Xalqaro savdoning hududiy tarkibi




Download 1.82 Mb.
bet6/19
Sana22.09.2023
Hajmi1.82 Mb.
#83650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
tashqi savdo 211 iqt
bOSHQARUV TIZIZMLARI, (material xususiyati va fakturasi), yoriqnoma, kop portli kompyuterlar yordamida texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini loyihalash, 252.5320900 TIKUVCHILIK SANOATIDA AXBOROT TENOLOGIYALARINI QO\'LLASH, 2-Maruza, Klaviaturaga qaramay matn terishni organamiz 2 @kompyuter akademiyasi, BSKM, Rus tili fani, 2 MA\'RUZA KUZATILADIGAN TABIIY OFATLAR VA ULARNING OQIBATLARI, 2021 12.2, АМАЛЁТ баённома (2) (7) (4) (3), Elektr mashinalari va transformatorlarni tamirlash oraliq savollari, 1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy tushunchal, орфологический
Xalqaro savdoning hududiy tarkibi – bu savdoning tarkibini aniqlovchi tovar mutanosibliklari majmui va aloqalar majmui bo‘lib, bu tarkib xalqaro savdoning quyidagi xususiyatlari va rivojlanish yo‘nalishlarini ajratish imkonini beradi:
- Alohida mamlakatlarning savdo oqimlarni ajratish;
- Bir guruh mamlakatlar o‘rtasidagi savdo oqimlarini ajratish;
- Mintaqalar o‘rtasidagi savdo oqimlarini ajratish;
- Xalqaro savdoning asosiy ulushi oqimlarining rivojlangan mamlakatlar guruhida yig‘ilganligi;
- Jahoning yirik savdo imperiyalari bo‘lib AQSH, Germaniya va Yaponiya hisoblanadi;
- Yaponiya eksportining o‘sishi (birinchi navbatda,boshqa Osiyo mamlakatlariga); - Janubiy Osiyo mamlakatlarida xalqaro savdoning faol rivojlanishi (ko‘proq Pokiston va Hindiston hisobiga);
- Sharqiy Osiyo va qisman Lotin Amerikasi mamlakatlari xalqaro savdosining ustun darajada rivojlanishi (Yaponiyadan tashqari)
- Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari tashqi savdosining sekin rivojlanishi;
Xalqaro savdoning zamonaviy hududiy tarkibidagi o‘zgarishlar tendensiyasi quyidagilar orqali ifodalanadi:
- Xalqaro savdoda bozor iqtisodiyotiga ega rivojlangan mamlakatlar ulushining saqlanib qolishi;
- Xalqaro savdo asosiy qismining rivojlangan mamlakatlar guruhi ichida mujassamlashuvi;
- Rivojlanayotgan mamlakatlar ulushining ortishi;
- Rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida savdo aloqalari hajmining ortishi;
- O‘tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarning xalqaro savdodagi pozitsiyasining zaifligi (rivojlangan mamlakatlar tashqi savdo aylanmasida 3,5%, rivojlangan mamlakatlar tashqi savdo aylanmasida 2,5%).
Mutaxassislar fikricha, XXI asr boshlarida AQSH va Osiyo mamlakatlari xalqaro savdoda eng raqobatbardosh mamlakatlar hisoblanishadi. 2030 yilga borib AQSH, Yaponiya va Xitoy eng raqobatbardosh mamlakatlar sifatida e‘tirof etilishi mumkin. Bunday uzoq muddatli istiqbolli prognozlar bo‘yicha keyingi o‘rinlarni Germaniya, Singapur, Janubiy Koreya, Malayziya va Shvetsariya band etishi mumkin. Jahon savdosining hozirgi vaqtdagi holatini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, xalqaro savdo keyingi o‘n yilliklarda shiddat bilan rivojlanib va takomillashib bormoqda. Unda nafaqat rivojlangan, balki rivojlanayotgan va o‘tish davri iqtisodiyotidagi mamlakatlar ham faol ishtirok etib, har bir mamlakat o‘z ishtirokiga qarab iqtisodiy manfaatga ega bo‘lmoqda. Lekin rivojlangan mamlakatlar tomonidan tashqi savdo aloqalariga muhim e‘tibor qaratilishi va mamlakatning ega bo‘lgan iqtisodiy salohiyatining yuqoriligi, bugungi kunda jahon savdosining istiqboldagi strategiyasini belgilab bermoqda.
Demak, zamonaviy xalqaro savdoning asosiy omillari quyidagilardan iborat: - Milliy iqtisodiyotlarning ochiqligi;
- Milliy iqtisodiyotlar ishlab chiqarish salohiyatining o‘sishi;
- Xalqaro savdoning hududiy va tovar o‘zgarishi;
- Xalqaro savdo mexanizmlarining murakkablashuvi;
- Xizmatlar sohasining rivojlanishi;
- Intelektual va ilmiy-texnik faoliyatning moddiylashgan va moddiylashmagan shaklida rivojlanishi.

Download 1.82 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 1.82 Mb.