ХULOSA..............…...…………………………………………............44 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YХATI




Download 355.4 Kb.
bet2/16
Sana07.11.2022
Hajmi355.4 Kb.
#29252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ishi
Newton, BMI-namuna 2022, БМИ, намуна БМИ, Buxoro davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, 0427cbaa-2a3f-4c8b-8989-6b6d24348c17, Abdimumin m 2 1 Copy , shiryaev pro-1, UZM2023, Xudoykulov Maruf, 1.ДИССЕРТАЦИЯ . Б ,М. доклад11, My daily routine for English CEFR, Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi-fayllar.org
ХULOSA..............…...…………………………………………............44
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YХATI..........…...………....45








KIRISH


Bitiruv ishi mavzusining dolzarbligi va uning asoslanishi. «Ta’limning yangi modeli mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni tarbiyalaydi» - deyilgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da. Ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar dasturi bo’lib xizmat qilayotgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» modelining birinchi komponenti-shaxsdir. Xuddi mana shu shaxsning shakllanishida uning erkin fikrlash imkoniyati asosiy o’rin egallaydi. Mustaqil fikr esa ta’lim jarayonida va jamiyat a’zolari bilan muloqatda vujudga keladi. Axborotlar oqimi jadal harakatda bo’lgan XXI asrda o’quvchi shaxsining muloqot madaniyatini, mustaqil fikrlash salohiyatini uzluksiz tarzda rivojlantirib borish muhim ahamiyatga ega. O’quvchi shaxsining mustaqil fikrlash faoliyatini rivojlantirish uning abstrakt tafakkurini shakllantirish bilan bog’liqdir. Bu vazifani bajarishda o’quvchilarga ilmiy bilim metodlari va usullari haqida tasavvur hosil qilish muhim ro’l o’ynaydi. Bu hol o’quvchilarning mustaqil ijodiy bilim malakalarini rivojlantiradi, ular bilimlar mantiqiy yo’l bilan egallash sirlarini o’rganadilar. Matematika fanining deduktiv asosida qurilganligining guvohi bo’ladilar. Shu bilan o’quvchilar o’z oldilarida turgan masalalarni turli yo’llar, metodlar bilan hal qilishning imkoniyatlariga ega bo’ladilar (1,2,3) Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimovning «Tafakkur» jurnali bosh muharririning savollariga berilgan javoblarida qayd etadiki, «... ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad, ozod va obod vatan jamiyatni barpo etib bo’lmaydi. Ko’rib turganimizdek bularning barchasi bir-biri bilan zanjir kabi bog’liq masaladir. Islohatlarning taqdiri va samarasi birinchi navbatda kadrlarning savoliga ularning zamon va taraqqiyot talablariga nechog’liq javob berishga taqalib kelar edi» (1,2) Bugungi kunda o’quvchilarni muammoli o’qitish milliy va umuminsoniy qadriyatlar o’z an’analarimiz asosida qayta tiklashni talab etadi. Bu bitiruv malakaviy ishda asosan ko’phadlar va uning tarkibiy qismi bo’lgan simmetrik ko’phadlar va simmetrik ko’phadlarning amaliy ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Ma`lumki, biz elementar matematika kursida va algebra va sonlar nazariyasi fanini o’rganganda chiziqli algebraik tenglamadan to to’rtinchi darajali algebraik tenglama va tenglamalar sistemasini yechishni qarab chiqqan edik. Ammo yuqori darajali tenglamalar yoki tenglamalar sistemasini yechish esa ancha qiyinchiliklar tug’dirishini ham bilamiz. Bu haqda hatto buyuk Norvegiyalik matematik Nils Abels o’zining quyidagi qimmatli fikrini bayon qilgan edi, ya’ni “ beshinchi va undan yuqori darajali tenglamalarni cheksiz sondagi amallar : qo’shish, ayirish, ko’paytirish, bo’lish va ildizdan chiqarish yordamida yechish formulasi mavjud emas “. Bu bitiruv malakaviy ishda asosan yuqori darajali tenglamalar sistemasini yechishda tenglamalar darajalarini simmetrik ko’phadlar, simmetrik funksiyalar yordamida pasaytirib yechish ishning asosiy dolzarb vazifasi qilib belgilangan.

Download 355.4 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 355.4 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ХULOSA..............…...…………………………………………............44 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YХATI

Download 355.4 Kb.