• I-BOB Xalqaro iqtisodiy munosabatlar
  • O’zbеkistоn rеspublikаsi




    Download 1.82 Mb.
    bet3/19
    Sana22.09.2023
    Hajmi1.82 Mb.
    #83650
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    tashqi savdo 211 iqt
    bOSHQARUV TIZIZMLARI, (material xususiyati va fakturasi), yoriqnoma, kop portli kompyuterlar yordamida texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini loyihalash, 252.5320900 TIKUVCHILIK SANOATIDA AXBOROT TENOLOGIYALARINI QO\'LLASH, 2-Maruza, Klaviaturaga qaramay matn terishni organamiz 2 @kompyuter akademiyasi, BSKM, Rus tili fani, 2 MA\'RUZA KUZATILADIGAN TABIIY OFATLAR VA ULARNING OQIBATLARI, 2021 12.2, АМАЛЁТ баённома (2) (7) (4) (3), Elektr mashinalari va transformatorlarni tamirlash oraliq savollari, 1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy tushunchal, орфологический
    Kurs ishing vazifasi:
    - Hozirgi bosqichda O’zbekiston tashqi savdo tarkibini va xususiyatlarini aniqlash
    - Amaldagi O’zbekiston tashqi savdo siyosatini ko’rib chiqish
    Kurs ishing tuzilishi:
    Ushbu ish kirish,asosiy qismi va xulosasi bilan 36 betdan iborat. Asosiy qism har bir bobda 2 ta kichik bobdan iborat 2 ta bobni o’z ichiga oladi.
    Birinchi bobda xalqaro savdo mohiyati, turlari, rivojlanish bosqichlari va yo’nalishlari,O’zbekiston tashqi savdosining mazmun mohiyati,tashqi savdo faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, nizomi kabi nazariy ma’lumotlar keltirilgan .
    Ikkinchi bobda nazariyaning amaliy ahamiyati,O’zbekiston tashqi savdo aylanmasi va balansi, hamkor davlatlar bilan tashqi savdo dinamikasi, eksport va import tovarlarining hozirgi kundagi tarkibi, yillik va joriy ko’rsatkichlar,eksport va importda har bir sohaning ulushlari bir qancha misollar va grafiklar bilan tavsiflangan.

    I-BOB Xalqaro iqtisodiy munosabatlar

    1.1 Xalqaro savdoning ahamiyati va uning nazariy asoslari


    Jahon xo‘jaligi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri - bu xalqaro iqtisodiy munosabatlarning intensiv rivojlanib borishi hisoblanadi. Bu mamlakatlar, mamlakatlar guruhi, alohida firma va korxonalar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishi tobora chuqurlashuvi, xo‘jalik hayotining globallashuvi, milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi, mamlakatlarning iqtisodiy integratsiyalashuvi va hududiy xalqaro iqtisodiy aloqalar startegiyasining chuqurlashib borayotganligida ko‘rish mumkin.
    Ilmiy-texnologik inqilob, sanoat ishlab chiqarishining ixtisoslashuvi va kooperatsiyasi ta'sirida mamlakatlar iqtisodiyotida ro'y berayotgan tarkibiy o'zgarishlar milliy iqtisodiyotlarning o'zaro ta'sirini kuchaytiradi. Bu xalqaro savdoni rivojlantirishga yordam beradi. Barcha davlatlararo tovarlar oqimining harakatlanishida vositachilik qiladigan xalqaro savdo ishlab chiqarishdan tezroq o'smoqda. Jahon Savdo Tashkilotining izlanishlariga ko'ra, dunyo ishlab chiqarishining har 10 foiz o'sishi uchun dunyo savdosida 16 foizga o'sish kuzatilmoqda. Bu uning rivojlanishi uchun yanada qulay shart-sharoitlarni yaratadi. Savdo muvaffaqiyatsiz bo'lganda, ishlab chiqarish rivojlanishi sekinlashadi.
    Iqtisodiy adabiyotlarda mutaxassislar tomonidan tashqi va xalqaro savdo tushunchasiga ko’p hollarda bir-biriga yaqin va ayrim hollarda farq qiluvchi bir qancha ta’riflar keltirilgan. Tashqi savdo va xalqaro savdo ma'no jihatidan bir biriga yaqin hisoblanishiga qaramasdan, har xil tushunchalardir. Tashqi savdo deganda, ma’lum bir mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan savdo aloqalari tushunilib, tovar va xizmatlarni xorij bozorlarida hamda, xorij tovar va xizmatlarini milliy bozorda sotuvchi, mamlakat iqtisodiyotining asosiy sektorlaridan biri hisoblanadi. Xalqaro savdo esa – milliy iqtisodiyotning tashqi savdo sektorlarini birlashtiruchi maxsus soha hisoblanib, jahon bozori bilan bog„liq bo„ladi va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tomonidan tartibga solinadi. Tashqi savdo va xalqaro savdo haqida gap ketganda import, eksport va saldo tushunchalariga duch kelamiz. Eksport lotincha “eksportare” – mamlakatda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni chet mamlakatlariga sotish, import so’zi lotincha “importare” – milliy bozordagi ehtiyojlarni to„ldirish maqsadida chet mamlakatlaridan olib kelingan tovar va xizmatlarni tushunamiz. Mamlakat import va eksportini tashkil etuvchi tovar va xizmatlarining jami qiymati tashqi savdo aylanmasini tashkil etadi, shuningdek ma’lum vaqt oralig’idagi import va eksport orasidagi farq – savdo balansi saldosi deb ataladi.
    Jahon narxlari yil vaqti, joyi, tovarlarni sotish shartlari, shartnomaning xususiyatlariga qarab o'zgaradi. Amaliyotda jahon savdosining ma'lum markazlarida taniqli firmalar - tegishli tovar turlarini eksport qiluvchi yoki import qiluvchi kompaniyalar tomonidan tuzilgan yirik, tizimli va barqaror eksport yoki import operatsiyalarining narxlari jahon narxlari sifatida qabul qilinadi. Ko'plab tovarlar (don, kauchuk, paxta va boshqalar) uchun jahon narxlari dunyodagi eng yirik tovar birjalarida amalga oshiriladigan operatsiyalar jarayonida belgilanadi.

    Download 1.82 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 1.82 Mb.