-rasm. Shimning asosiy bo’laklari va konstruktiv chiziqlari




Download 3,94 Mb.
bet6/29
Sana27.05.2024
Hajmi3,94 Mb.
#254819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
diplom ishi namuna

1-rasm. Shimning asosiy bo’laklari va konstruktiv chiziqlari







2-rasm.
Tekislikda joylashtirilgan namunaviy konstruktsiyali
shimning tashqi ko’rinishi.
Klassik shimlarga qoyiladigan asosiy talablardan biri uning tekislikka silliq joylashishidir. (2-rasm). Shimning ikkita yarim bo’laklarini yon va odim choklarini ustma-ust tushadigan qilib tekislikka joylashtirilganda shim sirtida turli yo’nalishdagi ortiqcha taxlamalar, burishik bo’lmasligi, silliq, tekis shakl hosil qilishi kerak. Faqat shundagina shim qomatda chiroyli va yaxshi o’rnashadi. Shimning sifati texnologik ishlov berish jarayonining to’g’ri bajarilishiga ham bog’liq.
Kapri shimining shakli, uzunligi, silueti modalar yo’nalishiga qarab o’zgaradi. Kapri konstruktsiyasi boyicha tor, keng, pochaga qarab kengaygan yoki toraygan, golife ko’rinishida bo’ladi. Bo’ksadan kengaygan, kalta, uzun shaklida loyihalanadi. Shim bel chizig’ida, beldan yuqorida yoki beldan pastda joylashishi mumkin. Shim belbog’i qalin yoki ingichka, ikki uchlari uzaytirilgan, yoki bir tomoni uzaytirilgan kamar tutgichli yoki tutkichsiz, yon chokli yoki yaxlit bichilgan bo’ladi. Kamar tutgich shakli ham turlichadir.
Shim taqilmasi tugma va izmada yoki «molniya» da bo’lishi mumkin.
Shim modeli odam yoshiga, model ko’rinishiga, tanlangan uslubga, gazlamaga mos bo’lishi kerak.
Shim yon cho’ntak turlari xilma-xil bo’lib, yon chokda joylashgan, qoplama, qirqma (gorizontal, vertikal, burchak ostida yo’nalishli), yoysimon qirqma cho’ntakli bo’lishi mumkin. (1-rasm).
Kapri shimining ort bo’lagida ikkita yoki bitta cho’ntak joylanishi mumkin (qirqma ramkali, qirqma listochkali, qirqma plankali, qoplama). O’ng old bo’lakda belbog’ni ulash qirqimida soat cho’ntak ham loyihalanadi.
Sport va avangard uslubidagi shimlarda old bo’lakda qo’shimcha tizzada joylashgan turli shakldagi qoplama va qirqma cho’ntaklar, og’ziga «molniya» taqilmasi tikilgan cho’ntaklar ham loyihalinishi mumkin.
Maxsus va ish kiyimlarida, kombinizonda aksariyat turli shakldagi qoplama cho’ntaklar, klassik uslubdagi shimlarda, asosan, qirqma cho’ntaklar qo’llaniladi.
Shim pochasi manjetli yoki manjetsiz bo’lishi mumkin.
Shim old va ort bo’laklarida relef chok va koketka, gorizontal choklar loyihalanishi mumkin.
Shimlar vazifasiga qarab kundalik, ish uchun, tantanali marosimlarda kiyadigan bo’ladi.




Download 3,94 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Download 3,94 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Shimning asosiy bo’laklari va konstruktiv chiziqlari

Download 3,94 Mb.