O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining




Download 426.31 Kb.
bet1/21
Sana31.01.2022
Hajmi426.31 Kb.
#16833
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
284 12.05.2017




O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini sotish, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-fevraldagi PQ-2773-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Farmatsevtika faoliyatini (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bundan mustasno) litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq;
Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashda elektron axborot almashinuvi sxemasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish huquqi uchun oldin berilgan litsenziyalar ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar amal qiladi;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun berilgan litsenziyalar farmatsevtika faoliyatining boshqa yo‘nalishlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalardan alohida beriladi va O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishi, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibi qo‘pol ravishda buzilganligi oqibatida litsenziyasining amal qilishi to‘xtatilgan dorixonalar va filiallarning manzillari reyestrlari va xodimlari reyestrlari ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan ishlarni amalga oshirish uchun xarajatlarni qoplash manbalarini belgilash yuzasidan takliflar kiritsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalovchi organlar ro‘yxatida:
a) “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi” bo‘limining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin;
“Farmatsevtika faoliyati (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bundan mustasno)”.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 12-may,
284-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 284-sonli qaroriga
1-ILOVA
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining hududiy bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — litsenziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan litsenziya talabgorining davlat ro‘yxatidan o‘tgan manzili bo‘yicha amalga oshiriladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda markaz deb ataladi) yoki O‘zbekiston Respublikasi interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona portali (keyingi o‘rinlarda Yagona portal deb ataladi) orqali amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
4. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faqat dorixonalar va ularning filiallari orqali amalga oshiriladi.
5. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
6. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziya (keyingi o‘rinlarda litsenziya deb ataladi) besh yil muddatga beriladi.
Litsenziya besh yildan kam muddatga faqat litsenziya talabgorining arizasiga binoan berilishi mumkin.
7. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziya olish farmatsevtika faoliyatining boshqa qismlariga litsenziya olish huquqini cheklamaydi.
Litsenziyani yoki unga doir huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
2-bob. Litsenziya talablari va shartlari
8. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishda quyidagilar litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
a) dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shuningdek dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga majburiy rioya etish;
b) yuridik shaxs shtatida kamida bir xodim — oliy farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan, qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishi, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibi qo‘pol buzilganligi oqibatida litsenziyasining amal qilishi to‘xtatilgan dorixonalarning xodimlari reyestriga (keyingi o‘rinlarda xodimlar reyestri deb ataladi) kiritilmagan dorixona mudirining mavjudligi;
v) litsenziat tomonidan dorixona filiali ochilishida — yuridik shaxs shtatida kamida bir xodim — oliy farmatsevtik ma’lumotga yoki farmatsevt assistenti (yordamchisi) ixtisosligi bo‘yicha o‘rta maxsus kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan dorixona filiali mudirining mavjudligi;
g) xodimlar reyestriga kiritilmagan shaxslardan dorixona va dorixona filiali xodimlari tarkibini shakllantirish;
d) belgilangan tartibda dorixona va/yoki dorixona filiali mudiri malakasini oshirish;
e) dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana sotish uchun mo‘ljallangan, o‘ziga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli bo‘lgan, mazkur Nizomga 2-ilovada nazarda tutilgan talablarga muvofiq hamda qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishi, shu jumladan dori vositalari va tibbiyot buyumlarining narxini belgilash tartibi qo‘pol buzilganligi oqibatida litsenziyasining amal qilishi to‘xtatilgan dorixona, dorixona filialining manzillari reyestriga kiritilmagan bino (xonalar)ning mavjudligi;
j) mazkur Nizomga 2-ilovada belgilangan talablarga muvofiq moddiy-texnik bazaning mavjudligi;
z) dorixona mudiri o‘zgarishi, dorixona filiali mudiri o‘zgarishi, dorixona filiali yopilishi haqida mazkur holat yuz bergandan so‘ng o‘n kun muddatda litsenziyalovchi organga mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan shakl bo‘yicha tuzilgan yozma ravishda xabarnoma taqdim etish;
i) mazkur Nizomda belgilangan holatlar, muddatlar va miqdorlarda yig‘im va davlat bojlarini to‘lash.
