• Aqliy hujum metodi”
  • Aqliy hujum”metodining asosiy qoidalari
  • Interfaol metodlarning turlari va tashkil etish usullari




    Download 355.4 Kb.
    bet14/16
    Sana07.11.2022
    Hajmi355.4 Kb.
    #29252
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    Bitiruv malakaviy ishi
    Newton, BMI-namuna 2022, БМИ, намуна БМИ, Buxoro davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, 0427cbaa-2a3f-4c8b-8989-6b6d24348c17, Abdimumin m 2 1 Copy , shiryaev pro-1, UZM2023, Xudoykulov Maruf, 1.ДИССЕРТАЦИЯ . Б ,М. доклад11, My daily routine for English CEFR, Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi-fayllar.org
    Interfaol metodlarning turlari va tashkil etish usullari
    Interfaol metodlar – shunday metodlarki u o`quvchilarning o`zaro muloqot va o`zaro ta`siridagi dars jarayonini amalga oshiruvchi usul –
    “interaktiv” so`zi ingliz so`zidan olingan bo`lib, “Interakt”, ya`ni Inter – bu “o`zaro”, “akt” – “harakat, ta`sir, faollik” ma`nolarini beradi.
    Interfaol usullardagi dars o`quvchini ijodiy fikrlashga, olingan axborotlarni faollikda hal etishga, fikrni erkin bayon etishga, tashabbuskorlikka, guruhlarda masalalar echimini topishga, hamkorlikda ishyuritishga, fikrni yozma ravishda bayon etishga chorlaydi. Interfaol metodlarda ish yuritish, an`anaviy usullardan voz kechish degani emas. Balki mazmunni o`zaro faollikda haml eta olish demakdir. Interfaol ta`limini quyidagi sxemada keltiramiz.

    Endi interfaol metodlarga batafsil to`xtalamiz


    Hozirda yangicha metodlarni yoki innovaciyalarni ta`lim jarayoniga tadbiq etish haqida gap borganda interfaol usullarning o`quv jarayonida qo`llinilishi tushuniladi.
    Interfaollik bu o`zaro ikki kishi faolligi, ya`ni bunda o`quv-biluv jarayoni o`zaro suhbat tariqasida, dialog shaklida (komp`yuter aloqasi) yoki o`quvchining o`zaro muloqotiga asosan kechadi. Interfaollik – o`zaro faollik, harakat, ta`sirchanlik, u o`quvchi va o`qituvchi muloqotlarida sodir bo`ladi. Interfaol usulning bosh maqsadi o`quv jarayoni uchun eng qulay vaziyat yaratish orqali o`quvining faol, erkin fikr yuritishiga muhit yaratishdir. U o`zini intellektual salohiyatini, imkoniyatlarini namoyon etadi va o`quv sifati va samaradorligini oshiradi, ta`min etadi. Interfaollik asosida o`tgan darsni tashkil etish shunday kechadiki, bu jarayonda birorta ham o`quvchi chetda qolmaydi, ya`ni ular ko`rgan, bilgan, o`ylagan fikrlarini ochiq-oydin bildirish imkoniyatiga ega bo`ladilar. O`quvchilar hamkorlikda ishlashda mavzu mazmunini bilish o`zlashtirishda o`zlarining shaxsiy hissasini qo`shish imkoniyatiga ega bo`ladilar. O`zaro bilimlar, g`oyalar, fikrlarni almashish jarayoni sodir bo`ladi. Bunday holatlar o`zaro samimiylikni ta`minlaydi, yangi bilimlarni olish, o`zlashtirishga xavas ortadi, shu jarayonda bir-birlarini qo`llab-quvvatlash, o`zaro do`stona munosabatlar vujudga keladi. Buning tarbiyaviy ahamiyati katta.
    Dialog asosida kechgan o`quv jarayonlarida o`quvchi tanqidiy fikrlashga, murakkab masalalarni tahlil asosda echimini topishga, shunga yarasha axborotni izlash, ayrim al`ternativ fikrlarni o`zaro munozalarda erkin bayon qilishga o`rganadi va shunday ko`nikmalar shakllanadi. Interfaol darslarni tashkil etishda o`quv jarayonida yakka tartibda, juft bo`lib ishlash, guruhlarda ishlash, izlanishga asoslangan loyihalar, rolli o`yinlar, hujjatlar bilan ishlash, axborot manbalari bilan ishlash, ijodiy ishlashdan foydalanish mumkin. Interfaol usullar nimalarni o`z ichiga oladi? Hozirgi kunda metodistlar, amaliyotchi o`qituvchilar tomonidan turli shakl-formalar taklif etilgan.
    Ulardan:

    • juftlikda ishlash;

    • korusel`;

    • kichik guruhlarda ishlash;

    • akvarium;

    • tugallanmagan gaplar;

    • aqliy hujum;

    • Broun harakati;

    • Daraxt yechimi;

    • O`z nomimdan so`zlayman;

    • Fuqarolar eshituvchi;

    • Rolli o`yinlar;

    • Press metod;

    • O`z poziciyasini egallash;

    • Munozara; - Debantlar; - Katta davra.

