• Kantli va ramkali qirqma cho’ntaklarni tikish
  • Qopqoqli qirqma cho’ntakni tikish




    Download 3,94 Mb.
    bet10/29
    Sana27.05.2024
    Hajmi3,94 Mb.
    #254819
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
    Bog'liq
    diplom ishi namuna

    Qopqoqli qirqma cho’ntakni tikish
    Bunday cho’ntak qopqog’i yarimavtomat mashinada tayyorlanadi yoki universal mashinada tikiladi. Cho’ntak qopqoqni turg’unlashtirish uchun unga qotirmalar (elimli yoki еlimsiz) qoyiladi. Yelim qotirma pressda yopishtiriladi, еlimsiz qotirma cho’ntak qopqoqni ag’darma chok bilan tikayotganda qo’shib tikiladi.
    Cho’ntak qopqoqni universal mashinada tikish uchun avra va astar gazlama bo’laklarining o’ngini ichkariga qaratib, aylana yoki uchli joylarida avradan 0,2-0,3 sm soliqi hosil qilib, astar tomondan ag’darma chok solinadi. Bunda bo’lakning astari va avrasidan 0,4-0,6 sm ensiz bo’lishi kerak. Keyin burchak joyidan 0,2-0,3 sm chok haqqi qoldirib qirqib tashlanadi.
    Cho’ntak qopqoqni yarim avtomat mashinada tikish uchun bo’laklarni maxsus qisqichlar bilan qisib, belgilangan kanturi boylab ag’darma chok solish bilan birga, ortiqcha chok haqqi qirqiladi. Cho’ntak qopqoqni o’ngiga ag’darib, maxsus qolip yordamida dazmollab, zarur bo’lsa bezak baxyaqator yuritiladi.
    Cho’ntak qopqoqni еlimlab yopishtiradigan apparatda ishlov berish uchun, avra va astar gazlamalarni qolip yordamida teskari tomonga burib presslanadi, avra qilib bukilgan ziyiga еlim plyonka qoyiladi yoki kukun sepiladi. Bo’laklarni avradan kant hosil qilib shuftlanadi va presslab birlashtiriladi. Mag’iz cho’ntak xaltaga 0,7-1 sm kenglikdagi chok bilan ulanadi. Chokni cho’ntak xalta tomonga qaratib to’g’rilanadi, ko’rinmani cho’ntak xaltaga universal mashinada bostirma chok bilan ulanadi.
    Cho’ntakni «D yurkopp» firmasining 746-7e17 yarim avtomatida tikish mumkin. Bunda cho’ntak qopqoq, mag’iz ikkita parallel baxyaqator yuritib, bir vaqtning o’zida old bo’lakka ulanadi va cho’ntak og’zi qirqiladi.
    Cho’ntak qopqoq va mag’izni ulab olgandan keyin ko’rinma ulangan cho’ntak xalta cheti cho’ntak qopqoq ulangan chokka ulanib, cho’ntak xalta yonlari biriktirib tikiladi. Ayni vaqtda mag’izni tortibroq turib, cho’ntak va qiyalatib qirqilgan burchaklarini to’g’rilab, cho’ntak og’zining ikki uchini 2 ta qaytma baxyaqator bilan mahkamlanadi. Modulda mo’ljallangan bo’lsa, cho’ntakni yuqori ziyi boylab cho’ntak qopqoq ulangan chokka parallel baxyaqator yuritiladi. Maxsus mashinada cho’ntak og’zi o’ngidan ikki uchi cho’ntak qopqoq yon ziylariga parallel baxyaqator yuritib puxtalanadi. Cho’ntak dazmol yoki pressda dazmollanadi.
    Kantli va ramkali qirqma cho’ntaklarni tikish

    Cho’ntak mag’zi va ko’rinmasi avra gazlamadan bichiladi. Ko’rinma va mag’iz 0,7 sm kenglikda chok solib, cho’ntak xaltasiga biriktirib tikiladi. Old bo’lak o’ngida cho’ntaklar o’rini belgilanadi; mag’iz yalang qavat bo’lsa, uchta chiziq bilan mag’iz ikki buklangan bo’lsa 4 ta chiziq bilan belgilanadi. Old bo’lakning teskarisiga boylama qoyiladi. Mag’iz o’ngi ustiga chiqarilib, uzunasiga boylab, ramka enidan 0,5-0,7 sm ortiq kenglikda bukib dazmollab yoki dazmollamasdan qirqimi cho’ntak og’zi chizig’i tomon qaratilib, belgilangan chiziqlar boylab old bo’lakka ulanadi. Bunda mag’izlarning baxyaqatorlari orasida masofa 2 ta ramka kengligida bo’ladi.
    Yalang qavat mag’izlari esa qirqimlarini bir – biriga zichlab turib, ikkalasiga alohida-alohida 0,3-0,4 sm kenglikda chok solib, old bo’lakka ulanadi. Ikki bukilgan mag’izlarning ham, yalang qavat mag’izlarning ham ustki va ostki choklari o’rtasida old bo’lak ko’ndalang qirqilib, cho’ntak xaltaning mag’izlari bilan birga ag’darib, old bo’lakning teskarisiga o’tkaziladi. Cho’ntak og’zi burchaklari to’g’rilanadi. Yalang qavat mag’izli cho’ntaklarda mag’iz choklari yorib to’g’rilanadi va mag’izlarda modelga muvofiq kenglikda ramka hosil qilib, mag’iz ulangan chok ustidan baxyaqator yuritiladi. Ikki qavatli mag’izlarda esa bunday qilishning hojati yo’q.
    Ko’rinmaning yuqori qirqimi yuqoridagi mag’iz chokiga ulanadi va cho’ntak xalta yon tomonlarini 1 sm kenglikda chok solib tikish bilan bir vaqtda mag’izni tortibroq turib, cho’ntak og’zi uchlari ikkita baxyaqator bilan puxtalanadi. Cho’ntak dazmolda yoki pressda dazmollanadi.
    Shim orqa cho’ntagi, shim ort bo’laklarining vitochkasi tikilgandan keyin o’ng ort bo’lakning o’ngi ort bo’lakning o’ngi tomondan orqa cho’ntak o’rni belgilanadi. Cho’ntak xaltani bir uchiga astardan bichilgan ko’rinma qoyib, uni kertimlarga to’g’rilab, cho’ntak xaltaga bostirib tikiladi. Bunda ko’rinma ostki qirqimini 0,7 sm kenglikda ichkariga bukib, shu bukilgan ziyidan 0,1 sm masofada baxyaqator yuritiladi. Cho’ntak xaltani, uning yuqori qirqimini cho’ntak og’zi chizig’idan 3-4 sm (1,5-2,0 sm ham mumkin) balandroq qilib, yon qirqimlarini esa cho’ntak og’zi ikki uchidan 2 sm dan uzunroq qilib ort bo’lak teskarisiga qoyiladi.
    Shim ort bo’lagining o’ngiga cho’ntak qopqoqni, uning gullarini ort bo’lak gullariga to’g’rilab qoyib ulanadi.
    Ushbu modul boyicha biz erkaklar shimi orqa bo’lagidagi qirqma cho’ntakni tikish texnologiyasini ko’rib chiqamiz. Bu moduldagi erkaklar shimi orqa bo’lagidagi qirqma cho’ntagi ramkali bo’lib, shim orqa bo’lagining o’ng tomonida joylashgan. Ramkali qirqma cho’ntakka ishlov berishning texnologik ketma-ketligi quyida keltirilgan.



    Download 3,94 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




    Download 3,94 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qopqoqli qirqma cho’ntakni tikish

    Download 3,94 Mb.