Oldingi tahrirga qarang.
k) dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya (sotish) qilish jarayonini uzluksiz ravishda videoga yozib olish va bir oy davomida video-yozuvlarni saqlash (qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari hududida joylashgan dorixonalar va ularning filiallari bundan mustasno).
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentabrdagi 818-sonli qaroriga asosan “k” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2019-y., 09/19/818/3828-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
3-bob. Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar
Oldingi tahrirga qarang.
9. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori bevosita markazga o‘zi kelib yoki Yagona portal orqali elektron tarzda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
mazkur Nizomga 4-ilovada keltirilgan shakl bo‘yicha litsenziya berish to‘g‘risida ariza (keyingi o‘rinlarda ariza deb ataladi);
litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlaydigan ma’lumotlar.
Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya talabgorining elektron manzili ko‘rsatilganligi uning arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida Yagona portal orqali elektron shaklda xabarnoma olishga bo‘lgan roziligi hisoblanadi.
10. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilmagan boshqa hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashda elektron axborot almashinuv sxemasiga muvofiq mustaqil oladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Bevosita murojaat etilgan holatlarda markaz xodimi litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat xizmati pasportiga muvofiq ariza to‘liq to‘ldirilganligini tekshiradi.
Ariza ro‘yxatga olingandan so‘ng markaz xodimi litsenziya talabgoriga qayd etish raqamini ko‘rsatgan holda ariza qabul qilinganligi haqida yozma ma’lumot beradi yoki ariza nusxasiga tegishli belgini qayd etadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Markaz xodimi o‘zi kelganida ariza qabul qilingan kunda, arizada qayd etilgan ma’lumotlarni maxsus shaklga tushirib, Yagona portal orqali tegishli litsenziyalovchi organga yuboradi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Litsenziya talabgori o‘zi yashamaydigan joydan boshqa joydagi markazga o‘zi kelib murojaat qilgan hollarda ariza markaz tomonidan tegishlicha Litsenziyalovchi organga Yagona portal orqali yuboriladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Litsenziya talabgori arizani markazga elektron saqlovchida taqdim etgan taqdirda markaz xodimi markazning o‘ziga o‘zi xizmat qilish uchun ajratilgan xonasida ariza Yagona portal orqali jo‘natilishida yordam beradi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
15. Yagona portal orqali jo‘natilgan ariza noyob ro‘yxatga olish raqami berilgan holda avtomatik ravishda ro‘yxatga olinadi.
4-bob. Arizani ko‘rib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
16. Litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgoridan ariza taqdim etilgan kunda qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Dorixonalar filiali ochilishi bilan bir vaqtda litsenziya berish to‘g‘risida ariza berilgan taqdirda belgilangan yig‘im har bir filial uchun undiriladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya olish uchun Yagona portal orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Litsenziya berish haqidagi ariza talabgor tomonidan Yagona portal orqali berilgan taqdirda arizani ko‘rib chiqish yig‘im summasining:
11,25 foizi — “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
qolgan qismi litsenziya beruvchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-yanvardagi 24-sonli qaroriga asosan birinchi — to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Markazga o‘zi kelib murojaat qilingan taqdirda litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘imning 20 foizi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Litsenziya talabgori berilgan arizani rad etgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarib berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Ariza markazga taqdim etilgan sanadan boshlab litsenziyalovchi organ:
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ikki kun muddatda litsenziya talabgorining litsenziya talab va shartlariga muvofiqligini mazkur Nizomga 5-ilovadagi shakl bo‘yicha joyiga chiqib o‘rganish o‘tkazuvchi litsenziyalovchi organning vakolatli vakili familiyasi, ismi va otasining ismining bosh harflari, o‘rganish o‘tkazish sanasi va vaqti haqida markazni Yagona portal orqali yozma ravishda xabardor qilishi shart. Bunda markaz xodimi zudlik bilan litsenziya talabgorini o‘rganish o‘tkazish sanasi va vaqti, shuningdek vakolatli vakil haqida xabardor qiladi;
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
yetti kun mobaynida hujjatlarni ko‘rib chiqadi va vakolatli xodimning o‘z vaqtida joyiga chiqib o‘rganishini ta’minlaydi. Vakolatli vakil litsenziya talabgoriga o‘z xizmat guvohnomasini ko‘rsatib, litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini o‘rganish tartibini unga tushuntiradi. Vakolatli vakil o‘rganish ishlarini bir ish kuni davomida tugatishi shart;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘n kun mobaynida litsenziya talabgorining mazkur Nizomning 8-bandida qayd etilgan litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligini ko‘rsatgan holda, litsenziyaning talab va shartlariga mosligini o‘rganadi.
