Texnologiya asosida faoliyat turlari
|
Tavsiya etiladigan moslama va uskunalar
|
Chizma
|
Standart asosida operatsiyani bajarish tartibi
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
Bo’laklarni tekshirish.
|
Sm.lenta, qaychi bo’r.
|
|
1-asosiy bo’laklar (old bo’lak).
1 ta bo’lak;
2 ta mag’iz – avradan 2-ta bo’lak.
3-ko’rinma avradan-1ta bo’lak;
4-cho’ntak xalta – 1ta bo’lak; Ikki bo’lakdan iborat 5-boylama – 1 ta bo’lak.
|
Cho’ntak o’rnini belgilash
|
Sm lenta, chizg’ich, bo’r.
|
|
1-cho’ntak o’rni belgilanadi. 2-3-chiziqlar bilan cho’ntak og’zi tugallanadigan joyi belgilanadi: 4-5- chiziqlar esa mag’iz ulash joyini belgilaydigan yordamchi chiziq.
|
Boylama qoyish
|
Dazmol.
|
|
Asosiy bo’lakni teskari tomonidan boylamaning o’rtasida cho’ntak o’rnini belgilaydigan joyda o’rnini to’g’rilab, ko’klab ulanadi yoki еlim boylama bir tomoniga еlim qoplangan gazlamadan bichilgan bo’lsa, dazmolda yopishtiriladi.
|
Mag’izlarni buklab dazmollash.
|
Dazmol.
|
|
Mag’izlar dazmollanadi. Ustki tomondagi mag’iz uzunasiga ikki bukib dazmollanadi. Ostki tomondagi mag’iz esa uzunasiga 13 kenglikda bukib tikiladi.
|
Mag’izlarni ulash.
|
Universal mashina.
|
|
Asosiy bo’lakning o’ng tomoniga mag’izlar qirqimini cho’ntak og’zi qirqimi tomon qaratib mag’iz bukilgan ziylarini yordamchi chiziqlarga to’g’rilab ulanadi. Ostki mag’izning kalta tomonini pastga qaratib qoyiladi. Mag’izning yon tomonlari cho’ntak uchlaridan 15-20 mm bo’lishi kerak. Mag’iz bukilgan ziylar 5-7 mm oraliqda ulanadi. Baxyaqator uchlari qayta baxyaqator yuritib puxtalanadi. Mag’izlangan chok boylama tomondan tekshirib ko’riladi. Baxyaqatorlar bir chiziqda parallel bo’lib, bir xil oraliqda tugallanishi kerak.
|
Cho’ntak og’zini qirqish.
|
Qaychi.
|
|
Asosiy bo’lakni (bo’lakni teskarisidan boylama tomonidan) baxyaqatorlar orasida cho’ntak og’zining tugallanadigan chiziqqa 1,0-1,5 mm еtkazmay 2 chetidan burchak hosil qilib, baxyaqatorga 1-2 mm еtkazmay qirqiladi. 2 chetidan еtkazmay burchak hosil qilib, baxyaqatorda 1-2 mm еtkazmay qirqiladi. Mag’izlar asosiy bo’lak teskarisiga ag’dariladi.
|
Cho’ntak ramkalari ziyini ko’klash.
|
Angishovna, igna, ip.
|
|
Cho’ntak og’zini qirqimdan hosil bo’lgan teshikdan mag’izlar shunday ehtiyotkorlik bilan o’tkazish kerakki, bunda mag’iz ziylari tutashtirilib to’g’rilanadi. Cho’ntakning yuqori va pastki tomonidagi ziylari 5-7 mm li yiriklikdagi sirma qaviq bilan ko’klanadi. 40 raqamli oddiy ip ishlatiladi.
|
Cho’ntakni dazmollash.
|
Dazmol, press, dazmol mato.
|
|
Cho’ntakning o’ng tomoniga namlangan mato qoyib ramkalari dazmollanadi.
|
Cho’ntak uchlarini puxtalash.
|
Ikki ipli universal mashina.
|
|
Cho’ntak ramkasini uzunasiga tortib, burchaklari to’g’rilanadi. Cho’ntak uchlari mashinada qayta baxyaqator bilan puxtalanadi.
|
Cho’ntakka NII berish.
|
Dazmol.
|
|
Cho’ntakning og’zi o’ng tomondan namlangan mato qoyib dazmollanadi. .
|
Cho’ntak xaltaning ikkinchi bo’lagiga ko’rinmani bostirib tikish.
|
Maxsus, universal tikuv mashinalari.
|
|
Cho’ntak xalta ustiga ko’rinma qirqimini 5-7 mm ga bukib, bukilgan ziydan 1-2 mm oraliqda bostirib tikiladi. Cho’ntak xalta bilan ko’rinmaning yuqori qirqimlari bir-biriga to’g’ri kelishi kerak. Ziy to’qilgan gazlamadan tikiladigan kiyimlarni ko’rinmasi cho’ntak xaltaga kengligi 0,7-1,0 mm bo’lgan biriktirma chok bilan ulanadi. Chok cho’ntak xalta tomonga yotqizib dazmollanadi
.
|
Cho’ntak xaltani mag’iz pastki uchiga ulash.
|
Universal mashina.
|
|
Cho’ntak xaltaning ko’rinmas tomoni mag’izning pastki tomoniga o’ngini ichkariga qilib, 7-10 mm kenglikdagi chok bilan ulanadi.
|
Cho’ntak xalta bilan ko’rinmani yuqori tomonidagi mag’izga ulash.
|
Maxsus, universal tikuv mashinalari.
|
|
Cho’ntak xalta qiyilmaydigan qilib to’g’rilanadi va old bo’lak teskari tomonidan yuqori mag’iz ulangan joydan 1-2 mm oraliqda cho’ntak xalta bilan ko’rinma yuqori mag’izga ulanadi.
|
Cho’ntak xaltani biriktirib tikish.
|
Maxsus, universal tikuv mashinalari.
|
|
Cho’ntak xaltani uchta tomoni biriktirib tikiladi. Cho’ntak uchlari puxtalanadi. Chok uchun oddiy ip ishlatiladi.
|
Cho’ntak xaltani yo’rmash.
|
Maxsus, universal tikuv mashinalari.
|
|
Tayyor bo’lgan cho’ntak xaltaning ochiq qirqimlari va cho’ntakning qolgan qirqimlari maxsus mashinada yo’rmalanadi.
|
NII berish.
|
Dazmol, press, dazmol mato, suv purkagich.
|
Cho’ntak oldin teskari tomondan dazmollanadi keyin namlangan matoni qoyib o’ngi tomondan dazmollanadi.
|
Shimning yon qirqimlarini biriktirayotgan ort va old bo’laklarning o’ngi tomonini ichkariga qaratib qoyiladi, qirqimlari va nazorat belgilari to’g’ri keltiriladi. Old bo’lak boylab maxsus mashinada 10 mm kenglikda chok solib biriktirib tikiladi va chok yorib dazmollanadi. Yon choklari bostirib tikilgan shimda ort bo’lak qirqimlari old bo’lak qirqimlaridan 2 mm orttirib qoyiladi. Old bo’lak o’ng tomonidan 7-8 mm kenglikda chok bilan bostirib tikiladi.