• ISO/IEC. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarda qatnashuvchi xalqaro tashkilotlar.
  • 13 –14 Mavzu: Xalqaro standartlashtirish faoliyati




    Download 19.6 Kb.
    bet1/2
    Sana07.12.2023
    Hajmi19.6 Kb.
    #113398
      1   2
    Bog'liq
    13-maruza
    Preprotsessorlar C# tilida, фанлар фарқи Халқаро 2 курс, 1-Amaliy mashg\'ulot uchun topshiriqlar, 2 labaratoriya 15-21 ELEKTRONIKA 022431, 1-Mustaqil ish, 9-Mavzu Gipermurojaat va uning turlari. Web, Oraliq nazorat.kompyuter tizimlari va dast, MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI AMALIY MASHGULOT 1 MODULQO\'LLANMA, SARDOR, 13-mavzu. Kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarish usullari-hozir.org, 16-mavzu cms (content management systems — kontentni boshqaruv -fayllar.org, Ochiq dars, Axborot texnologiya mavzulari, falsafa savollari

    13 –14 Mavzu: Xalqaro standartlashtirish faoliyati va tashkilotlari.


    Reja:

    1. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti - ISO va uning faoliiyatlari.

    2. Xalqaro elektrotexnika komissiyasi ISO/IEC.

    3. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarda qatnashuvchi xalqaro tashkilotlar.



    Xalqaro standartlashtirish tashkiloti - ISO va uning faoliiyatlari
    Xalqaro standartlashtirish tashkiloti /ISO/
    Turli xalqaro tashkilotlar standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish soxalarida meʼyoriy hujjatlarini ishlab chiqish, dunyo mamlakatlarini shu soxalardagi ilgor yutuqlarini umumlashtirish va bu soxalar bo‘yicha har xil yordam ko‘rsatish Xalqaro elektrotexnika komissiyasi, metrologiya soxasida qonunlashtiruvchi Xalqaro tashkilot, sifat bo‘yicha Yevropa tashkiloti, sinov laboratoriyalarini akkreditlash bo‘yicha Xalqaro konferensiya, G‘arbiy Yevropa mintakaviy va iqtisodiy tashkilotlari, standartlashtirish va metrologiya bo‘yicha arab tashkiloti va boshqalari faol ishlab turibdi.
    Ana shu tashkilotlarda amalga oshirilayotgan ishlarni biroz bo‘lsada tasavvur qilish, ularning shu soxalardagi ishlari bilan qisqacha tanishish maqsadida Xalqaro tashkilotlarning faoliyatlari to‘g‘risida fikr yuritmoklikni lozim topdik.
    Birinchi standartlashtirish milliy tashkiloti-Britaniya Assotsiatsiyasi Britich Enginezing Standards Accociation 1901 yilda tashkil etilgan bo‘lib, biroz keyinrok, birinchi jaxon urushi davrida Daniya byurosi, Germaniya qo‘mitasi (1918 y), Amerika qo‘mitasi (1918 y) va boshqalar tashkil topdi. Standartlashtirish soxasidagi ishlar xalqaro markaz kerakligini taqozo qildi. Shu maqsadda 1926 yili standartlashtirish bo‘yicha milliy tashkilotlarning Xalqaro Assotsiatsiyasi (ISA) paydo bo‘ldi. ISA ning tarkibiga 20 mamlakat vakillari kirdi.
    1938 yili Berlin shaxrida standartlashtirish bo‘yicha 32 ta katta-kichik qo‘mitalari tuzildi. 1939 yili boshlangan ikkinchi jaxon urushi ISA ning faoliyatini to‘xtatib kuydi.
    Hozirgi Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (International Standards Organization) 1946-1947 yillari tashkil topdi, uni qisqacha ISO deb yuritiladi. Bu nufuzli tashkilot Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasi tarkibida faoliyat kursatib, rivoj topmokda. ISOning tuzilishidan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad – xalqaro mikyosdagi mol almashinuvida va o‘zaro yordamni yengillashtirish uchun dunyo ko‘lamida standartlashtirishni rivojlantirishga ko‘maklashish hamda akliy, ilmiy, texnikaviy va iqtisodiy faoliyatlar soxasida hamdustlikni rivojlantirishdir.
    Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun:

    • dunyo ko‘lamida standartlarni va ular bilan bog‘liq bo‘lgan soxalarni uygunlashtirish choralarini ko‘rish;

    • xalqaro standartlarni ishlab chiqish va chop etish (agar har bir standart uchun uning faol tashkiliy va kichik qo‘mitalarining ikkidan uch qismi maqullab ovoz bersa va umumiy ovoz beruvchilarning to‘rtdan uch qismi yoklab chiqilsa, standart maʼkullanishi mumkin);

    • o‘z qo‘mita aʼzolarining va texnikaviy qo‘mitalarninng ishlari haqida axborotlar almashinuvini tashkil qilish;

    • soxaviy masalalar bo‘yicha manfaatdor bo‘lgan boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish ko‘zda tutiladi.

    • ISO raxbar va ishchi qo‘mita idoralaridan tashkil topgan. Raxbar idoralari tarkibiga Kengashning yuqori idorasi – bosh Assambleya, Kengash, ijroiya byurosi, texnikaviy byuro, kengashning texnikaviy qo‘mitalari va markaziy sekretariati kiradi.

    • ISO da prezident, vitse-prezident, gaznachi va bosh kotib lavozimlari mavjud. Bosh Assembleya – ISOning Oliy raxbari bo‘lib, OSIning yigilishi uch bir marta o‘tadi. Uning sessiyasida prezident uch muddat bilan saylanadi.

    Bosh Assambleya o‘tkazish vaqtida sanoat soxasida yetakchi mutaxassislar ishtirokida xalqaro standartlashtirishning muhim muammolari va yunalishlari muxokama kilinadi.
    ISO kengashi yiliga bir marta utkazilib, unda tashkilotning faoliyati, xususan, texnikaviy idoralarning tuzilishi, xalqaro standartlarning chop etilishi muxokama etiladi, kengash idoralarining aʼzolarini hamda texnikaviy qo‘mitalarning raislarini tayinlaydi va boshqa masalalar ko‘riladi.
    Mahsulot sifatini yaxshilash, boshqarish va taʼminlash bo‘yicha oxirgi vaqtda qilingan ishlarni mujassamlab, ISO o‘zining bir qator meʼyoriy hujjatlarini ishlab chiqqan.
    Bu hujjatlarga misol tarikasida ISO 9000, 10011, 10012 va 14000 seriyasidagi standartlarni ko‘rsatish mumkin.



    Download 19.6 Kb.
      1   2




    Download 19.6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    13 –14 Mavzu: Xalqaro standartlashtirish faoliyati

    Download 19.6 Kb.