(20-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vakolatli vakillar sifatida yuqori malakaga ega tegishli ixtisoslik mutaxassislari hamda sanitariya-epidemiologiya xizmati organlarining mutaxassislari jalb qilinishi kerak.
(20-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan so‘ng bir ish kuni mobaynida qabul qilingan qaror haqidagi xabarnomani markazga (o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) Yagona portal orqali elektron ravishda yuboradi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
25. Quyidagilarda:
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi xabarnomada litsenziya bank hisob raqami rekvizitlari va litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Litsenziya berish rad etilgani to‘g‘risidagi xabarnomada rad etishning sabablari, qonunchilikning aniq normalari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish va hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Litsenziyalar litsenziyalovchi organ tomonidan rasmiylashtirilib, litsenziyalovchi organ rahbari yoki u yo‘qligida uning o‘rinbosari tomonidan imzolanadi va belgilangan tartibda litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan so‘ng uch kun muddatda beriladi.
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Litsenziya talabgori mazkur Nizomga 4-ilovaning XI bo‘limida qayd etilgan litsenziya talab va shartlariga rioya etishini tegishli belgilarni qo‘yish orqali tasdiqlagan taqdirda, litsenziya bitimini imzolash talab etilmaydi.
27. Litsenziya maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi.
Litsenziya blankasi namunasi mazkur Nizomga 6-ilovada ko‘zda tutilgan namunaviy shakl asosida litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziyalar blankalari litsenziyalovchi organ buyurtmanomasiga binoan “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziyalar blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi, shuningdek berilgan, to‘xtatib turilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan va amal qilishi tugatilgan litsenziyalar haqidagi ma’lumotlar ishonchli va o‘z vaqtida tegishli axborot resurslariga kiritish uchun litsenziyalovchi organ rahbari javob beradi.
28. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘lamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
29. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida belgilangan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
30. Litsenziya berishning rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ tomonidan hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish hamda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish, litsenziya talabgorining rad etilishiga sabab bo‘lgan holatlarni bartaraf etganligi to‘g‘risidagi arizasi uni tasdiqlovchi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Litsenziya talabgorining arizasi qayta ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Litsenziya talabgorining arizasi takroran ko‘rib chiqishda ilgari yuborilgan litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomada qayd etilmagan yangi asoslar bilan litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi va litsenziyalovchi organ tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya berishning rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi ariza va uni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar mazkur Nizomning 3-bobida nazarda tutilgan tartibda taqdim etiladi. Bunda litsenziyalovchi organning mazkur Nizomning 20-bandida belgilangan tartibda amalga oshirishi lozim bo‘lgan harakatlari muddati besh kundan oshib ketmasligi lozim.
