O’zbekiston tashqi savdosining rivojlanishi




Download 1.82 Mb.
bet7/19
Sana22.09.2023
Hajmi1.82 Mb.
#83650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
tashqi savdo 211 iqt
bOSHQARUV TIZIZMLARI, (material xususiyati va fakturasi), yoriqnoma, kop portli kompyuterlar yordamida texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini loyihalash, 252.5320900 TIKUVCHILIK SANOATIDA AXBOROT TENOLOGIYALARINI QO\'LLASH, 2-Maruza, Klaviaturaga qaramay matn terishni organamiz 2 @kompyuter akademiyasi, BSKM, Rus tili fani, 2 MA\'RUZA KUZATILADIGAN TABIIY OFATLAR VA ULARNING OQIBATLARI, 2021 12.2, АМАЛЁТ баённома (2) (7) (4) (3), Elektr mashinalari va transformatorlarni tamirlash oraliq savollari, 1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy tushunchal, орфологический

1.2 O’zbekiston tashqi savdosining rivojlanishi


Hozirgi kunda O’zbekistonning xalqaro bozordagi o’rni tobora ortib bormoqda. O’zbekiston hozirgi kunda 150 dan ortiq mamlakatlar bilan ikki tomonlama savdo aloqalariga ega. Mamlakatning tashqi savdo aylanmasi raqobatdosh tayyor mahsulotlar salmog’ining o’sishi va xomashyo yetkazib beruvchi tarmoqlar mahsulotlari ulushining kamayib borayotganini ko’rishimiz mumkin. Xususan O’zbekistonning tashqi savdo aylanmasida MDH va Yaqin Sharq mamlakatlarining ishtiroki tobora o’sib bormoqda.
Ishlab chiqarishning rivojlanishiga hamohang ko`plab mahsulotlarning, jumladan, yoqilg`i, oziq-ovqat va xalq iste`moli buyumlarining importi qisqarmoqda. Umumiy imortning 3/4 qismini texnik va ishlab chiqarish jihozlari hamda asbob-uskunalar tashkil qiladi. Bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollariga aynan mos keladi.
O`zbekistonda 4200 dan ortiq xorijiy ko`rxona faoliyat ko`rsatmoqda. Endilikda O`zbekiston Jahon banki, Osiyo taraqqiyot Banki, Islom Taraqqiyot Banki, OPEC Xalqaro Rivojlanish Jamg`armasi, Saudiya Taraqqiyot Jamg`armasi kabi xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik qilmoqda.Xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qilib, mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini modernizatsiya qilish va yangilash uchun chet el sarmoyasini kiritish shakli investitsiya deb ataladi. Mamlakat taraqqiyotini jadallashtirish uchun investitsiyalarni yanada ko`proq jalb etish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari taqozosi o`laroq mamlakatimiz hududida maxsus erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilinmoqda. Ularning dastlabkisi O`zbekiston hududining geografik markazi Navoiy viloyatida tashkil etilgandi. U barcha turdagi samolyotlarni qabul qiladigan xalqaro aeroport va u bilan aloqador bo`lgan turli xizmat ko`rsatish korxonalardan va muassasalardan tashkil topgan ulkan majmuadir.
Tovarlar savdosidan tashqari, xorojiy davlarlar bilan hamkorlikda transport tizimlari barpo qilinmoqda, tabiatni muhofaza qillish va o`zgartirish masalalari hal qilish va o`zgartish masalalari hal etilmoqda. Bunda O`zbekiston dunoning yetakchi xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlik qilgan holda, davrning dolzarb muammolarini hal etishga ham jiddiy e`tibor qaratmoqda. Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT), Yevropa Ittifoqi (YI), Mustaqil davlatlar hamdo`stligi (MDH),Yevrosiyo iqtisodiy hamdo`stligi (YIH), Islom konferensiyasi tashkiloti (IKT)va boshqa xalqaro tashkilotlar shular jumlasidandir.
Tashqi savdo faoliyati xalqaro tovarlar, ishlar (xizmatlar) savdosi sohasidagi tadbirkorlik faoliyatidir.Tashqi savdo faoliyati tovarlarni, ishlarni (xizmatlarni) eksport va import qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlar bajarish (xizmatlar ko‘rsatish), ularning bajarilish (ko‘rsatilish) joyidan qat’i nazar, ishlar (xizmatlar) eksportidir.Xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlar bajarish (xizmatlar ko‘rsatish), ularning bajarilish (ko‘rsatilish) joyidan qat’i nazar, ishlar (xizmatlar) importidir.
O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yuritish tizimini yanada takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tashqi savdo kontraktlari va invoyslar bo‘yicha ma’lumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritish tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qildi. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar(belgilangan tartibdao’zini o’zi band qilgan shaxslar sifatida ro’yhatga olinganlar bundan mustasno) tashqi savdo kontraktlari va invoyslar bo‘yicha ma’lumotlarni elektron shaklda elektron raqamli imzodan foydalangan holda, O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri J.Xodjayev, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi A.Y.Mavlonov hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Qudbiyev.

Download 1.82 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Download 1.82 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston tashqi savdosining rivojlanishi

Download 1.82 Mb.