    Yuqoridagilardan foydalanishda qandaydir bir maqsadni ko`zda tutib, muammoni keltirib, o`quvchilarni shu jarayonda ishlashga tayyorlab, uni ma`lum malakalarga ega bo`lgan holatlarda qo`llanilsa kutilgan natijalarni olish mumkin.
    Qo`yilayotgan muammo juda puxta o`ylangan keng qamrovli diqqatni tortadigan holda bo`lgani ma`qul.
    Umuman yuqorida keltirilgan biror formada ish yuritish, darsni tashkil etish uchun har bir mashg`ulotning koncepsiyasini yaratilishi, shu asosda uning ketma-ketligi, reglamenti, ish tartibi, maqsad, vazifalari kutilayotgan natijalar oldindan belgilab olinishi va undan o`quvchilar boxabar etilishi kerak.
    Interfaol o`qitishda o`qitish muhiti tashkil etiladi, qulay muhit yaratiladi, yaxshi tashkil etilgan o`qitish muhiti:

    • O`qish va tadqiqotlarga ko`maklashadi;

    • Turli tadqiqotlar olib borish uchun materiallarga ega bo`ladi;

    • Ijodkorlik qobiliyatlariga rag`bat beradi;

    • Ijtimoiy va kommunikativ ko`nikmalarni rivojlantiradi;

    • Fikrlar va axborotlar almashinuviga imkon yaratadi;

    • Nutqiy rivojlantirishni rag`batlantiradi;

    • Ma`lumotlarni mustaqil olish ko`nikmalarini shakllantiradi;

    • Uzluksiz ta`lim olish ko`nikmalarini rivojlantiradi;

    • Turli usullar bilan ma`lumot olish uchun resurslarni o`z ichiga oladi;

    • Ma`lumotnomalar, lug`atlar, enciklopediyalar, geografik xaritalar, komp`yuter, tajriba o`tkazish uchun turli asboblar, materiallar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo`ladi.

