|
I BOB. Kalta shim kaprini konstruksiyalash
|
bet | 5/29 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 3,94 Mb. | | #254819 |
Bog'liq diplom ishi namunaI BOB. Kalta shim kaprini konstruksiyalash
1.1. Shim va uning turiari bilan tanishish.
Shim silueti, shakli va uzunligi moda yo’nalishiga bog’liq.
Shim butun uzunligi boyicha keng yoki tor, faqat ayrim uchastkalarida (tizza va bo’ksa qismida) toraygan yoki kengaygan, pochasi keng yoki tor, uzun yoki kalta bo’lishi mumkin.
Shimlar uslubiy еchimiga ko’ra klassik, yarimklassik, sport, golife, «avangard» turlarga bo’linadi.
Kapri-Tog`ridan to`g`ri yoki tor kesimli, o`rta boldirgacha bo`lgan uzunlikagi shimlar . Yuqori va past belli , o`qli va o`qsiz kaprilar mavjud. Oyoqlari etakli , kichik kesikli, tugmachali yoki elastik tasma bilan keladi.
Klassik shimlarga - shaklning to’g’riligi, shimning beldan bo’ksagacha yopishib turishi va boldir mushagiga tegib turishi xosdir. Shim yon ko’rinishida uning oldingi va orqa buklov chiziqlari aniq ko’rinib turadi.
Yarim klassik shimlarga – shakli nisbatan bemalol, ya’ni bo’ksadan shim pochasigacha to’g’ri shakl hosil qiluvchi shim kiradi. Bel chizig’i boyicha bitta, ikkita yoki uchta taxlama loyihalanishi mumkin.
«Sport uslubida» еchilgan shimlarga tor va to’g’ri shakl hosil qilish uchun cho’ntak bo’laklarining, piston, koketka konstruktiv bo’linishlarning ko’pligi, yon cho’ntak qirqim ustidan bir yoki ikki qator bezak baxyaqator tikilganligiga xosdir. Sport uslubidagi shimlar cho’ziluvchan, jinsi gazlamadan tikiladi.
Kapriga qoyiladigan talablar asosiy ikki guruhga bo’linadi: iste’molchi va texnik iqtisodiy;
Kapri shimi bir tomondan qulay, ixcham, gavda tuzilishiga, moda yo’nalishiga mos, ikkinchi tomondan odam yoshi va shimning vazifasiga va ishlatilish vaziyatiga javob beradigan qilib loyihalanadi. Shim uchun tanlangan gazlama vazifasiga qarab kirchimol, yuvishga qulay, g’ijimlanmaydigan bo’lishi kerak.
Klassik shimlarda old buklov chizig’i ishining butun uzunligi boyicha dazmollanadi. Shim old buklov chizig’i tufli uchiga, ort buklov chizig’i dumba markazidan o’tib, tovon o’rtasiga yo’nalgan bo’lishi kerak.
Shim proportsiyasi, shakli va uning belbog’i hamda pochasining qomatda joylanishini ham belgilaydi. Belbog’ bel chizig’ida yoki undan 2 . . . 5 sm pastroqda joylanishi mumkin. Shim pochasi va pol orasidagi masofa pocha kengligiga bog’liq. Pocha kengligi 28 – 32 sm bo’lsa, poldan shim pochasigacha bo’lgan masofa 3 . . . 4 sm, pocha kengligi 24 . . . 27 sm bo’lsa – 5 . . . 6 sm, pocha kengligi 20 . . . 23 sm bo’lsa 7 . . . 8 sm masofa tavsiya etiladi.
Namunaviy konstruktsiya boyicha bichilgan shimlar o’rta, yon va odim chokli bo’ladi va ikkita old, ikkita ort yarim bo’laklardan iboratdir. (1-rasm).
|
| |