• IV. Shim taqilmasiga molniyali tasma qoyib ishlov berish
  • III. Shim o’rta qirqimlariga ishlov berish




    Download 3,94 Mb.
    bet15/29
    Sana27.05.2024
    Hajmi3,94 Mb.
    #254819
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
    Bog'liq
    diplom ishi namuna

    III. Shim o’rta qirqimlariga ishlov berish

    3.1. Shim bo’laklarining o’rta qirqimlarini biriktirib ko’klash.

    Nina, ip.







    Shim bo’laklarining o’ngini ichkariga qaratib, odim choklarini va ort bo’lak uloqlarini va ort bo’lak uloqlarining choklarini bir-biriga to’g’ri keltirib, o’rta qirqimlari chap tomondan biriktirib ko’klanadi yoki unga perpendikulyar joylashtirib to’g’nog’ichlar bilan to’g’noladi.

    3.2. Shim o’rta qirqimlarini biriktirib tikish.

    Maxsus, universal tikuv mashinalari.







    Shim o’rta qirqimlari ko’klangan tomondan, biriktirib tikiladi, baxyaqator qaviqqatordan 0,1 sm oraliqda yuritiladi. Biriktirib tikishda oralig’i 0,1 sm bo’lgan ikkita baxyaqator yuritib va chokni cho’zib turib tikiladi. Chok cho’ziluvchan bo’lishi uchun zanjirsimon baxyali maxsus mashinada biriktirib tikiladi.

    3.4. Qaviqqator iplarni so’kib tashlash.

    Qaychi.




    O’rta qirqimlarni biriktirib ko’klangan iplari so’kib tashlanadi.

    3.5. Dazmollash.

    Dazmol, dazmol mato,





    O’rta chok maxsus taxta qolip ustiga, oldin namlab keyin yorib dazmollanadi.

    IV. Shim taqilmasiga molniyali tasma qoyib ishlov berish

    4.1. Taqilma astarini tikish.

    Maxsus mashina.





    Tugma joyiga astar qoyib, tashqi qirqimi ag’darma chok bilan tikiladi. Bo’lak o’ngiga ag’darilib, asosiy bo’lakdan 0,2 sm kant hosil qilib dazmollanadi. Taqilma joyi ichki qirqim tomoniga molniya tasmaning bir tomonini qoyib astar, avra va tasma qirqimlari yo’rmalanadi.

    4.2. Shim old bo’lagi bilan molniya tasmani biriktirib tikish.

    Maxsus mashina.







    Taqilma joyi, molniya tasma bilan birga shim old bo’lagining o’ng tomoniga biriktirib tikiladi. Chok haqqi asosiy bo’lak tomonga yotqizib dazmollanadi, o’ngi tomondan bostirib tikiladi.

    4.3. Molniya tasmani chap bo’lagini biriktirib tikish.

    Maxsus mashina.







    Old bo’lak mag’izning ichki qirqimi maxsus mashinada yo’rmalanadi. Mag’izni o’ngiga belgilangan chiziq boylab molniya tasmani ikkinchi tomonini qoyib, bostirib tikiladi. Bunda baxyaqator tasma chetidan 0,2 sm oraliqda yuritiladi.

    4.4. Molniya tasmaga uqa qoyib, kant hosil qilib tikish.

    Maxsus mashina.







    Shim old bo’lagini chap tomonidagi taqilma joyiga mag’izni qoyib, uqa bilan birga ag’darma chok solib tikiladi. Mag’izni shim teskarisiga ag’darib, asosiy bo’lakdan 0,2 sm kant hosil qilib dazmollanadi va belgilangan chiziq boylab taqilmaning o’ngidan baxyaqator yuritiladi.

    4.5. NII berish.

    Qaychi, dazmol mato, dazmol.




    Tayyor shim taqilmasining ortiqcha iplari qirqiladi. Belgi chiziqlar yo’qotiladi va yaxshilab NII berish.

    Shim yuqori qirqimiga belbog’ ulab, mag’iz yoki korsaj qoyib tikiladi. Modelga ko’ra belbog’da kamar tutkich bo’lsa, uni shim yuqori qismiga ulash paytida belbog’ tagiga kamar tutkichning pastki qirqimini qoyib, ularni belbog’ ulanadigan chokka perpendikulyar joylab tikiladi. Kamar tutkichning yuqori qirqimini ichkariga bukib, kamar o’tishiga soliqi hosil qilib, bukilgan ziydan 0,1-0,2 sm oraliqda bostirib tikadi. Kamar tutkichlar modelga qarab joylashtiriladi. Ushbu modulda shim yuqori qirqimiga ishlov berishning bir necha usullarini ko’rib chiqamiz.


    Shim belbog’i ulama bo’lsa, unga ip yoki ipak gazlamadan qotirmali astar qoyiladi. Astar o’rniga kengligi 6-7 sm maxsus tasma qoysa ham bo’ladi. Belbog’ shimning old va ort bo’laklariga bir ignali yoki qo’sh ignali mashinalarda ulanadi.
    Belbog’ bir ignali mashinada ulanadigan bo’lsa, oldin belbog’ astariga qotirma qoyib, belbog’ avrasi shimga ulangandan keyin qotirmali astar belbog’ avrasiga qoyiladi yoki belbog’ avrasidan oldin qotirma qoyib olmay, belbog’ avrasi, astari va astar qotirmasi bir vaqtda shimga ulanadi. Belbog’ astariga oldin qotirma qoyib olinadigan bo’lsa, qotirma bilan astarning pastki qirqimi 0,4 sm kenglikda ag’darma chok solib tikiladi, astar chok atrofidan aylantirib dazmollanadi. Shim yuqori qirqimiga belbog’ni-belbog’ tomondan 1 sm chok solib ulanadi. Modelda kamar tutkichlar mo’ljallangan bo’lsa, ular o’ngini shim old bo’lagi o’ngiga qaratib qoyiladi, belbog’ ulanayotganda qo’shib tikiladi. Belbog’ ulangan chok yorib dazmollanadi. Kamar tutkichlarni 0,3-0,4 sm bo’shroq qoldirib, ularning yuqori uchi belbog’ yuqori qirqimiga tikiladi.
    Cho’ntak xaltalar to’g’rilanib, belbog’ ulangan chokka qo’lda yoki maxsus mashinada ko’klanadi.
    Ort bo’laklar chokining yuqori qismi 15-18 sm uzunlikda 1 sm biriktirma chok bilan tikiladi. Bu chok yorib dazmollanadi. O’rta chok haqqi kengroq qoldiriladigan bo’lsa, belgilangan chiziqlar boylab tikiladi. Ort bo’laklar o’rta choki, ularga belbog’ va belbog’ astari ulab olingandan keyin tikilsa ham bo’ladi. Bunda chap va o’ng bo’laklardagi belbog’ va astar ulangan choklar bir-biriga to’g’ri keltirilib, o’rta chok, belbog’ choki va uning astar choki bir vaqtda tikiladi. Keyin hamma choklar yorib dazmollanadi.




    Download 3,94 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




    Download 3,94 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III. Shim o’rta qirqimlariga ishlov berish

    Download 3,94 Mb.