    O`quv material mazmuni, nimaga o`rgatilishi tahlili motivaciyasi o`qituvchi o`quvchi ketma-ketlikdagi harakatlari ko`zda tutiladi.
    Aqliy hujum metodi”
    Keyingi paytda miya ish faoliyatining foydali ish koefficientini oshirishga mo`ljallangan turli xil metodlar ishlab chiqilmoqda. Vaholangki, mutaxassislarning fikricha, miyaning bor yo`g`i etti foizigina ishlar ekan, xolos. Miya faoliyatini faolashtiradigan ta`lim usullarida ijtimoiy psixologik trening, sinektika, autogen mashq, morfologik tahlil, rolli o`yin, “aqliy hujum” va boshqalar kiradi.
    “Aqliy hujum” – “breynstorming” (brain storming) inglizcha so`zdan olingan bo`lib, faol ta`limning, boshqaruvning va tadqiqotning metodlaridan biri hisoblanadi. Bu metod aqliy faollikni qo`zg`atadi, ijodiy va innovacion jarayonlarni jadallashtiradi.
    Bu metodning paydo bo`lishi ikkinchi jahon urushida Yapon dengizida xizmat qilgan amerikalik mutaxassis A.Osborn bilan bog`liq bo`lib, ular harbiy kemani qanday qilib torpedolardan himoya qilish mumkinligi masalasida kema Kengashi o`tkaziladi. Kengash qoidasiga ko`ra hamma - yungadan tortib kapiangacha har qanday hatto hayotiy va amalga oshirib bo`lmaydigan g`oyalarni ham aytaversa bo`lardi, har qanday takliflar yozilib borildi. Matroslardan biri shunday fikrni ilgari surdi: “Torpedoni sezib qolsam, men butun komandani bortga tizardimda, torpedoga qarab puflashni buyurardim”. G`oyani eshitib hamma kulib yubordi, hatto shu g`oya ham yozildi. Muhokama paytida bu g`oya qaytadan ishlab chiqildi va suvning kuchli oqimidan foydalanishga qaror qilindi. suv nasosidjan otilayotgan suv oqimi yordamida torpedoga urildi va u to`xtatildi. Bir qarashda kulgili tuyulgan g`oya masalani hal qildi qo`ydi.
    50-yillarning oxiriga kelib amerikalik psixolog A.Osborn o`zi ishlayotgan universitetda “aqliy hujum” metodini kutilmagan g`oya va takliflar to`plash va murakkab bo`lgan masalalarni echish usuli sifatida targ`ib qila boshladi.
    Ijodiy faollikning va mahsuldorlikning stimulyatori hisoblangan “aqliy hujum” metodi asosan yangi original fikrlarning tug`ilishiga qarshilik ko`rsatuvchi tanqidiy muhitning yo`qligi deb atalgan psixologik mexanizmga tayanadi. Bunday muhitda hech qanday fikr tanqid qilinmaydi, noto`g`ri fikr aytishdan qo`rqilmaydi, hech kimning ustidan kulinmaydi.
    Shunday qilib, “aqliy hujum” metodi dastlab AQSh, Angliya, Franciyada so`ngra Yaponiyada ishlatilgan. 70-yillardan boshlab Rossiyada 90-yillardan boshlab esa O`zbekistonda ishlatila boshlandi.
    Aqliy hujum”metodining asosiy qoidalari
    “Aqliy hujum” metodini o`tkazilish texnologiyasini quyidagicha tushurtirsa bo`ladi.
    “Aqliy hujum” metodini o`tkazuvchi kishi ma`lum muammoni ilgari suradi va ishtirokchilardan bu muammoni hal qilish bo`yicha qanday mulohazalari borligini so`raydi hamda ulardan keng kutilmagan fikrlarni ham ilgari surishlarini so`raydi. Metodni o`tkazuvchi kishi barcha fikrlarni yozib boradi. Shu o`rinda aytilayotgan fikrlarga nisbatan tanqidiy munosabat bildirmaydi va fikrlar oxirigacha, so`nggisi aytilganigacha yozib borilaveradi. “Aqliy hujum” metodini o`tkazishdan ko`zlangan maqsadlar quyidagilar:
    -muammoni hal qilish uchun g`oyalarni chiqarish;

    • -g`oyalarni ularning ahamiyatligiga qarab tartiblash;

    • -faol fikrlash malakasini shakllantirish;

    • -kutilmagan g`oyalarning paydo bo`lish jarayonini namoyish qilish;

    • -topilgan g`oyalardan foydalanish ko`nikmasini shakllantirish.

    Ijod psixologiyasida ta`kidlanadiki, g`oyalarni ishlab chiqish jarayonida tanqidiy fikrlar bu jarayonni sekinlashtiradi. Hatto eng kuchli g`oyalar generatori ham tanqidchilarga qarshilik ko`rsatishga ojizlik qilishi mumkin. Shuning uchun ham “aqliy hujum”da quyidagi qoidalarga amal qilinadi:

      1. G`oyalarning ilgari surilishi bosqichida tanqid (hatto xazil) mutlaqo taqiqlanadi.

      2. Original, hatto fantastik g`oyalar rag`batlantiriladi.

      3. Barcha g`oyalar yozib boriladi yoki audio yoki videoplyonkada qayd qilinadi. agar ma`qul topishsa muallifning o`zi ham yozib borishi mumkin.

      4. “Aqliy hujum” metodi qatnashchilari hammasi bir-biri bilan yuridik va administrativ (ma`muriy) jihatdan mutlaqo bog`liq bo`lmasligi zarur.

      5. Tahlilchilar guruhi nisbatan samarali g`olarni tahlil qiladi, sintez qiladi, baholaydi va tanlaydi.

      1. Biz masalani echamiz va muammolar qolmaydi!

      2. Muammo o`ta murakkab, biz uni hal qilamiz!

      3. Har qanday muammo yagona to`g`ri echimga ega. Agar biz uni topolmasak dahshat bo`ladi!

      4. Har qilinmagan muammo asabni taranglashtiradi, kayfiyatni tushiradi, vijdonni qiynaydi. Vahima bizga yarashmaydi!

      5. Muammolarni hal qilish ko`nikmasini shakllantiramiz!


    Download 355.4 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 355.4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Interfaol metodlarning turlari va tashkil etish usullari

    Download 355.4 Kb.