(30-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Litsenziyalovchi organ dorixona mudiri, dorixona filiali mudiri o‘zgarganligi to‘g‘risidagi xabarnomani olgan kundan e’tiboran bir oy muddatda taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va ular mazkur Nizomning 8-bandi “v”, “g”, “d” va “e” kichik bandlarida belgilangan litsenziya talab va shartlariga muvofiq ekanligi aniqlangan taqdirda reyestrga tegishli o‘zgartirishlarni kiritadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
5-bob. Dorixonaning filialini ochish tartibi
32. Litsenziat tomonidan dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bilan shug‘ullanish uchun berilgan litsenziya doirasida dorixona filiali ochilgan taqdirda litsenziat litsenziyalovchi organga mazkur Nizomning 9-bandida belgilangan tartibda tegishli ariza bilan murojaat qiladi.
33. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bilan shug‘ullanish uchun berilgan litsenziya doirasida dorixona filiali ochilgan taqdirda dorixona maydoni, filiali mavjud bo‘lgan dorixonalarga qo‘yiladigan sanitariya-epidemiologik me’yorlarga mos bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziatdan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
(34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyat Yagona portal orqali murojaat etganda, ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi;
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im dori vositalari va tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi ochiladigan filiallar soni barobaridagi miqdorda undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziat tomonidan litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza Yagona portal orqali taqdim etilganda arizani ko‘rib chiqish yig‘im summasining:
11,25 foizi — “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
qolgan qismi litsenziya beruvchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(34-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-yanvardagi 24-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Markazga o‘zi kelib murojaat qilingan taqdirda litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun belgilangan yig‘imning 20 foizi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(34-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
35. Arizani ko‘rib chiqish mazkur Nizomning 4-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
36. Dorixona filiali uchun litsenziya quyidagi qo‘shimcha talablarni nazarda tutgan holda, mazkur Nizomning 27-bandiga muvofiq rasmiylashtiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziatga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bilan shug‘ullanish uchun berilgan litsenziya ro‘yxat raqamidan so‘ng “tire” belgisi orqali ochilayotgan filial tartib raqamini ko‘rsatish;
(36-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish amalga oshiriladigan filial manzilini ko‘rsatish.
37. Dorixona filiali uchun litsenziya berishda davlat boji undirish talab etilmaydi.
6-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
Oldingi tahrirga qarang.
38. Litsenziat o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda mazkur Nizomning 9-bandida belgilangan tartibda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
(38-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Yangidan yuzaga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida faoliyatning ayni bir litsenziyalanadigan turini (uning qismini) amalga oshirish uchun litsenziyaga ega yuridik shaxslar bo‘lmish litsenziatlar qo‘shib yuborilgan taqdirda, mazkur Nizomning 9-bandida belgilangan tartibda litsenziyani qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun tugatilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizomning 27-bandiga muvofiq ravishda rasmiylashtirilgan litsenziya litsenziat tomonidan markazga bevosita taqdim etiladi. Markaz xodimi litsenziyani olgan kundan e’tiboran uch kun muddatda uni litsenziyalovchi organga taqdim etadi.
(38-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyalovchi organ ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali oladi.
(38-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
39. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilguniga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
40. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza Yagona portal orqali taqdim etilganda arizani ko‘rib chiqish yig‘im summasining:
11,25 foizi — “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi;
qolgan qismi litsenziya beruvchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Markazga o‘zi kelib murojaat qilingan taqdirda litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun belgilangan yig‘imning 20 foizi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-yanvardagi 24-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza markaz olgan kundan yoki litsenziyaning amal qilishini litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan yoki Yagona portal orqali litsenziyalovchi organ tomonidan olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
42. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqib, litsenziyani mazkur Nizomning 27-bandiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish jarayonida litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlarni elektron tarzda kiritadi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda ilgari berilgan litsenziyaning amal qilish muddati o‘zgarmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
43. Litsenziya yo‘qotib qo‘yilgan yoki u yaroqsiz holga kelib qolgan taqdirda dublikat beriladi. Dublikat olish uchun litsenziat ariza bilan markazga o‘zi kelib yoki Yagona portal orqali litsenziyalovchi organga ariza va litsenziya yo‘qotib qo‘yilganligini tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qiladi.
