Texnologiya asosida faoliyat turlari
|
Chizma
|
Standart asosida operatsiyani bajarish tartibi
|
I. Erkaklar shimi asos konstruktsiyasini modellash
|
1.1. Erkaklar shimi texnik chizmasi (old va ort tomondan ko’rinishi) ni chizish.
|
|
Shim tashqi ko’rinishi rasmi chizib olinadi.
|
1.2. Shim tashqi ko’rinishiga yozma tavsif berish.
|
Misolga qaralsin.
|
1.3. Shim asos konstruktsiyasini modellash uchun tayyorlash.
|
|
Shim asos konstruktsiyasining chizmasi T-82 moduldan olinadi. Buning uchun old va ort bo’laklardan alohida nusxa ko’chiriladi.
|
1.4. Shim old bo’lagida taxlama o’rnini belgilash.
|
|
Bel chiziqda ikkita taxlama o’rni belgilanadi. Taxlamalar yon cho’ntak tomondan qarab qoyiladi. Taxlamalardan biri vitochka yoni old buklov chiziq o’rnida belgilanadi.
|
1.5. Old bo’lakni kengaytirish (taxlama haqqiga).
|
Old bo’lak buklov chizig’i boyicha boy barobar kesib olinadi va parallel kengaytirish vositasida kengaytiriladi. Taxlamalar kengligi 1,5-2,0 sm. Taxlama o’nida kertiklar belgilanadi.
|
1.6. Shim yon cho’ntagini modellash.
|
|
Shim old bo’lagida yon qirqma og’ma cho’ntak o’rni belgilanadi. Yon chokdan cho’ntak og’zigacha bo’lgan masofa – 3 . . . 4 sm. Cho’ntak og’zi kattaligi 16,5 . . . 18,5 sm, shu jumladan kichik razmerlar uchun (92 . . . 96) – 16,5 yon katta razmerlar uchun – 18,5 sm. Old bo’lak konstruktsiyasida cho’ntak ko’rinmasi o’rni belgilnadi.
|
1.7. Shim pochasi kengligini modellash.
|
Pocha kengligi tayyor shimlarda 20 . . 32 sm gacha bo’lishi mumkin. Pocha kengligi modelga qarab aniqlanadi.
|
1.8. Shim taqilmasi gulfigini modellash.
|
Shim chap old bo’lagi gulfik (adip) bilan yaxlit loyihalanadi. Gulfik kengligi 4 sm, uzunligi 18 . . 20 sm.
|
1.9. Shim ort bo’lagini modellash.
|
|
Shim ort bo’lagida bitta qirqma cho’ntak loyihalnadi. Cho’ntak og’zi kattaligi 17 . . . 19 sm, cho’ntak loyihalash sxemasi 5-rasmda berilgan.
|
1.10. Shim model konstruktsiyasi konturlarini andoza uchun tayyorlash.
|
Shim old va ort bo’lak model konstruktsiyasining chizmasi yana bir bor tekshiriladi. Taxlama, ziylar o’rnini belgilovchi kertiklar, cho’ntakni o’rnatish chiziqlari, izma va tugmalar o’rni yana bir bor tekshiriladi, tanda ipi yo’nalishi chiziladi. Bo’lak konturlari chizib chiqiladi va andozalar uchun tayyorlanadi.
|
II. Shimning asosiy andozalarini ishlab chiqish
|
2.1. Shim bo’laklarini model konstruktsiya chizmasidan ko’chirish.
|
|
Shim model konstruktsiyasi chizmasidan shim old, ort bo’laklari, tushirib olinadi. Kalka qog’oz yoki bazis orqali. Bunda har bir bo’lakka tegishli kertik va ichki asosiy konstruktiv chiziqlar ham tushiriladi.
|
2.2. Shim bo’laklariga texnologik ishlov berish usulini aniqlash.
|
|
Shim bo’laklarining yig’ma chizmasi va asosiy texnologik uzellarga ishlov berishning sxemasi o’rganib chiqiladi. (T-85, T-86, T-87 modullarga qaralsin).
Sorochka bo’laklarining yig’ma chizmasi va asosiy texnologik uzellariga ishlov berishning sxemasi o’rganib chiqiladi. (T-49, T-50 moudullarga qaralsin). Ishlatiladigan asbob va jihozlar ko’rsatiladi. Qirqimlar boyicha chok haqqi miqdori aniqlanadi. Chok haqqi miqdorini tanlashda texnologik ishlov berish usli va material xossalari inobatga olinadi.
|
2.3. Old bo’lak andozasini tayyorlash.
|
|
Old bo’lak konturlari boylab chok haqqi qiymatlari qoyib chiqiladi va andoza konturi chiziladi. Chok haqqi qiymati 2-jadvalda keltirilgan. Taxlamalar o’rnida, yon cho’ntak og’zi uchun odim va yon chokda tizza chizig’i sathida kertiklar qoyiladi. Tanda ipi yo’nalishi chizig’i belgilanadi. (3-jadval).
|
2.4. Shim old cho’ntagi ko’rinmasini chizish.
|
|
Model konstruktsiyadan (4-rasm) ko’rinma konturi ko’chirib olinadi. Chok haqqi qiymatlari qoyiladi: bel qirqimida – 1 sm, yon qirqimida – 1 sm, cho’ntak osti qirqimi 1,5-2 sm.
|
2.5. Shim ort bo’lagi andozasini tayyorlash.
|
|
Ortbo’lak konturlari boylab chok haqqi qiymatlari qoyib chiqiladi va andoza konturlari chiziladi (2-jadval). Vitochka o’rnida, adim va yon chokda tizza chizig’i, sathida kertiklar qoyiladi. Ort bo’lak xishtakli bo’lsa, xishtak ajratilib olinadi. Xishtak kengligi 5-6 sm. tanda ipi chizig’i belgilanadi.
|
2.6. Ort bo’lak xishtagi (og’ ulog’i) andozasini tayyorlash.
|
|
Xishtak konturi boyicha chok haqqi qoyib chiqiladi va xishtak andozasi tayyorlanadi. Xishtak barcha qirqimlari boyicha chok haqqi qiymati 1 sm.
|
2.7. Andozalarni qirqib olish.
|
|
Andoza konturlari chetlaridan bir oz qoyim qoyib (1,5 mm) qirqib olinadi. Bunda qirqimning silliqligiga e’tibor beriladi.
|
2.8. Andoza qirqimlarining muvofiqligini tekshirish.
|
|
Shim old va ort bo’laklarini, o’zaro birikuvchi qirqimlarini ustma-ust qoyib, uzunligi va konqomattsiyasi boyicha tekshiriladi. Bunda bo’laklar kertiklar boyicha qirqimlar muvofiqlashtiriladi. Qirqim uchlariga chokning qaysi tomonga dazmollanishiga qarab aniqlik kiritiladi.
|
Shim orqa bo’lagi asosan cho’ntaklar listochkali, qirqma qopqoqli, qirqma qopqoqsiz, kantli, qirqma ramkali qoplama, shakldor qirqmali bo’ladi. Model qandayligiga qarab bu cho’ntaklar turli yo’nalishda: gorizontal, qiya va vertikal bo’lishi mumkin. Shim orqa bo’lagida cho’ntaklar turiga qarab ularni tikilish texnologiyasi ham bir-biridan farq qiladi. Quyidagi modulda shim orqa bo’lagida cho’ntaklarga ishlov berish haqqida umumiy ma’lumot va asosiy mavzu boyicha texnologik ishlanma keltirilgan.