|
-rasm. Astariga oldin qotirma qo`yib olingan bеlbog`ni shimga ulash
|
bet | 16/29 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 3,94 Mb. | | #254819 |
Bog'liq diplom ishi namuna1-rasm. Astariga oldin qotirma qo`yib olingan bеlbog`ni shimga ulash.
Belbog’ astari gulfikka va tugma joyi astariga hamda belbog’ astari bilan avrasining yuqori qirqimlari bir-biriga ulanadi, ayni vaqtda kamar tutkichlarni yuqori uchi ham qo’shib tikiladi. Belbog’ o’ngiga ag’darilib, astar ulangan chok to’g’rilanadi va belbog’ avrasidan 0,2-0,3 sm kant hosil qilib, yuqori ziyidan 0,7-1,0 sm narida ko’klanadi. Ayni vaqtda gulfikning astarining pastki ziyi, tugma joy astarining ichki ziyi qo’lda yoki maxsus mashinada old va ort bo’laklar o’ngi tomondan ilintirib ko’klanadi. Bunda baxyaqator belbog’ va tugma joyi ulangan choklardan 0,5 sm masofada yuritiladi. Shu bilan birga orqa va yon cho’ntak xaltalarning yuqori qirqimlari ham shim avrasiga ko’klab ketiladi.
2-rasm. Avrasiga qotirma qo`yilgan astarli bеlbog`ni yoki tasmali bеlbog`ni bir ignali mashinada
shimga ulash.
Shim bo’laklarining o’ngi tomonidan belbog’ va tugma joy ulangan choklardan 0,2 sm masofada bostirma chok tikiladi. Ayni vaqtda yon choklar cho’ntak yuqorisidagi qismining ikki yoniga hamda ort bo’laklardagi vitochkalar ikki yoniga bostirma chok yuritiladi. Bu bostirma chok taqilma kertimidan boshlanib, oval shaklidagi belgi chiziq boylab davom etib, keyin taqilma ziyidan 4 sm masofada belbog’ boylab tikiladi, 1-rasm.
2-usul. Belbog’ astariga oldin qotirma qoyib olinmaydigan bo’lsa, qotirma belbog’ avrasiga ilintirib ko’klanadi. Belbog’ avrasi shim tagiga, ularning yuqori qirqimlari to’g’rilanib, o’ngi tomoni ichkariga qaratib qoyiladi, shimning teskri tomoning ustiga belbog’ astari va uning o’ngini pastga qaratib qoyiladi. Bu uchala bo’lakning qirqimlarini bir-biriga to’g’rilab, shu qirqimlardan 0,8-1,0 sm narida belbog’ astari tomondan baxyaqator tikiladi, 2-rasm, a. Belbog’ astari tomonidan baxyaqator yuritib tikiladi, 2-rasm, b. Belbog’ avrasi bilan astarining yuqori cheti ichkari tomonga 0,7 sm kenglikda bukib tikiladi. Bunda baxyaqator bukilgan ziydan 0,1-0,2 sm masofa o’tadi. 2-rasm (v).
Belbog’ bir ignali mashinada ulanishda astar bilan qotirma o’rniga tasma qoyiladigan bo’lsa, oldin belbog’ avrasini ulab olinib, hosil bo’lgan chok belbog’ tomonga yotqizib dazmollanadi. Belbog’ yuqori qirqimi teskarisi tomonga 0,7 sm bukiladi. Uning ustiga tasma qoyib, belbog’ avrasidan 0,1 sm kant hosil qilib tasmaning yuqori cheti boylab bostirib tikiladi (v). Tasmaning pastki cheti esa belbog’ ulangan chok ustiga bezak baxyaqator yuritayotganda tikiladi.
3-usul. Belbog’ qo’sh ignali mashinada ulanadigan bo’lganda ham 3-rasm, a unga astar yoki tasma qoyilishi mumkin. Belboqqa astar qoyiladigan bo’lsa, qotirma avraga ko’klab olinadi. Belbog’ avrasi bilan astar shimning yuqori qirqimiga maxsus buklagichli mashinada ulanadi va bir vaqtda bostirib tikiladi. 3 rasm b.
|
| |