(43-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Litsenziya dublikati berishda litsenziya berganlik uchun nazarda tutilgan yig‘im summasining yarmi miqdorida to‘lov undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya dublikatini olish uchun Yagona portal orqali murojaat etilganda, ushbu bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
44. Litsenziyaning amal qilish muddati litsenziatning arizasiga binoan uzaytirilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish mazkur Nizomning 2, 3 va 4-boblarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza organga mazkur Nizomning 9-bandiga muvofiq litsenziyaning amal qilish muddati tugagunga qadar ikki oydan kechikmasdan berilishi kerak. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziya olish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
7-bob. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
45. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
46. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organ bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishgan holda tekshirish;
(46-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 886-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(46-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 886-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son)
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan tekshirish o‘tkazishda tegishli ixtisoslik bo‘yicha mutaxassislarni jalb qilish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda paydo bo‘ladigan masalalar bo‘yicha litsenziatdan zarur axborotni so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etishni yuklovchi qarorlar chiqarish va litsenziat aniqlangan bunday buzilishlarni bartaraf etishi shart bo‘lgan muddatlarni belgilash;
litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan taqdim etilgan tegishli materiallar, shu jumladan tekshirish uchun xarid qilish va nazorat ostida olish bo‘yicha materiallar asosida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalarining tekshiruv hujjatlari asosida dori vositalari va tibbiy buyumlarga narx belgilash tartibi qo‘pol ravishda buzilganligi uchun dorixona, dorixona filialiga berilgan litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror chiqarish;
(46-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 886-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son)
47. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
8-bob. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish
48. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Amal qilishi to‘xtatib turilgan, to‘xtatilgan va bekor qilingan litsenziyalar haqidagi ma’lumotlar litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli axborot resurslariga kiritiladi.
49. Litsenziyaning amal qilishi belgilangan tartibda to‘xtatilishiga olib keladigan, litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzilishi holatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Oldingi tahrirga qarang.
muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marta) litsenziya talablari va shartlari, shu jumladan, dori vositalari va tibbiy buyumlarga narx belgilash tartibi, retsept asosida beriladigan hamda elektron tijorat orqali dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibining buzilishi;
(49-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 549-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/549/3364-son — 2019-yil 3-oktabrdan kuchga kiradi)
dori vositalari va tibbiy buyumlarni muvofiqlik sertifikatlarisiz saqlash va (yoki) realizatsiya qilish;
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan, sifatsiz, qalbakilashtirilgan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini saqlash va (yoki) realizatsiya qilish;
dori vositalari va tibbiy buyumlarning farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan realizatsiya qilinishi;
Oldingi tahrirga qarang.
dorixonaga oliy farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxs, dorixona filialiga oliy yoki o‘rta maxsus farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxsning mudirlik qilishi;
(49-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 549-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/549/3364-son — 2019-yil 3-oktabrdan kuchga kiradi)
dorixona filiali tomonidan litsenziyalanadigan faoliyat litsenziyasiz amalga oshirilishi.
50. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyalovchi organ qarorining asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida uning ko‘rgan zarari miqdorida javob beradi.
