|
O`zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
|
bet | 2/57 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 7,65 Mb. | | #159381 |
Bog'liq 5-7 tugarak hujjatlariSh.X. Abduraxmonov
|
– Muzrabod tumanidagi 15- umumiy o`rta ta`lim maktabi informatika va axborot texnologiyalari fani o`qituvchisi.
|
Sh.T.Bo`riyeva
|
–Uzun tumanidagi 20- umumiy o`rta ta`lim maktabi informatika va axborot texnologiyalari fani o`qituvchisi.
|
S.S.Mustafoqulova
|
Boysun tumanidagi 13- umumiy o`rta ta`lim maktabi informatika va axborot texnologiyalari fani o`qituvchisi.
|
T.M.Qo’shaqov
|
–Qiziriq tumanidagi 21- umumiy o`rta ta`lim maktabi informatika va axborot texnologiyalari fani o`qituvchisi.
|
I.Y.Aliyarov
|
–Shurchi tumanidagi 18- umumiy o`rta ta`lim maktabi informatika va axborot texnologiyalari fani o`qituvchisi.
|
Taqrizchilar:
p.f.n.O.Berdiyeva – “Tabiiy va aniq fanlar metodikasi” kafedra mudiri
prof. Ch.Normurodov – Ter DU “Informatika va axborot texnologiyalari
kafedra mudiri
Sh.Xidirov – Viloyat XTB matematika-informatika fanlari metodisti
Ushbu uslubiy tavsiya Termiz davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Tabiiy va aniq fanlar metodikasi” kafedra katta o`qituvchisi B.Xurramov umumiy tahriri asosida tayyorlandi.
Kirish
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida Informatika va axborot texnologiyasi va axborot texnologiyasidan o’quvchilarning fan asoslarini mustahkam va chuqur o’zlashtirishga bo’lgan qiziqishlari va ehtiyojlarini rivojlantirish, o’zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo’llash, kasbga yo’naltirishni amalga oshirish, qo’shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko’nikmalarni shakllantirish, internet tizimi yordamida axborot izlash, olish va qayta ishlashni o’rgatish maqsadida o’qitish jarayonining yangi shakli qo’shimcha mashg’ulotlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Qo’shimcha mashg’ulotlar o’quv yili davomida 5-7-sinflarda 17 soatdan, 8-11-sinflarda 34 soatdan 68 soatgacha mashg’ulotlar o’tkazilishi ko’zda tutiladi.
Qo’shimcha mashg’ulotlar ikki haftada 1 soatdan yoki ikkinchi yarim yillikda haftasiga 1 soatdan o’tkazilishi mumkin. Qo’shimcha mashg’ulotlarda o’quvchilarni ishtirok etishi asosiy darsdagi kabi tashkil etishi shart.
Qo’shimcha mashg’ulotlar uchun o’quv soatlari maktabning pulli va pulsiz to’garak mashg’ulotlari hisobidan tashkil etiladi.
Pulsiz mashg’ulotlar amaldagi o’quv dasturining uzviy davomi sifatida maktabning Informatika va axborot texnologiyasi fani o’qituvchisi tomonidan o’tilib, sinf jurnaliga rasmiylashtiriladi.
Qo’shimcha mashg’ulotning asosiy maqsadi o’quvchilardagi fanga bo’lgan qiziqishni rivojlantirish, ularning darsda olgan bilimlarini to’ldiruvchi bilim, malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirishdan iborat.
Informatika va axborot texnologiyasida o’tkaziladigan qo’shimcha dars mashg’ulotlari asosiy dars jarayonida egallangan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga qaratilgan bo’lishi lozim. Shundagina qo’shimcha mashg’ulotlar dars mashg’ulotlarining mantiqiy davomi bo’lib xizmat qila oladi.
Qo’shimcha mashg’ulotlarning samaradorligini oshirish uchun o’qituvchi o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradigan, mantiqiy, mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarni rivojlantirishga imkon beradigan o’qitish metodlari, axborot kommunikastion texnologiya vositalari va axborot-ta’lim resurslaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bevosita Informatika va axborot texnologiyasi fanidan kompyuter operatori, Ofiice dasturlarini o’rganish, dasturlash tillarini o’rganishga, veb-sahifalar tayyorlashga, taqdimot slaydlari yaratish sirlarini o’rganishga yo’naltirilgan qo’shimcha mashg’ulotlar tashkil etish mumkin.
(namuna)
______________ tuman XTBga qarashli ___- umumiy o`rta ta`lim maktabi direktorining buyrug`i
“Maktabda fan to`garaklarini
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O`zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
|