• Komissiya qaror qiladi: _______________
  • MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………....…..................................…5 I BOB. Kalta shim kaprini konstruksiyalash.
  • 1.2. Kaprining asosiy bo`laklari va konstruksiyalari.............................................13
  • 2.1. Shim old va ort bo’lagini texnik modellash.....................................................17
  • 2.4 Kaprining bo`laklariga ishlov berish va yakunlash........................................29 XULOSA……………..……………………………........…………………………..58
  • ILOVALAR..................... ............................................................................................60
  • O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti




    Download 3,94 Mb.
    bet3/29
    Sana27.05.2024
    Hajmi3,94 Mb.
    #254819
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
    Bog'liq
    diplom ishi namuna

    Maksimal ball

    5

    8

    6

    6

    4

    10

    8

    3

    50

    100

    1


































    2


































    3



































    Komissiya qaror qiladi:
    _______________qayta tayyorlash kursi tinglovchilarining yakuniy attestatsiya natijalari tasdiqlansin. Yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan________qayta tayyorlash kursi tinglovchilariga _________fandan dars berish yoki ixtisoslik bo‘yicha kasbiy (pedagogik) faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha tasdiqdangan namunadagi diplom berilsin.

    Komissiya raisi



    _______________________________________________________________ __________________________
    (FISh) imzo



    Komissiya a’zolari

    _______________________________________________________________ __________________________
    (FISh) imzo
    _______________________________________________________________ __________________________
    (FISh) imzo
    _______________________________________________________________ __________________________
    (FISh) imzo
    _______________________________________________________________ __________________________
    (FISh) imzo




    “____”_____________20___y
    MUNDARIJA


    KIRISH…………………………………………………....…..................................…5

    I BOB. Kalta shim kaprini konstruksiyalash.
    1.1. Shim va uning turiari bilan tanishish...............................................................11
    1.2. Kaprining asosiy bo`laklari va konstruksiyalari.............................................13
    1.3. O`lchov olish va kaprining asos konstruksiyasini qurish.............................16


    II. BOB. Kalta shim kaprini modellashtirish.

    2.1. Shim old va ort bo’lagini texnik modellash.....................................................17
    2.2. Kaprini tanlangan fason asosida modellashtirish...........................................20
    2.3. Kapini modellash va andozasini tayyorlash bo`yicha Texnalogik xarita.....23
    2.4 Kaprining bo`laklariga ishlov berish va yakunlash........................................29
    XULOSA……………..……………………………........…………………………..58
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………...............................59
    ILOVALAR..................... ............................................................................................60

    KIRISH
    Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimiz prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2021 yil “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan ustoz va murabbiylarga yo‘llagan bayram tabrigida ta’lim va ilm-fan borasidagi dolzarb vazifalarni amalga oshirish yoshlarimiz, jamiyatimiz va mamlakatimizning kelajagi uchun strategik ahamiyatga ega ekani haqida gapirib o‘tdi va ta’lim tizimida qator vazifalar belgilab olindi.


    Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohasini davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylantirishga qaratilgan, oilada farzand tug‘ilganidan boshlab, kamolot yoshiga yetgunga qadar uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan, hayotda munosib o‘rin topishiga xizmat qiladigan yaxlit va uzluksiz tizim yaratilmoqda.
    Biz bu jarayonda inson kapitaliga e’tiborni yanada kuchaytirish, buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etish borasida muhim dastur va loyihalarni amalga oshirmoqdamiz. Masalan, mamlakatimizda yangi turdagi va yangi sifat bosqichidagi ta’lim maskanlari, xususan, Prezident maktablari, ijod maktablari, ixtisoslashgan maktablar faoliyat yuritmoqda. Oliy ta’lim sohasida ham jiddiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Oxirgi besh yilda chet ellardagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda 67 ta yangi universitet va institutlar hamda filiallari barpo etilib, ularning umumiy soni 144 taga yetkazilgani, qamrov darajasi 3 karra ortib, 9 foizdan 28 foizga yetgani ham shundan dalolat beradi.
    Bunday yangilanish jarayonlarida ustoz-murabbiylarimizning ishga, hayotga munosabati va mas’uliyati tubdan o‘zgarib, ularning doimiy izlanib, yangilikka intilib yashayotgani, ilg‘or ta’lim texnologiyalari va metodikalarini puxta o‘zlashtirib borayotgani, hech shubhasiz, hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.
    Bugungi shiddatli zamon oldimizga qanday murakkab vazifalarni qo‘yayotganini barchamiz ko‘rib, bilib turibmiz. Ularni hal etish va ezgu maqsadlarimizga yetish, dunyo miqyosida raqobatbardosh bo‘lish uchun xalqimizni, avvalambor, yoshlarimizni ilm-fan, ma’rifat va ma’naviyat, taraqqiyot yutuqlari bilan qurollantirishimiz kerak.
    Ayni shu maqsadda ta’lim mazmunini to‘liq yangilash uchun mamlakatimiz olimlari, tajribali pedagoglar va xorijiy ekspertlarni keng jalb qilgan holda, Milliy o‘quv dasturi yaratilib, bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etilmoqda.
    Bugungi kunda oliy ta’lim tizimini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish, oliygohlarimizni ta’lim va ilm-fanning yirik markazlariga aylantirish bo‘yicha boshlagan katta ishlarimizni jadal davom ettirishimiz lozim.
    Ta’lim sohasining yana bir muhim vazifasi – faol fuqarolik pozisiyasiga ega bo‘lgan, Vatan va xalq manfaatlarini qat’iy himoya qila oladigan, zamonaviy, keng fikrlaydigan yoshlar avlodini shakllantirishdan iborat. Shu sababli “Uzluksiz ta’lim tizimida ijtimoiy fanlarni o‘qitish tartibi va tamoyillari konsepsiyasi”ni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish ob’yektiv zaruratga aylanmoqda, deb o‘ylayman.
    Jamiyatimizda bog‘cha tarbiyachisi, maktab muallimi, oliygohlarning professor-o‘qituvchilari va ilmiy-ijodiy ziyolilarni bugun biz intilayotgan Uchinchi Renessansning to‘rt tayanch ustuni deb e’tirof etmoqdamiz,- deya ta’kidlandi.
    Hozirgi paytda oliy ta’lim muassalarida va kasb-hunar kollejlarida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarni qo‘llash va zamonaviy o‘quv uslubiy majmualarni ishlab chiqish muammolariga qaratilgan bir necha diqqatga sazovor ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, ta’lim tizimini takomillashtirish maqsadida xorijiy mamlakatlarning kasbiy ta’lim tajribalaridan foydalanilmoqda. Ushbu ishlarni amalga oshirish ta’lim sohasida xalqimizning boy merosi, buyuk mutafakkirlarimizning g‘oyalari va davrimizning ilg‘or yangiliklarini o‘zida mujassamlashtirgan metodik tizimning yaratilishiga asos bo‘lmoqda.
    Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko‘zda tutilgan asosiy vazifalardan biri ta’lim tizimini zamonaviy o‘quv adabiyotlari va yangi pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlashdan iboratdir.
    Ta’limni texnologiyalashtirish va innovason texnologiyalar, noan’anaviy metodlar, interfaol metodlardan keng foydalanish borasida katta tajribalar to‘plandi.
    Shunga o‘xshash tadbirlar Angliya, Yaponiya, Italiya kabi rivojlangan mamlakatlarning xalq ta’limi tizimlarida ham amalga oshirildi. 70-yil-larning boshlaridan e’tiboran, ushbu masalani hal etish yo‘lida YUNESKO ham katta ishlarni amalga oshirdi.
    “Servis xizmati” fanidan “Kalta shim Kaprini tikish va bichish-tikish texnologiyasi” modulini o‘qitishda ta’limning yuqori natijalariga erishish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, pedagogik texnologiyalardan, interfaol metodlardan foydalanish, bo‘lajak texnologiya ta’limi o‘qituvchisining modul bo‘yicha kasbiy kompetentligini shakllantirish va bugungi kunda zamonaviy o‘qituvchiga qo‘yilgan talablar asosida mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.
    Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining texnologiya ta’limi darslarida hamda darsdan tashqari to‘garaklarini tashkil qilish jarayonida o‘quvchilar ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda servis xizmati yo‘nalishiga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish muhim axamiyat kasb etadi. Islohotlar natijasida maktablarning yangi sharoitlarda ishlashga o‘tishi o‘qituvchi faoliyatiga, uning kasbiy-pedagogik tayyorgarligi mazmuni va darajasiga, o‘z bilimlarini takomillashtirib borishiga yuqori talablar qo‘ymoqda.
    Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari asosida sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilishda o‘quvchilar ijodkorlik faoliyatini servis xizmati yo‘nalishi asosida rivojlantirish metodlarini ishlab chiqilishi amalga oshirilgan bitiruv ishining dolzarbligini belgilaydi.
    O‘qitish jarayonining vazifasi ta’lim, tarbiya va rivojlanish birligini ta’minlashni nazarda tutadi. Biroq texnologiya ta’limi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha pedagog kadrlar tayyorlashda ta’lim oluvchilarning qobiliyati, ong va ko‘nikmalarini o‘stirish, ilmiy-amaliy bilimlarini chuqurlashtirish muammosi bundan ham muhimroq. Bu xususiyatlar kelajakda ta’lim oluvchilar qobiliyatini rivojlantirishga, o‘z kasblariga qiziqish va mas’uliyatni oshishiga yordam beradi.O‘qitish jarayonida ta’lim oluvchilarning ijodiy qobiliyatlarini oshirish muammosi murakkab va ko‘p qirrali. Shuning uchun ta’lim oluvchilarning ilmiy-nazariy va amaliy bilimlarini oshirishda ularning kasbga bo‘lgan qiziqishi va qobiliyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
    Shu o‘rinda shuni esdan chiqarmaslik kerakki, ayniqsa umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini oshirish va ularning amaliy ko‘nikma, malakalarini shakllantirish uchun ta’lim jarayoniga yuqori darajali malakaga ega bo‘lgan pedagoglar hamda qobiliyatli va mohir mutaxassislarni jalb qilish, ularni ham ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyasi va ularning ishlash texnologiyalari bilan tanishtirish zarur. Shunda biz ishlab chiqarishga malakali mutaxassisni yetkazib bera olgan bo‘lamiz.
    Mavzuning o‘rganilganlik darajasi: O‘zbekiston Respublikasida pedagogik texnologiyalar ilg‘or g‘oyalarining keng ko‘lamda ommalashuvida N.N.Azizxo‘jayeva, B.L.Farberman, R.H.Jo‘rayev, U.N.Nishonaliyev, N.S.Saidahmedov kabi bir qator pedagog-olimlar o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
    Sh.S.Sharipov ishlarida bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilari ijodkorligini shakllantirishning ilmiy, pedagogik-psixologik, tashkiliy sharoitlari aniqlangan. Ijodkorlikka oid tushunchalar aniqlashtirilgan va uni amalga oshirish davrlari ishlab chiqilgan. Aqliy mehnat faolligi hamda ishlab chiqiladigan ijodkorlik samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi avtomatlashtirilgan o‘quv- axborot tizimi hamda bilimlar bankini o‘z ichiga olgan yangi axborot texnologiyasi mazmunini ishlab chiqilgan. Talabalar ixtirochilik ijodkorligini shakllantirishning ko‘p bosqichli dasturlashtirilgan ta’lim jarayoni mazmunini tanlash mezonlari ishlab chiqilgan.
    A.Avazboyev ishlarida “Mehnat va kasb ta’limi metodikasi” fani asosida metodik turkumdagi fanlar mazmunini integrasiyalash asoslari va uni o‘qitishning ilmiy metodologiyasini yaratgan.
    N.S.Sayidahmedov o‘zining bir qator ishlanmalarida maktab o‘quvchilarining ijtimoiy foydali faoliyatlariga bo‘lg‘usi o‘qituvchilarning rahbarlik qilishlarini, shuningdek yangi pedagogik texnologiyalarning tizimli yondashuv metodi asosida loyihalash qonuniyatlarini tadqiq etgan.
    N.A.Muslimov ishida esa bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy shakllanishi ilmiy muammo sifatida qaralib, uning nazariy-metodologik asoslari va tarkibiy tuzilmasi asoslab berilgan. Tizimli yondashuv texnologiyasi talabalar kasbiy shakllanishi muammosini tadqiq qilishning umumilmiy asosi sifatida tadqiq etilgan. Unda pedagogik va texnik bilimlarning integrasiyasi asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisini tayyorlash, uning kasbiy-pedagogik faoliyatini modellashtirish, kasb ta’limi o‘qituvchisini tayyorlash jarayonini standartlashtirishning metodologik asoslari, kasbiy pedagogik shakllanganlik darajasini baholash metodikasi va pedagogik fanlarning bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirishdagi imkoniyatlari kabi masalalar bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borgan.
    Hozirda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fani sinf xonalari standart talabalar darajasida jihozlanmaganlgi, ta’lim sifati haligacha talab darajasida emasligi bor haqiqatdir. Bu kabi muammolarni bartaraf etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish uchun eng avvalo oliy ta’lim jarayonida bo‘lajak pedagoglarni hozirgi zamon talablariga javob beradigan, kompetentli qilib tayyorlashimiz muhimdir.

    Download 3,94 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




    Download 3,94 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti

    Download 3,94 Mb.