIBATLARI, 2021 12.2, АМАЛЁТ баённома (2) (7) (4) (3), Elektr mashinalari va transformatorlarni tamirlash oraliq savollari, 1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy tushunchal, орфологический

Kirish


Tashqi savdo — bu turli davlat-milliy xoʻjaliklari oʻrtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud boʻlsada, faqat XIX asrga kelib, yaʼni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi. Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi koʻrsatkichlar bilan tavsiflanadi.
Xalqaro savdo va hamkorlik ko‘pchilik mamlakatlarga yuqori foyda ko‘rishiga asos bo‘lib kelmoqda, masalan bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar rivojlangan mamlakatlarga va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlariga har xil turdagi tovar va xizmatlar eksport qilmoqda. Bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar ichidan Xitoy va Xindiston asosan xalqaro savdoda ulushi keskin oshib borayotgan mamlakatlardan hisoblanadi. Xalqaro savdoning yana bir afzallik tomoni shundaki, ko‘plab mamlakatlardagi kambag‘allik muammosini qisqartirishga yuqori ahamiyat kasb etayotganidir. Jahon bozoridagi savdo-sotiqning maxsus tashkilot — Jahon savdo tashkiloti(JST) boshqarib boradi, davlatlararo savdo tartibi va qoidalarini belgilab beradi, unga aʼzo boʻlganlar oʻzlari uchun qulay savdo qilish huquqini oladilar.
Mamlakatimizning Tashqi savdo siyosatini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligi amalga oshiradi. Tashqi savdo "Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida" (1991, 14 iyun), "Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida" (1993, 7 may), "Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida" (1997, 29 avg .) qonunlari, "Bojxona kodeksi" (1997, 27 dek.) va boshqa qonun va qarorlar, meʼyoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Oʻzbekiston jahon bozorida xom ashyo, energiya, rangli metall va boshqa eksporti bilan qatnashadi, aksariyat texnologiya, kimyo mahsulotlari, oziq-ovqat tovarlarini import qiladi.
Ushbu kurs ishida men xalqaro savdo siyosati, O’zbekistonning tashqi savdo faoliyati siyosati, eksport va import tarkibini ifodalab berdim.
Kurs ishining maqsadi:
Xalqaro savdo mazmuni va mohiyatini aniqlash, O’zbekiston tashqi savdosining hozirgi holati va rivojlanish tendensiyalarini o’rganish.

Download 1.82 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 1.82 Mb.