9-bob. Litsenziyalar reyestri
51. Litsenziyalovchi organ “Litsenziya” axborot tizimi kompleksi orqali litsenziyalar reyestrini yuritadi.
52. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
a) litsenziatlar to‘g‘risidagi tashkilotning nomi va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, tashkiliy-huquqiy shakli, tashkilot rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismini (mavjud bo‘lgan holda) o‘z ichiga oladigan asosiy ma’lumotlar;
b) dorixona mudiri, dorixona filiali mudiri haqidagi ma’lumotlar:
familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud bo‘lgan xolda);
pasportga oid ma’lumotlar (seriyasi, ro‘yxat raqami, berilgan vaqti, pasportni bergan organning nomi);
dorixona mudiri uchun — oliy farmatsevtik ma’lumot haqidagi diplomi ma’lumotlari (seriyasi, ro‘yxat raqami, berilgan sanasi, kim tomonidan berilgan), farmatsevti assistenti (yordamchisi)ning o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi diplomi ma’lumotlari;
mutaxassislik nomi;
v) litsenziyalanadigan faoliyat turi amalga oshiriladigan manzil (manzillar), ish telefoni, faks;
g) litsenziya berilgan sana va tartib raqami;
d) litsenziyaning amal qilish muddati;
e) litsenziyalanadigan faoliyat turi;
j) litsenziyani qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, uning amal qilish muddatini to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
z) litsenziyaning amal qilishini to‘xtatishning asoslari va sanasi;
i) litsenziyani bekor qilishning asoslari va sanasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
54. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytida “Litsenziya” axborot tizimi kompleksida joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq bo‘ladi.
10-bob. Manzillar va xodimlar reyestri
55. Litsenziyalovchi organ qonun hujjatlari talablari buzilganligi, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibi qo‘pol ravishda buzilganligi oqibatida litsenziyaning amal qilishi to‘xtatilgan dorixona, dorixona filialining manzillari reyestri va xodimlari reyestrini shakllantiradi.
56. Litsenziyalovchi organ qonun hujjatlari buzilganligi, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibi qo‘pol ravishda buzilganligi oqibatida litsenziyasining amal qilishi to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi sudning qarorini olgan kundan e’tiboran bir kun muddatda qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan tuzilgan tekshiruv dalolatnomasi asosida manzillar reyestri va xodimlar reyestriga dorixona va dorixona filiallari manzillari va xodimlari haqidagi ma’lumotlarni kiritadi.
57. Manzillar reyestri va xodimlar reyestri litsenziyalar reyestrining bir qismi hisoblanadi va quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
a) tashkilotning to‘liq nomi va uning soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
b) qonun hujjatlari talablari buzilganligi, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibi qo‘pol ravishda buzilganligi aniqlangan dorixona, dorixona filialining to‘liq manzili;
v) qonun hujjatlari talablarini buzgan, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibini qo‘pol buzgan xodimlarning familiyasi, ismi, otasining ismi;
g) qonun hujjatlari talablari buzilganligi, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibi qo‘pol ravishda buzilganligi oqibatida litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan sudning nomi, qaror qabul qilingan sana va ro‘yxat raqami.
58. Litsenziyalovchi organ mazkur Nizomning 55-bandida ko‘zda tutilgan manzillar reyestri va xodimlar reyestriga kiritilgan ma’lumotlarni ular kiritilgan vaqtdan e’tiboran uch yil o‘tganidan so‘ng reyestrdan chiqarib tashlaydi.
59. Manzillar reyestri va xodimlar reyestridagi ma’lumotlar tanishish uchun ochiq bo‘ladi.
11-bob. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘lash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
60. Litsenziya berilganligi yoki uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun litsenziya talabgori, litsenziat tomonidan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji to‘lanadi.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
61. Litsenziyaga talabgori tomonidan ariza Yagona portal orqali taqdim etilgan taqdirda davlat boji summasining:
11,25 foizi — “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi;
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga qolgan qismi esa Respublika budjetiga yo‘naltiriladi.
(61-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-yanvardagi 24-sonli qaroriga asosan birinchi — uchinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son)
Markazlarga o‘zi kelib murojaat qilingan taqdirda, to‘lanadigan davlat bojining 20 foizi miqdoridagi mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Oldingi tahrirga qarang.
murojaat shaklidan (elektron shaklda yoki o‘zi kelgan holda) qat’i nazar davlat boji summasining 20 foizi budjetdan tashqari Rivojlantirish va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasining hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 398-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/398/3124-son)
12-bob. Yakuniy qoida
62. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash

Download 426.31 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Download 426.31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

Download 426.31 Kb.