O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti




Download 310,5 Kb.
bet4/18
Sana30.01.2024
Hajmi310,5 Kb.
#148642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi

I – BOB.QUYOSH SISTEMASI


1.1. Quyosh sistemasi haqida asosi tushunchalar.
Astronomiya tabiat fanlari ichida eng qadimiysi hisoblanadi. Kishilar juda qadim zamonlardayoq osmon jismlari, jumladan, Quyosh, Oy va sayyoralar harakatlarini o'rganib, yil fasllari, Oy fazalari, hatto tutilishlarini ham oldindan ayta oladigan darajaga erishganlar.
Boshqa tabiat fanlari vakillaridan farqli o'laroq, astronomlar osmon jismlari bilan bevosita tajribalar o'tkazish imkoniga ega emaslar (hozircha Yer, Oy va sayyoralarini hisobga olmaganda). Shuning uchun ham astronomiya kuzatish fani deyiladi, chunki osmon jismlarining tabiatiga tegishli barcha xulosalar asosan kuzatish materiallarini o'rganish yordamida qoiga kiritiladi.
Osmon jismlarini o'rganishda, astronomiya fani, o'z oldiga yechilishi talab etiladigan quyidagi uchta asosiy vazifani qo'yadi deb qarash mumkin:
1) osmon jismlarining fazoda ko'rinma holat va harakatlarini, so'ngra bu ma'lumotlar asosida ularning harakatlarini o'rganish, ulargacha boigan masofalar, o'lchamlari, massalari va shakllarini aniqlash;
2) osmon jismlarining kimyoviy tarkibi ichki va sirtiga tegishli fizik sharoitni (temperatura, zichlik, bosim va boshqa shu kabi fizik kattaliklarni) aniqlash;
3) osmon jismlari va sistemalarining kelib chiqishi, evolyutsiyasi va kelajak taqdirini o'rganish.
Astronomiyaning birinchi vazifasiga tegishli masalalar juda qadimdan o'rganiladi. Ayniqsa, osmon mexanikasining asosiy qonunlari Kepler va Nyuton tomonidan ochilgandan so'ng bu sohada katta yutuqlarga erishildi.
Osmon jismlarining fizik tabiatlarini tadqiq etish esa nisbatan qisqa davr ichida amalga oshirildi, asosan oxirgi bir necha o'n yillar mobaynida bu sohada bir necha yangi metodlar va quvvatli jihozlarning ishga tushirilishi evaziga muhim va salmoqli natijalar qo'lga kiritildi.
Astronomiyaning uchinchi vazifasi oldingi har ikkala vazifalaridan ham murakkab bo'lib, uning yechilishi bir necha yuz yillar, hatto ming yillar davomida yig'ilgan materiallarni o'rganish, tahlil qilish bilan bog'liq. Shu bois hozircha bu sohaga tegishli bilimlarimiz farazlar, taxminlar va gipotezalar bilangina cheklanadt

Download 310,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 310,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti

Download 310,5 Kb.